Yuk tashish jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalari
Yuklangan vaqt
2024-07-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
319,4 KB
Yuk tashish jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalari
Reja:
1. Axborot-kommunikatsiya resurslari: atamalar va ta’riflar
2. Axborot texnologiyalari bazasidagi EMAning vazifalari
3. MDH davlatlarida avtotransportda tashishlarni tashkil etishda
foydalanilayotgan axborot texnologiyalari
4. HT(harakatlanuvchi tarkib)ni radio aloqa yordamida nazorat qilish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deganda logistikada ma’lumotning
aylanish muhitini shakllantiradigan uslublar, vositalar va usullar tushuniladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosini telematika,
tovarlarni, ularni saqlash ob’ektlari va joylarini identifikatsiyalash uslublari va
vositalari, shuningdek Internetni ham o‘z ichiga olgan holda mahalliy va global
darajadagi tarmoq kommunikatsion va kompyuter tuzilmalari tashkil qiladi.
1- jadval.
Axborot-kommunikatsiya resurslari: atamalar va ta’riflar.
Resurs
Ta’rifi, mo‘ljallanishi
KIS
(ERP)
Korporativ axborot tizimi (odatda ERP-klassidagi). Enterprise
Resource Planning — Korxonaning resrslarini rejalashtirish
SCM
Supply Chain Management — Yetkazib berishlar zanjirlarini
boshqarish
GIS
(GIS)
Geoinformatsion tizim. Qidirish va transport xarajatlarini
hisoblash funksiyalari bilan marshrutlar va navigatsiyani
rejalashtirish uchun dasturiy ta’minot
CRM
Customer Requirements Management — Xaridorlar bilan o‘zaro
munosabatlarni boshqarish. Mijozlarga qaratilgan klassdagi
dasturiy ta’minot
BPM
Business
Performance
Management
—
Biznesningsamaradorliginiboshqarish.
Moliyaviy-tahliliy
klassdagi dasturiy ta’minot
WMS
Warehouse Management System — Omborni boshqarish tizimi.
Omborni boshqarishni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot
EDI
(EOD)
Electronic Data Interchange — Ma’lumotlar bilan elektron
almashinish. Elektron hujjat aylanmasi va ish yuritish tizimi
FMS
Fleet Management System — Parkni (flotni) boshqarishtizimi.
Navigatsiya, pozitsiyalash va monitoringlash uchun dasturiy
ta’minot va asbob-uskunalar
GSM,
GPS
Global System for Mobile communications. Global Position
System
-
Uyali
(GSM)
vasun’iyyo‘ldoshorqali
(GPS)
aloqavanavigatsiyatizimlari
WAP
Wireless Application Protocol — Ma’lumotlarga simsiz kirish
protokoli (texnologiyasi). Mobil boshqarish tizimlari va vositalari
ASP
Application Service Providing — Axborot tizimlarini (resurslarini)
ijaraga olish. Axborot autsorsingi texnologiyasi
RFiD
Radio
Frequency
Identification
—
Radiochastotaliidentifikatsiyalash
VLC
Virtual Logistics Center —Logistikada virtual korxonalar
texnologiyasi va kommunikatsiya markazi (Call Center) va
ma’lumotlarga ishlov berish markaziga (Data Center) ega bo‘lgan
SCM
APS
Advanced
Planning
System
—
Chuqurlashtirilganrejalashtirishtizimi. ERP ning imkoniyatlarini
kengaytiradigan tahliliy klassdagi dasturiy ta’minot
OLAP
On
Line
Analytical
Processing
—
Ma’lumotlarniinterfaoltahlilqilish. Ma’lumotlar bilan operativ
ishlash uchun tahliliy klassdagi dasturiy ta’minot
EAI
(BI)
Enterprise Application Integration (Business Integration) —
Biznesuchunkorporativilovalarniintegratsiyalash.
