Yuqori molekulyar moddalar eritmalarining xossalari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
16,7 KB
Yuqori molekulyar moddalar eritmalarining xossalari
Darsning maqsadi: Talabalarga yuqori molekulyar moddalar eritmalarining
xossalari haqida tushuncha berish
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi minglab va bir necha yuz minglab
atomlardan tuzilgan makromolekulalarni kimyoviy xossalarini, tuzilishi sintezi va
analizini, ularda kuzatiladigan qonuniyatlarni yuqori molekulalar haqidagi eng
muhim tushunchalarni o’rganadi.
Yuqori molekulyar birikmalar molekulyar massasi juda katta bir necha
mingdan bir necha milliongacha bo’ladigan tabiiy va sintetik moddalar.
Organik yuqori molekulyar birikmalar jonli tabiatning asosini tashkil qiladi.
Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar kraxmal va selluloza, lignin, pektin, oqsillar,
garmonlar, fermentlar, o’simliklar va hayvon organizmlarining asosiy tarkibiy
qismidir. O’simlik va hayvon organizmlarining hayoti yuqori molekulyar
birikmalarining hosil bo’lish, bir turdan boshqa turga o’tish va parchalanish
jarayonlari bilan uzluksiz bog’liq.
Kimyo fanining nazariy va amaliy yutuqlarini chuqur o’rganish yuqori
molekulyar birikmalarning muhim xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi. Yuqori
molekulyar birikmalar kimyosini yanada rivojlantirishda chet el olimlari qatorida
o’zbek
olimlaridan
O.D.Sodiqov,
X.U.Usmonov,
M.A.Asqarov,
A.Yu.Yo’lchiboyev, U.M.Musayev, A.Aloviddinov, I.I.Ismoilov va boshqalarning
xizmatlari juda kattadir.
Tabiatda polimerlarning hosil bo’lishi hamda parchalanish oddiy sharoitda
uzluksiz ravishda maxsus tartib bilan sodir bo’lib turadi. Bunday o’zgarishlar
maxsus regulyatorlar, murakkab organik katazilatorlar, fermentlar, vitaminlar
ishtirokida amalga oshadi. Ammo ularinng ta’sir etish mexanizmi hozirgi kunga
qadar qadar yaxshi o’rganilmagan. Shunga qaramasdan kimyoning bu sohasi jadal
rivojlanmoqda.
Polimerlarning quyi molekulyar suyuqliklar bilan o’zaro munosabatini
o’rganish yuqori molekulyar birikmalar sintez qilish, ularni qayta ishlash va ulardan
tayyorlangan buyumlardan turli agressiv suyuqliklar muhitida foydalanish kabi
jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, polimerlarni qayta ishlash
jarayonida plastifikator (ko’pincha–organic suyuqlik)larning polimerlar bilan
qo’shila olishiga moyilligi, ya’ni bir jinsli eritma hosil qila olish xususiyatiga bog’liq
bo’ladi. Bundan tashqari, polimer eritmalari makromolekulalarning shaklini
aniqlash, ularning tarmoqlanish darajasi va xarakterini o’rganishda ham muhimdir.
Polimer molekulyar massasini aniqlashning muhim usullari ham eritmalarning ba’zi
xossalarini o’rganishga asoslangan. Polimerlarning quyi molekulyar suyuqliklar
bilan o’zaro ta’siridan chin eritma, kolloid eritma va iviqlar hosil bo’lishi mumkin.
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasi quyi molekulyar moddalar eritmasi kabi
ionlarga ajraladigan elektrolitga hamda ionlarga ajralmaydigan elektrolitmas
eritmalarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda bir qator ionlarga ajraluvchi sintetik
polielektrolitlar
sintez
qilingan.
Ular
erish
paytida
ionlarga
ajralib,
makromolekulada davriy ravishda qaytarilib turuvchi zaryadlangan ionlarga
ajraladi.
Polielektrolitlarning suvdagi eritmasi chin eritmalar namoyon qiladigan
xossalarga ega bo’ladi. Biroq polimerlarning ion eritmasi o’ziga xos bir qator
xossalari bilan boshqa eritmalardan keskin farq qiladi. Polimerlarning juda
suyultirilgan eritmalarini yuqori qovushoqlikka egaligi va erish davrida bukish
hodisasini kuzatilishi bunga misol bo’ladi. Demak, polimerlarning erish jarayoni
juda murakkab bo’lib, u asosan quyidagi faktorlarga:
a) erituvchi va polimerning kimyoviy tabiatiga;
b) polimerning molekulyar massasiga;
v) polimer zanjirining qayishqoqligiga;
g) makromolekula tarkibiy qismlarining zichligiga;
d) polimerning fazoviy holatiga;
e) zanjirning kimyoviy tarkibi bir xil emasligi;
y) haroratga va boshqa faktorlarga bog’liq bo’ladi.
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasi termodinamik barqaror sistemadir. Ular
istalgan muddatgacha o’z barqarorligini saqlab qola oladi. Yuqorida takidlanganidek
yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining asosiy xususiyatlaridan biri uning
qaytarligidir. Boshqacha aytganda, eritma muvozanatga har tomonlama kela oladi
va bu holat muvozanat sodir bo’lishi usuliga bog’liq emas. Shu sababdan ham
eritmalarning muvozanat holati tenglamasi–Gibbsning fazalar qoidasini yuqori
molekulyar birikmalar eritmalariga ham qo’llash mumkin.
