YUKLARNI TASNIFLASHNING VAZIFASI. YUKLARNING XALQARO TASHUVLAR BO‘YICHA TASNIFLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-07-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
33,8 KB
1
YUKLARNI TASNIFLASHNING VAZIFASI. YUKLARNING XALQARO
TASHUVLAR BO‘YICHA TASNIFLANISHI
Reja:
1. Yuklarni tasniflashning vazifasi. Tasniflash belgilari
2. Yuklarning tovar tasnifi (nomenklaturasi)
3. Yuklarning transport tasnifi
Tayanch so‘z va iboralar: tovar tasnifi, transport tasnifi, tarif tasinifi,
uyg‘unlashtirilgan tizim, quyma – quyib tashiladigan, tarasiz suyuq yuk; quruq
yuklar, quyib tashiladigan yuklar; uyma yuklar, to‘kma yuklar, donali yuklar, bosh
yuklar.
3. Yuklarning transport tasnifi
Transportda yuklarning quyidagi asosiy turlari ajratiladi:
quyma – quyib tashiladigan, tarasiz suyuq yuk;
quruq – quyib tashiladigan yuklardan tashqari har qanday yuk;
uyib tashiladigan – uyib tashiladigan tarasiz quruq yuk;
to‘kma – tarasiz tashiladigan don-dunlar;
donali – alohida yuk joylaridan tashkil topadigan quruq yuk; bosh yuk
– turli donali yuklar.
Yuk, upakovka va o‘rash materiallarining turlari klassifikatoriga muvofiq
yukning turi deganda bir tipdagi predmetlar yoki upakovkalardan tashkil topadigan
va uning shakli yuk operatsiyalari, tashish, taxlash va joylashtirishga ta’sir
2
ko‘rsatadigan yaxlit birlikka keltirilgan yuk tushuniladi. Yuk o‘zida upakovkasiz,
masalan, uyib, to‘kib yoki quyib tashiladigan suyuq yoki qattiq moddalarni ham
taqdim qilishi mumkin. Yuklarning quyidagi turlari ajratiladi:
- o‘ralmagan donali yuk, to‘kib, uyib va quyib tashiladigan yuklardan
tashqari;
- katta yuk konteynerlari;
- yuk konteynerlari, katta yuk konteynerlaridan tashqari;
- tagliklardagi yuklar;
- bog‘langan yuk;
- o‘zining yuritmasiga ega bo‘lgan harakatlanuvchi qurilmalar;
- harakatlanuvchi
qurilmalar,
o‘zining
yuritmasiga
ega
bo‘lgan
harakatlanuvchi qurilmalardan tashqari;
- yuklarning boshqa turlari.
Bosh yuklarning tasnifi
Bosh yuklar – bu o‘ralgan yoki upakovkasiz donali yuklardir. Upakovkaning
turi bo‘yicha bu - tara-upakovkadagi (qoplar, qutilar, yashiklardagi) yuklar,
shuningdek yiriklashtirilgan yuk va transport birligidagi (paketlar, tagliklar,
treylerlar, konteynerlar, lixterlar va hokazolardagi) yuklardir.
Bosh yuklar quyidagi toifalarga (tagguruhlarga) tasniflanadi:
metall mahsulotlar: prokatlangan (yoyilgan) metall, profilli, listli metall,
quyilgan metall, o‘ralgan simlar, metall quvurlar, bog‘lamlardagi sim materiallar,
rulon qilib o‘ralgan lentali material, metallolom, relslar, balkalar (to‘sinlar), metall
buyumlar;
harakatlanuvchi texnika: gusenitsali va g‘ildirakli harakatlanuvchi texnik
vositalar;
temir-beton buyumlar va konstruksiyalar: balkalar, rigellar, shpallar,
kolonnalar (ustunlar), svaylar (qoziq ustunlar), plitalar, panellar, bloklar,
fundamentlar va boshqa detallar (zinapoya marshlari, maydonchalar, parapet plitalar
va boshqalar);
3
konteynerlar: yirik tonnajli – brutto og‘irligi 10 t dan 30 t gacha, o‘rtacha
tonnajli – 3 t dan 5 t gacha, kichik tonnajli – 0,625 t dan 1,25 t gacha, universal va
ixtisoslashtirilgan: yumshoq, izotermik, refrijerator, ochiq, sisternalar, platformalar
va hokazolar;
paketlangan yuklar – taradagi yoki tarasiz donali yuklardan tashkil topadigan
yuk partiyasi: bog‘langan (plenkaga o‘ralgan), tagliklardagi paketlar, blok- va strop-
paketlar;
tara-upakovkadagi va donabay yuklar: bitta o‘rnining og‘irligi 500 kg dan kam
bo‘lgan, bitta o‘rnining og‘irligi 500 kg dan ortiq bo‘lgan og‘ir vaznli, uzun va
bahaybat – uzunligi 3 m dan ortiq, kengligi 2,6 m dan ortiq, balandligi 2,1 m dan
ortiq, nogabarit – balandligi 4 m dan ortiq, kengligi 2,5 m dan ortiq va transport
vositasi platformasining orqa bortidan yoki chekkasidan 2 m dan ortiq chiqib
turadigan yuklar;
dumalaydigan-bochkali yuklar: yog‘och, metall va plastmassa bochkalar va
barabanlar, kabel o‘ralgan barabanlar, bog‘langan va alohida avtoshinalar, g‘altaklar
va chulg‘amlar, silindrik va konussimon savatlar;
yirik gabaritli va og‘ir vaznli yuklar;
yog‘och materiallari: dumaloq yog‘och materiallar, tilingan paketlangan
yog‘och materiallar, fanera, pachkalangan yog‘och plitalar, xarilar, tilingan brus va
hokazolar.