Biznes-
integratsiya. Turli ishlab chiqaruvchilarning biznesini boshqarish
uchun
integratsiya
dasturiy
ta’minotining
vositalari
va
texnologiyalari
e-
SCOR
Supply Chain Operation Reference model — Yetkazib berishlar
zanjirlarining modellari (tiplashgan). Tiplashgan yetkazib berishlar
zanjirlarini tashkiliy-funksional loyihalashni avtomatlashtirish
texnologiyalari va uskunalari
CASE
Computer Aided System Engineering —Biznes-jarayonlar va
murakkab axborot tizimlarini loyihalash va modellashtirish
vositalari va texnologiyalari
TCO
Total Cost of Ownership — Jamlanmaegalikqilishqiymati
ROI
Return on Investment — Investitsiyalarningfoydakeltirishi.
Axborot tizimini tanlash va joriy qilishda qo‘llaniladigan baholash
texnologiyalari
Transport marshrutlarining murakkabligi, transport jarayoni ishtirokchilari
sonining ko‘payishi va sifatga bo‘lgan talabning oshishi yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanish zaruriyatini belgilab berdi. Zamonaviy axborot
texnologiyalari elektron ma’lumotlar almashish (EMA) tizimiga asoslangan.
Yangi axborot texnologiyalarini joriy etishdan maqsad yuklarning harakatini
jadallashtirish, transport jarayonini nazorat qilish va paydo bo‘layotgan "nozik
nuqta"larni bartaraf etishdan iborat. Eng muhim nuqtalardan biri-bu yuklarning
joylashgan joyini aniqlash va transport vositalarining harakatini nazorat qilishdir.
Axborot texnologiyalari bazasidagi EMA quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-transport jarayonini nazorat qilish, yuk va transport vositalari xarakatini
kuzatish va aniqlash;
- transport jarayonini tayyorlash.
EMA tizimi transport jarayonini nazoratini amalga oshirishdagi tashish
ishlarining borishini pasaytiruvchi va sekinlashtiruvchi qog‘oz hujjatlarni yuridik
jihatdan amalda bo‘lgan elektron ma’lumotlarga almashinish imkonini beradi.
EMAning ikkinchi vazifasi oldindan yetib borishi lozim bo‘lgan xujjatlarni elektron
pochta orqali yetkazib berish, bu opimal rejimda bir qator operatsiyalarni amalga
oshirish orqali transport jarayonini tezlashtirish imkonini beradi (etarlicha
unumdorlikka ega bo‘lgan yuk tushirish mexanizmlarini tanlash, ombor quvvatini
va ortish-tushirishni mexanizatsiyalash vositalarini tayyorlash).
Deyarli barcha mintaqaviy transport tizimlarida yuqorida aytib o‘tilgan EMA
vazifalari birlashtiriladi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi sa’y-
harakatlar yana bir muammoni hal etishga qaratilgan — EMA tizimining
iste’molchilari – yuk jo‘natuvchilari kabi ushbu tizimning ta’minotchilari (ishlab
chiqaruvchilari) o‘rtasidaa o‘zaro hamkorlikni tashkil yetish. Bu ancha murakkab
vazifa
bo‘lib,
uni
hal
etish
texnik
imkoniyatlarning
yetarli
darajada
rivojlanmaganligiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, bu vazifada qarama-qarshi
manfaatlar to‘qnashuvi (yuk yegalari va tashuvchilar) ham mavjud bo‘lib, uning hal
yetilishiga biroz to‘sqinlik qiladi. EMA infratuzilmasi bir-biriga ulangan EMA
terminallari (teleportlar) dan iborat.
EMA tizimlari transport turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan. Yevropaning bir
qancha
temir
yo‘l
kompaniyalarini
birlashtiruvchi
"Germes"
xalqaro
telekommunikatsiya tarmog‘i jo‘natuvchilar, temir yo‘l kompaniyalari, bojxona va
konsernlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlaydi.