Termodinamik ta’limot nuqtai nazaridan har qanday geterogen sistema bir
modda ichida boshqa bir moddaning ma’lum darajada maydalangan zarrachalar
holida taqsimlanish hosilasi bo’lib, uni dispers sistema deb yuritiladi. Sistemaning
boshqa qismlari bilan o’zaro chegaralangan, ulardan termodinamik xossalari va
kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan qismi dispers faza deyiladi, bu qism
taqsimlangan muhit dispersion muhit deb ataladi. Sistemadan ajratib olingan,
mustaqil mavjud bo’la oladigan moddalar esa, komponentlar deyiladi. Sistemada
mustaqil o’zgaruvchi termodinamik kattaliklar (bosim, hajm, harorat) parametrlar
deyiladi. Sistemaning muvozanatiga xalal bermay, uning holatini belgilovchi
termodinamik parametrlar soni sistemaning erkinlik darajasi deyiladi.
Yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar birikmalarda erish qobiliyatiga
esa, harakatchan zarrachalar juda katta o’lchamga ega bo’lgan mustaqil
molekulalardir.
Shunday qilib, polimer eritmalari kolloid sistemalardan farq qiladi va oddiy
eritmalarga o`xshashga ega. Hosil bo’lgan eritmalar molekulyar – kinetik xossalari
bo’yicha (osmotik bosimning juda pastligi, diffuziya harakatining kichikligi, yarim
o’tkazgich membranalardan makromolekulaning o’ta olmasligi) kolloid eritmalarni
eslatadi. Bunday o’xshashlikning sababi shundan iboratki, ikkala xil eritmadagi
zarrachalarning o’lchami bir-biriga yaqin bo’lib, oddiy makromolekulalarda buning
aksidir. Lekin polimer eritmalari kolloid eritmalaridan tubdan farq qiladi.
Kolloid eritmalardagi harakatchan zarrachalar misella shaklida, ya’ni Van-der-
Vaal’s kuchlari yordamida bog’langan molekulalar yig’indisi shaklida bo’ladi,
polimerlarda bir jinsli va termodinamik barqaror bo`lib, stabilizatorsiz ham turg`un
bo`la oladilar, ya`ni polimerlar ma`lum sharoitda chin eritmalar qilqadilar.
Erish nima? Erish-bir komponentning ikkinchi komponentda tarqalishining hususiy
holidir. Erish davrida hosil bo`ladigan chin eritmalar uchun quyidagilar
xarakterlidir.
1) Komponentlar orasidagi moyillikning mavjudligi;
2)Erish jarayonining o`z-o`zicha borishi;
3)Vaqt o`tishi bilan eritma konsintratsiyaning o`zgarmasligi;
4)Bir jinslik;
5)Termodinamik barqarorlik va boshqalar.
Biopolimerlar (bio…
va
polimerlar)
—
barcha
tirik
organizmlarning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan yuqori molekulali tabiiy
birikmalar. Nuklein kislotalar, oqsillar va polisaxaridlarni oʻz ichiga oladi. Bulardan
tashqari, aralash biopolimerlar ham boʻlib, ularga nukleoproteid, glikoproteid,
lipoproteid,
glikolipid,
liposaxarid
va
boshqalar
kiradi.
Asosiy
biopolimerlardan nuklein kislotalar hujayralarda genetik funksiyani bajaradi.
Oqsillar hujayralarning eng zarur tarkibiy qismi boʻlib, bir qator muhim
funksiyalarni oʻtaydi. Oqsil-fermentlar hujayralarda roʻy berayotgan moddalar
almashinuvida kimyoviy reaksiyalarni tartib bilan va zarur tezlikda olib boradi.
Muskul oqsillari, mikrob xivchinlari va hujayra vorsinkalari qisqarib, kimyoviy
energiyani
mexanik
ishga
aylantiradi.
Shuning
hisobiga
organizmlar
harakatlanadi. Qon oqsillari kislorod (gemoglobin) nn tashib, organizmni yot
oqsillar
(uglobulinlar)dan
himoya
qiladi
va
qon
ivishida
ishtirok
etadi. Polisaxaridlar toʻqimalar tuzilishida ishtirok etib, rezerv Biopolimerlar
funksiyasini
bajaradi.
Biopolimerlarning
tuzilishi—molekulalarning
uzok, vaqt davom etgan evolyutsiyasi natijasidir, shuning uchun ular biologik
vazifasini toʻla bajarishga moslashgan.
Sayyora Sharofovna Rashidovaning ilmiy ishlari yuqori molekulyar
birikmalar kimyosi — polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaksiyalarga oid
bo’lib, kimyoviy modifikatsiyali biologik faol polimerlar, dorivor preparatlar,
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olish uchun yuqori molekulali moddalarni
tanlashning nazariy asoslari, qishloq xoʻjaligi ekinlari (gʻoʻza, sholi, qand lavlagi va
boshqalar) uruglarini ekishga tayyorlashda biologik faol polimerlarni qoʻllab
kapsulalashning ekologik zararsiz texnologiyalari ishlab chiqildi.