Yuklarning transport tavsiflari va fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari, tashish
masofasi va foydalaniladigan transport turlariga bog‘liq ravishda barcha bosh
yuklarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- konteynerlarga qo‘l keladigan yuklar, ularni konteynerlarda tashish mumkin
bo‘lgan va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan yuklar;
- konteynerlarga qo‘l kelmaydigan yuklar, ularni konteynerlarda tashish
mumkin bo‘lgan, biroq bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan yuklar;
- paketlar, tagliklar, palletlar, rolltreylerlar yoki maxsus ko‘p o‘qli tirkamalarda
yiriklashtirilgan birliklarda tashish maqsadga muvofiq bo‘ladigan yuklar;
4
- aralash transport turlarida transport vositalarida tashish maqsadga muvofiq
bo‘lgan yuklar (kombinatsiyalangan tashishlar);
- ularni yuklash va tushirishni o‘zining yurishi yoki shatakka olish usuli
bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lgan yuklar (avtotexnika, qishloq
xo‘jaligi texnikasi, transport asbob-uskunalari va hokazolar).
Uyib tashiladigan va to‘kma yuklarning tasnifi
Uyib tashiladigan yuklar fizikaviy-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq ravishda
ikkita guruhga bo‘linadi:
atmosfera yog‘ingarchiliklari va changdan himoyalashni talab qilmaydigan
yuklar (masalan, qattiq yoqilg‘i, ma’dan (ruda), g‘isht). Bu yuklarni ochiq transport
vositalarida tashishga yo‘l qo‘yiladi;
chang, ifloslanish va atmosfera yog‘ingarchiliklaridan yaroqsiz holga
kelishdan himoya qilinishi lozim bo‘lgan yuklar (masalan, sement, ohak, bo‘r,
mineral o‘g‘itlar). Bu yuklarni yopiq universal va ixtisoslashtirilgan konteynerlarda
yoki ixtisoslashtirilgan sisternalarda tashishga yo‘l qo‘yiladi.
To‘kma yuklar saqlash usuliga bog‘liq ravishda ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- ochiq havoda saqlashga yo‘l qo‘yiladigan yuklar;
- ochiq havoda saqlanadigan, biroq atmosfera yog‘ingarchiliklarining ta’siriga
tortilishga yo‘l qo‘yilmaydigan yuklar.
Hajmiy og‘irlik kattaligi bo‘yicha to‘kma (uyma) yuklar quyidagilarga
tavsiflanadi:
yengil – 600 kg/m3 dan kichik (torf, yog‘och qirindisi, yog‘och bo‘laklari);
o‘rtacha – 600-1100 kg/m3 (don, shlak, ko‘mir va boshqalar);
og‘ir – 1100-2000 kg/m3 (qum, graviy, shag‘al);
o‘ta og‘ir – 2000 kg/m3 dan oshiq (temir rudalari, konsentratlar va hokazolar).
Zarrachalarning o‘lchamiga bog‘liq ravishda (yoki granulometrik tarkibga
bog‘liq ravishda) to‘kma yuklar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
- o‘ta yirik (zarrachalarning o‘lchami 320 mm dan ortiq);
- yirik bo‘lakli (160 – 320 mm);
- o‘rtacha bo‘lakli (60 - 160 mm);
5
- kichik bo‘lakli (10 - 60 m);
- yirik donli (2 - 10 mm);
- mayda donli (0,5 – 2,0 mm);
- kukunsimon (0,05 – 0,5 mm);
- changsimon (0,05 mm dan kichik).
To‘kma yuklarni ko‘chirish mexanizmi bo‘yicha ikkita turga ajratish qabul
qilingan:
- “quruq ko‘chirish” deb ataluvchi ko‘chirishga tortilgan yuklar;
- nam holatda ko‘chirishga tortilgan yuklar. Nam holatda ko‘chirishga tortilgan
yuklar tiksotrop yuklar deb atalidi. Bunday ko‘chirish to‘kma yukda namlikning
bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘laklanganlik bo‘yicha (granulometrik tarkib bo‘yicha) quyidagilar
ajratiladi:
- saralangan yuklar – ularda eng katta va eng kichik bo‘laklarning
o‘lchamlarining nisbati 2,5 ga teng yoki undan kichik bo‘lgan to‘kma yuklar;
- oddiy yuklar – bu nisbat 2,5 dan katta bo‘lgan yuklar.
Tarali-donali yuklarning tasnifi
Upakovkaning borligiga bog‘liq ravishda: tarasiz va tarali yuklar.
Tarasiz yuklar tashish uchun ixtisoslashtirilgan transport vositasini talab
qiladi (samosval avtomobillar, sisternalar, beton qorigichlar va boshqalar).
Aksariyat tarali yuklar “bortli platforma” tipidagi avtomobillar, shuningdek
furgonlar va refrijeratorlarda tashiladi.
Tarali yuklar taraga bog‘liq ravishda yashikli, dumalaydigan (bochkalar,
buxtalar, rulonlar) va qoplardagi yuklarga bo‘linadi.
Yashikli yuklar parallelepiped shakliga ega bo‘ladi va turli materiallardan
ishlanadi. Yog‘och yashiklar ko‘proq tarqalgan. Shuningdek metall, plastmassa,
kartondan ishlangan yashiklar ham mavjud.
Dumalaydigan yuklar silindrik shaklga ega bo‘ladi. Bunday yuklarni omborda
ko‘chirishni, shuningdek yuklash-tushirishni ularni to‘shamalar yoki maxsus
yo‘naltiruvchilar bo‘ylab dumalatish bilan amalga oshirish mumkin.