Multimodal transport tizimida axborotni qo‘llab-quvvatlashning roli sezilarli
darajada oshib bormoqda, temir yo‘l va avtomobil kompaniyalari esa bir-birining
axborotiga ega bo‘lishi hamda mijoz bilan komp’yuter orqali muloqot qilish
imkoniyatigaega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, axborot almashish qobiliyati
umumiy standartlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda, masalan, Germes
standartlari standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar standartlariga mos
kelmaydi, shuning uchun tashuvchilarning o‘zaro axborotlariga kirish istisno
qilinadi.
Germaniyaning 28 ta terminalida ishlaydigan intermodal tashish uchun DISK
axborot tizimi ancha samarali hisoblanadi. U yuk jo‘natuvchilar, tashuvchilar va yuk
qabul qiluvchilar o‘rtasida axborotlarni tekshirish, qayta ishlash va uzatish
vazifalarini bajaradi.
Fransiyaning CNC mirmasi INFO-INTER axborot tizimini ishlab chiqdi. Bu
buyurtma berish, transport vositalari va yuklarni kuzatish va aniqlash, elektron
to‘lovlarni qayta ishlash hamda ma’lumotlar bankini amalga oshirish vazifalariga
ega bo‘lgan elektron pochta tizimidir.
Axborot tizimining holati intermodal tashuvlar raqobatbardoshligini
belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Qo‘shma Shtatlarda 80-yillarning boshlarida standart sanoat matnlarini va
xalqaro qabul qilingan biznes hujjatlarni (EDI tizimi) kompyuter orqali uzatish
tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Boshqaruv, savdo va transportda global darajada foydalanish uchun standart
xalqaro elektron matnlarni kompyuterlar aro uzatuvchiEDIFAKT tizimi asosida
amalga oshiriladi. Ushbu tizim uchun xalqaro standartlar BMTning Yevropa
iqtisodiy komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
EDI va EDIFAKT tizimlari, qog‘oz hujjatlaridan tashqari, transport jarayonini
boshqarish va rejalashtirishni sezilarli darajada soddalashtiradi, shuningdek,
bozorlar uchun qat’iy raqobat kurashida muhim omil bo‘lgan vaqtni kamaytiradi.
Bundan tashqari, elektron axborot tizimlarining rivojlanishi "qog‘ozsiz"
texnologiyaga o‘tish yo‘li bilan xalqaro savdo tovarlari qiymatining o‘rtacha 7-8%
ni tejashni ta’minlaydi.
Transport hujjatini rasmiylashtirishga sarflangan xarajatlar o‘rtacha 3-4% ga
teng bo‘lgan miqdorda kamayadi. G‘arbiy Yevropada Aqsh va Kanada bilan xalqaro
savdoda EDI va EDIFAKT tizimlaridan foydalanishning umumiy samarasi yiliga
50-60 milliard dollarga, butun jahon savdosida yesa — yiliga 300 milliard dollardan
oshadi.
Yaponiyada Amerika tizimlariga o‘xshash ShIPNET elektron axborot uzatish
tizimidan foydalaniladi.
Yuk egasi, tashuvchi va ekspeditor o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni tashkil
yetish uchun dasturiy yechimlar taklif etiladi, ulardan biri interaktiv «Fraxt-
Navigator» transport platformasidir.
Internet
texnologiyalari
asosida
«Fraxt-Navigator»
platformasidan
foydalanib, nazorat, hisobot va benchmarketing,fraxt-menejment, fraxt-birja, fraxt-
auksion, yopiq almashish rejimida turli vazifalarni hal qilish mumkin. Yuk
jo‘natuvchilar va ekspeditorlartransport xizmatlarini sotish uchun platformadan
foydalanadilar.Yuk jo‘natuvchi tizimning yuk takliflari sifatida e’lon qilgan yuklarni
kiritadi. Barcha kerakli detallar beriladi: tashish ketma-ketligi, yuklash va
tushirishning oraliq nuqtalari, yuklash va tushirish operatsiyalari va tashish
xususiyatlari, yukning xavfliligi, tashishning harorat rejimi va boshqalar. Axborot
darhol barcha manfaatdor tashuvchilarga yuboriladi.Agar tashuvchi avtomatik
xabarnoma buyurtma qilgan va kerakli mezonlarga javob bergan bo‘lsa, u darhol
tizim tomonidan xabardor qilinadi. Takliflar va stavkalar anonim chop yetiladi, lekin
potensial hamkorlar bir-birining reytingini ko‘rishi mumkin. Hamkorlar bir-birini
tanlagandan so‘ng aloqa ma’lumotlari oshkor yetiladi.
