YUKLARNING XALQARO TASHUVLAR BO‘YICHA TASNIFLANISHI
Yuklangan vaqt
2024-07-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
33,1 KB
1
YUKLARNING XALQARO TASHUVLAR BO‘YICHA TASNIFLANISHI
Reja:
1. Yuklarni tasniflashning vazifasi. Tasniflash belgilari
2. Yuklarning tovar tasnifi (nomenklaturasi)
3. Yuklarning transport tasnifi
Tayanch so‘z va iboralar: tovar tasnifi, transport tasnifi, tarif tasinifi,
uyg‘unlashtirilgan tizim, quyma – quyib tashiladigan, tarasiz suyuq yuk; quruq
yuklar, quyib tashiladigan yuklar; uyma yuklar, to‘kma yuklar, donali yuklar, bosh
yuklar.
1. Yuklarni tasniflashning vazifasi. Tasniflash belgilari
Tashish jarayoni boshlanishi bilan yuklarga aylanadigan tovarlarning butun
jamlanmasini ko‘plab belgilar – tabiiy kelib chiqishi, jismoniy holati, tarmoqlar va
hokazolar bo‘yicha tasniflash mumkin.
Tasniflarning ikkita katta guruhini – savdo (tovar, tarif) nomenklaturasi va
transport tasnifini ajratish mumkin.
Tovar tasnifining Xalqaro standarti Uyg‘unlashtirilgan tizim (GS-
garmonizirovannaya sistema) – Bryussel bojxona nomenklaturasi, BMT standart
xalqaro savdo tasnifi va yana o‘n ikkita xalqaro va milliy klassifikatorlarning
(bojxona va transport nomenklaturalarini ham o‘z ichiga olgan holda) sintezi bo‘lib
hisoblanadi.
2
Yuklarning tarif tasnifi (yoki nomenklaturasi) yuklarning ishlab chiqarish
bo‘yicha kelib chiqish belgilari, tashish tariflarining va yig‘im stavkalarining
o‘lchamlari bo‘yicha qurilgan.
Yuklarning transport tasnifi yuklarni tashishning talab qilinadigan -
yuklarning transportda saqlanishini, yuk aylanmasini rejalashtirish, hisobga olish va
tartibga solishni, ortish-tushirish mashinalarini asoslangan ixtisoslashtirishni,
omborlarning parametrlari va yuklash-tushirish texnikasining tiplarini hisobga
olishni ta’minlaydigan shartlarini aniqlash uchun kiritilgan. Ular bo‘yicha
tasniflashni bajarish mumkin bo‘lgan belgilar ko‘pligidan asosiy, ya’ni qo‘yilgan
maqsadga erishish uchun muhim bo‘lgan tasniflash belgii tanlanadi.
Yuklarning transport tasnifi deganda yuklar jamlanmasini transport
jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan qandaydir bir belgi bo‘yicha
tartibga solish tushuniladi.
Yuklarning transport tasnifi tashish uchun taqdim qilingan yuklarning turlari
va holati, ularning upakovkalarining tiplari va mahsulotning saqlanishini
ta’minlaydigan yuklash va tashish usullariga bog‘liq ravishda quriladi.
Transport qonunchiligida yuklarni tasniflash – bu tashish uchun to‘lovlarning
miqdorini aniqlash maqsadida tashiladigan yuklarni tarif guruhlari bo‘yicha
taqsimlashdir. Bu tushunchaning mohiyati transportning har xil turlari uchun
yuklarni yagona tasniflashning yo‘qligini bildiradi.
2. Yuklarning tovar tasnifi (nomenklaturasi)
Yuklarni tasniflash masalasi dastlab yuklarning davlatlarning chegaralari
orqali o‘tishini hisobga olish va kuzatib borish zarurati tufayli yuzaga kelgan.
Bojxona nomenklaturalarini unifikatsiyalash bo‘yicha birinchi loyiha 1853
yilda o‘tkazilgan Xalqaro statistika kongressida qabul qilingan. 1913 yil 31 dekabrda
Bryusselda bojxona statistikasi bo‘yicha Xalqaro konferensiya Konvensiyasi
imzolangan. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tomonidan xalqaro
savdo statistikasi uchun tovarlarning minimal ro‘yxati tasdiqlangan, u 186 ta
3
nomdagi tovarlarni o‘z ichiga olgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan
asosiy hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:
– Bryussel bojxona nomenklaturasi (BTN);
– BMT ning standart xalqaro savdo tasnifi (SMTK).