Fraxt-menejment, vazifalarni qayta ishlash va ularning bajarilishini nazorat
qilish, zarur vazifani izlab topish va boshqalar internet texnologiyalari sohasida
maxsus bilimga ega bo‘lmagan odamlar uchun ham oson va qulay. Microsoft Word
bilan tanish bo‘lgan har bir kishi tizim bilan ishlay oladi.
“Fraxt-Navigator” tizimi foydalanuvchisi internet texnologiyalari bo‘yicha
maxsus bilimlarga ega bo‘lishi shart emas, faqat:
- Microsoft Windows (yoki shunga o‘xshash operatsion tizimlar) da
foydalanuvchi darajasida ishlay olishi;
- matnlar bilan ishlashda asosiy operatsiyalarni bilishi (tahrirlash, nusxa olish
va boshqalar.);
- internetda ishlash, veb-saytlarda harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- veb-saytlar (giperssыlkalar, sahifalar, tasvirlar, matn materiallari va
boshqalar) uchun qo‘llaniladigan asosiy tamoyil va tushunchalarni bilishi lozim.
Fraxt-Navigator
platformasidan
foydalanish,
internet
brauzer
www.fnavigator.ru.manzil satrida manzili kiritiladi.
Shundan so‘ng, platformada ishlashni boshlash uchun kerakli ma’lumot va
sozlamalarni o‘z ichiga olgan Fraxt-Navigatorning birinchi sahifasi shuningdek,
ishchi versiyaga kirishhamdatrening tizimi ochiladi.
"Yuk takliflari" yorlig‘ini faollashtirish orqali tezkor (yagona) kunlik sotish uchun
taqdim etilgan joriy yuk yoki fraxt takliflarini, shuningdek,"auksion "
submenyusi(uzoq vaqt davomidagi doimiy yuklama)ni ko‘rish mumkin.
Ekranda ma’lum bir mamlakat bayrog‘ini bosish orqali mamlakat yoki interfeys
tilini tanlash mumkin
1-rasm. Mamlakatni va interfeys tilini tanlash
Ro‘yxatga olish uchun uchta variant mavjud:"Tashuvchi, yuk jo‘natuvchi,
yoki har ikkisi ham bir kishi (Ekspeditor)".
Tizimda ishlashni boshlashdan oldin foydalanuvchi kompaniyaning asosiy
ma’lumotlarini qayta ishlash, ya’ni mintaqalarni tanlash, ro‘yxatlar yaratish va tizim
tomonidan boshqariladigan yangi foydalanuvchini yaratish tavsiya etiladi. Asosiy
ma’lumotlarni qayta ishlash platformada ishlashni sezilarli darajada tezlashtiradi va
osonlashtiradi.
Platformada ishlashni boshlashdan oldin hududlar ro‘yxatini tuzib, guruhlarga
ajratish tavsiya yetiladi. Bu yerda yangilarini yaratish, mavjudlarini qayta ishlash,
ularni o‘chirish va mintaqalar ro‘yxatini guruhlashtirish mumkin ( -rasm).
2-rasm. Ish mintaqasini tanlash
“Fraxt-Navigator” platformasida ishlashni boshlashdan oldin kompaniyalar
ro‘yxatini tuziladi va ular guruhlarga bo‘linadi. Ro‘yxat kompaniyalar guruhlari
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, unda kompaniyaning bozordagi xamkorlari va
ishtirokchilar tasvirlanishi kerak. Ro‘yxat firmalar guruhining tuzilishi va
boshqaruvini aniqlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, masalan, "Germaniya bilan
shartnoma bo‘yicha xamkorlar" firmalar ro‘yxatini "Germaniyadagi xamkorlar"
firmalar guruhiga, shuningdek, "Evropadagi xamkorlar" guruhiga ham kiritish
mumkin.Agar "Germaniya bilan shartnoma bo‘yicha hamkorlar" ro‘yxati o‘zgarsa,
ma’lum kompaniyalar guruhlari avtomatik ravishda yangilanadi.
Kerakli bo‘lgan firmani topish bir necha yo‘llar bilan amalga oshiriladi: kompaniya
nomi birinchi harflarini kiritib, ko‘cha yoki shahar, shuningdek indeksni yoki
mamlakatni tanlab. Tizim foydalanuvchi mezonlariga muvofiq “Fraxt-Navigator”
tizimda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarni qidiradi va natijani monitorekranida
ro‘yxat sifatida ko‘rsatadi. Barcha tanlangan kompaniyalar avtomatik ravishda
belgilangan nomi bilan ro‘yxatda saqlanadi.
“Fraxt-Navigator” tizimi boshqa ishtirokchilar tomonidan yuk takliflari va
auksionlarini ko‘rsatadi va bunda barcha o‘z takliflarini bildirishi mumkin.
Bu yerda tizimining boshqa a’zolari tomonidan yuk taklifini ko‘rish mumkin.
Zarur bo‘lgan yukni topishning optimal mezonlarini aniqlash shakli mavjud. Ular
quyidagi mezonlar bo‘lishi mumkin (-rasm): vazifa turi; hududlar; mamlakatlar.
Tanlangan vazifaning barcha tafsilotlari, shuningdek, tizimdagi yuk egasining
reytingini o‘z ichiga olgan oyna ochiladi.
Yuk yegasi “Fraxt-Navigator” tizimida tashish vazifasining tafsilotlarini kiritishi
mumkin. Haqiqiy shartlar quyidagicha bo‘lishi mumkin,ortish va tushirish uchun
qo‘shimcha ko‘rsatmalar, shuningdek ortish-tushirish joyida zarur uskunalar
mavjudligi yoki xavfli tovarlar bilan bog‘liq ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi. Ortish
yoki tushirish operatsiyalarini bajarish shartlari hisobga olinadi: orqadan, yon
tomondan yuklash va boshqalar. buning uchun zarur mexanizmlar va mashinalar:
yuklovchi, ko‘tarish mashinasi va boshqalar.
Qo‘shimcha manzillar kiritilgan bo‘lsa, ulardan qisman yuklash va tushirish
joylarini tanlash mumkin. Bu tushirishning oxirgi nuqtasi emasligini ko‘rsatish
uchun tegishli maydonlar sariq rangda belgilanadi.
Tashuvchiga vazifa shakllantirishni uchuntaklif qilingan yuklar tahlili.
Bir yoki bir necha vazifalar tanlab olinganidan so‘ng, ularning har biri uchun
tafsilotlarni ko‘rish mumkin. Buning uchun vazifa raqaminibosish kerak.
Agar barcha mezonlar foydalanuvchining talablariga javob bersa, foydalanuvchi
sotuvchi (yuk yegasi) ga ya’ni ushbu tashishbuyurtmachisiga taklif kiritadi.
Yuk egasi javoblardan birini tanlashi mumkin:
- "akseptlash" bu tizim ishtirokchisining taklifi va stavkasini qabul qilganini
anglatadi va shuning uchun ushbu yukni tashish bo‘yicha shartnoma jo‘natuvchi va
tashuvchi o‘rtasida tuziladi;
- "juda qimmat" - taklif qilgan kishi uni ko‘rib chiqish va yangisini yaratish
imkoniga yega;
- "voz kechish" - bu talabgor ushbu vazifa uchun hech qanday taklif qila
olmaydi. Buning sababi uning reytingida biror bir kamchilik bo‘lishi mumkin, yoki
juda yuqori taklif (layoqatsizlik) va hokazo.