1983 yilda tovarlarni tasvirlash va kodlashtirish bo‘yicha Uyg‘unlashtirilgan
tizim (UT) bo‘yicha Xalqaro Konvensiya imzolangan, uni ishlab chiqishda 59 ta
davlat va 21 ta Xalqaro tashkilotlar ishtirok etgan. Ishlab chiqishdan maqsad – BTN
dan SMTK ga o‘tish uchun UT bazasida ma’lumotlarga kompyuterli ishlov berish
yordamida optimal qoidalar va tavsiyalarni yaratish asosida bojxona hujjatlarini
qisqartirish va unifikatsiyalashga erishish bo‘lgan.
Tovarlarni tasvirlash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimi (UT) –
ma’lum bir belgilar bo‘yicha guruhlar va bo‘limlarga guruhlashtirilgan tovar
pozitsiyalari va subpozitsiyalarini va ularga taalluqli bo‘lgan raqamli kodlarni,
shuningdek GS ni talqin qilishning asosiy qoidalarini o‘z ichiga oladigan
nomenklaturadir.
Tovarlarni tasvirlash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimi (ingl.
Harmonized Commodity Description and CodingSystem (qisq. Harmonized System,
HS)) – tovarlarni tasvirlash va kodlashtirish tizimidir (xalqaro savdoda tovarlarni
tasniflashning standartlashtirilgan tizimidir; tovarlarning vazifasi bo‘yicha (kiyim-
kechak, qurol-yarog‘ va hokazolar), iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha (tekstil
mahsuloti, hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari va hokazolar) tasniflanadi).
Ajratilgan toifalarga 6 ta raqamli kod beriladi, biroq ba’zi bir mamlakatlar
nomenklaturani 8 ta yoki 10 ta raqamdan tashkil topgan kodlargacha detallashtirgan.
1983 yilda Bojxona Hamkorligi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan, 1988 yil 1
yanvardan kuchga kirgan, bir qator mamlakatlar hozirgacha foydalanishni davom
ettirayotgan Bojxona Hamkorligi Kengashining nomenklaturasi o‘rniga qabul
qilingan.
Tovarlarni bo‘limlarga guruhlashtirish tamoyillari:
4
- tovarlarning kelib chiqishi bo‘yicha (“Tirik hayvonlar va chorvachilik
mahsulotlari”, “O‘simlik kelib chiqishli mahsulotlar”, “Mineral mahsulotlar” va
hokazolar) (I, II, V bo‘limlar);
- tovar tayyorlangan materialning turi bo‘yicha («Teri xomashyosi, teri,
momiq, momiq-mo‘yna xomashyosi va ulardan tayyorlangan mahsulotlar»,
«Yog‘och va yog‘och mahsulotlari», «Qora va rangli metallar va ulardan
tayyorlangan mahsulotlar» va hokazolar) (VIII, IX, X, XIII, XIV, XV bo‘limlar);
- tovarlarning vazifasi bo‘yicha («Oziq-ovqat sanoati mahsulotlari», «Tekstil
va
tekstil
mahsulotlari»,
«Mashinalar,
asbob-uskunalar…
elektr
asbob-
uskunalari…», «San’at asarlari» va hokazolar) (IV, XI, XII, XVII, XVIII, XIX, XX,
XXI bo‘limlar);
- kimyoviy tarkibi bo‘yicha («Sanoatning kimyo va yondosh tarmoqlarining
mahsulotlari», «O‘simlik kelib chiqishli mahsulotlar») (III, VI, VII bo‘limlar).
Nomenklatura tovarlarni ularga ishlov berish darajasi bo‘yicha taqsimlash
tamoyili bo‘yicha – xomashyodan yarim fabrikatlarga va ulardan tayyor
mahsulotlarga qaratib qurilgan.
Boj odatda tovarlarning tayyorlik darajasi bo‘yicha oshadi.
Masalan:
I bo‘lim – “Tirik hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari”;
X bo‘lim – “Yog‘ochdan tayyorlangan qog‘oz massasi”;
XXI bo‘lim – “San’at asarlari, kolleksiyalash predmetlari va antikvariat”.
UT tovarlarni tasniflash qoidalari:
a) tovar odatda u yaxshiroq mos tushadigan joyga va uning barcha o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish bilan ko‘proq batafsil tasvirlanishi berilgan joyga
joylashtiriladi;
b) jamlanmalar, sovg‘alar va hokazolar tarkibidagi murakkab tovarlar asosiy
materialga bog‘liq ravishda tasniflanadi;
v) UT birorta ham pozitsiyasiga tushmaydigan yangi tovar shu tovarga eng
yaqin bo‘lgan pozitsiyaga kiritiladi;