Agar tashuvchi o‘z taklifi qabul qilinganini ko‘rsa, u bilan yuk egasi o‘rtasida
ushbu vazifani yoki tashishni bajarish uchun shartnoma tuziladi. Protokolning
yuqori o‘ng burchagida ushbu vazifa uchun CMR xalqaro hisob-fakturasiga
havola mavjud. CMRning avtomatik ravishda to‘g‘ri to‘ldirilganiga ishonch
hosil qilish uchun (tizimplatformasidagi barcha vazifalar uchunavtomatik
ravishda CMR to‘ldirishfunksiyasimavjud), tashuvchi CMR linkini bosishi
mumkin.
Ushbu sahifada tashuvchi yuk tashuvchining yoki yuk egasining iltimosiga
ko‘ra, boshqa hujjatlar bilan birga ortish joyida yoki boshqa joyda chop etilishi
mumkin bo‘lgan CMR hisobvaraq-fakturani to‘g‘rito‘ldirilganligini tekshiradi.
Sotilgan vazifa darhol platformada ko‘rsatilgan joriy yuk va fraxt takliflari
qatoridan o‘chiriladi1.
MDH
davlatlarida
avtotransportda
tashishlarni
tashkil
etishda
foydalanilayotgan axborot texnologiyalari borasida ham bir muncha yutuqlar
mavjud.
Yuklarni tashishda marshrut davomida avtotransport vositasining qaysi
hududda va holatda ekanligidan xabardor bo‘lish uchun turli xil aloqa vositalaridan
foydalaniladi. Shu kungacha avtomobil transportida quyidagi aloqa vositalaridan
foydalanib kelinmoqda:
1. Radio aloqa.
Zamonaviy sharoitda optimal nazoratni amalga oshirishda zarur omillardan biri
avtokorxonaning transport vositalari harakatini avtomatik nazorat qiluvchi
kommunikatsiya tizimining mavjudligi hisoblanadi. Xozirgi kunda avtoulovlarning
nazoratini amalga oshiruvchi turli xil aloqa vositalari va tizimlari, bor, lekin ularning
hammasi ham transport nazoratini boshqarish talablariga javob bermaydi.
HT(harakatlanuvchi tarkib)ni radio aloqa yordamida nazorat qilish ikki
asosiy qismga bo‘linadi:
1. anchagina avvalgi va hozirgi kunda foydalanishdan chetlatilayotgan. HT aks
to‘lqinlarini qabul qiluvchi nazorat qurilmalariga asoslangan.
1 https://studref.com/520125/ekonomika/innovatsionnye_protsessy_logisticheskogo_menedzhmenta_v_intellektualn
yh_transportnyh_sistemah_v_4_toma
2. nazorat postlariga transport vositasining (avtomobil) manbasidan
yuborilayotgan signallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishi.
Birinchi usul uchun yo‘nalish bo‘yicha yetarli sonda nazorat nuqtalarini
joylashtirish talab qilinadi. HTning joyini aniqlash uchun kamida 3nazorat posti
bilan aloqada bo‘lishi kerak. Kamchiligi: har bir transport birligi uchun
identifikatsiya ma’lumotlarining yetkazib berolmaslik.
Ikkinchi usulda HTga bort kompyuterlari (dastlab datchiklar) o‘rnatish
imkoniyatidan foydalanilgan.
Bort kompyuterlariga ARM(Avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari)dan nazorat
punktlaridagi kompyuterlarga avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlar: uning
marshruti, yuk turi va boshqalar kiritiladi.
Bugungi kunda, AT (avtomobil transporti) uchun avtonom navigatsiya tizimini
rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda. Uning mohiyati quyidagicha:
AT joylashgan manzil HTning o‘zida joylashgan kompyuter tizimini
yordamida aniqlanadi. Hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:
• boshlang‘ich nuqta manzili
• harakatlanish parametrlari (harakatlanish tezligi, tezlanish, burilishlardagi
tezlik va hokazo).
Kamchiliklari quyidagicha:
1. to‘plangan xatolarni tuzatish uchun tashqi mos yozuvlar bo‘yicha transport
vositasi aniq o‘rnini aniqlash uchun ehtiyoj
2. hisoblash tizimining noqulayligi.
27 megagers diapazondagi qisqa masofali aloqa (Ci-Bi-radio).
Ayni paytda, tez-tez qisqa masofali radio aloqa vositalaridan foydalanilmoqda.
Bu aloqa vositasi yordamida haydovchilar bir-biri bilan muloqot qilish bilan ir
qatorda, ba’zi joylarda huquqni muhofaza qilish organlari (militsiya) va boshqa yo‘l
xizmatlari punktlari bilan muloqot qilish imkoniga egadirlar. Bunday aloqa usuli bir
guruhda harakatlanayotgan haydovchilar o‘rtasida axborot almashish uchun juda
qulay hisoblanadi.
Qisqa masofali aloqa vositalari, odatda, 27 megagers diapazonida faoliyat
yuritadi va bir necha vattdan quvvatiga egadir. Ulardan bu chastotada foydalanish
uchun xech qanday ruxsat olish talab qilinmaydi. Ushbu aloqa vositalari ATlariga
o‘zaro ma’lum masofada aloqa muloqot qilish imkonini beradi. Ratsiya vositalari
juda ishonchli va ishlatish uchun oson. Biroq,ular qisqa masofali aloqa uchun
mo‘ljallangan va ular o‘z dispetcherlari bilan chet elda bo‘lgan vaqtlarida aloqada
bo‘lolmaydilar.
Ba’zan, signallarni kuchaytirish maqsadida signalni 100 yoki undan ko‘p vatt
quvvatga
oshirib
beradigan
kuchaytirgichlardan
foydalaniladi.
Biroq,
kuchaytirgichlardan foydalanish uchun mahalliy organlardan ruhsat olish kerak. Aks
holda, bu kuchaytirgichlar mahalliy nazorat xizmatlari organlar tomonidan
musodara qilinishi mumkin(bunday holatlar Polsha va Germaniyada uchrab turadi).
Bundan tashqari, kuchaytirgichlar haydovchi salomatligi uchun zararli hisoblanadi.
1. KV(qisqa to‘lqinlar) diapazonida radio aloqa.
27 megagers diapazonidan ko‘proq masofada muloqot qilish imkoniyati KV
diapazonidagi aloqadan foylanilganda tug‘iladi.
Afsuski, KV diapazonidagi aloqani qo‘llashda ham bir qator kamchiliklar
mavjud. Asosiy vazifa kommunikatsiyaning ishonchliligi bo‘lib, KV diapazonidagi
aloqa ham 50 kmdan ortiq masofada ishonchli muloqotga kafolat bera olmaydi.
Aloqa qilish imkoniyati sutka vaqti, ob-havo sharoiti, qabul qiluvchi va uzatuvchi
qurilmalarning o‘zaro joylashish tartibiga bog‘liq. Ikkinchi kamchiligi, KV
diapazonidan foydalanuvchilarning soni oshishi natijasida shovqin va sifatining
pasyishi holatlari uchraydi.
Hattoki ko‘p kilovattli uzatgichlar va katta antenna maydonlari ham sutka
davomida ishonchli aloqani ta’minlay olmaydilar. Katta quvvatga ega bunday radio
markazni xech qanday avtokorxona qurishga qodir emas. Uzatish quvvatining
kamayishi esa aloqa sifati ishonchliligini kamaytiradi.
Shovqinlar va signal darajasini tahlil qilish uchun KV radio aloqasini qo‘llash
orqali muayyan vaziyatlarda optimal bo‘lgan zaxira chastotasini avtomatik qo‘llash,