YURAK: FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. YOSHGA OID O‘ZGARISHLARI, RIVOJLANISH ANOMALIYALARI. YURAK VA TOJSIMON ARTERIALARNING RENTGENO- VA ANGIOGRAFIYASI
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
46,6 KB
YURAK: FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI. YOSHGA OID
O‘ZGARISHLARI, RIVOJLANISH ANOMALIYALARI. YURAK VA
TOJSIMON ARTERIALARNING RENTGENO- VA ANGIOGRAFIYASI.
ANGIOLOGIA - KON TOMIRLAR XAQIDA ILM
Qon tomirlar: yurak, arterial sistema, venoz sistema hamda limfatik
sistemalardan tashkil topgan.
Arteriya va venalar orasida mikroskopda ko‘rinadigan mikrotomirlar
joylashgan. Mikrotomirlarni eng maydasi kapillyar deyiladi. Organizmda qon yopiq
doira (halqa) ichida harakkat qilib katta va kichik qon aylanish doirasi tafovut etiladi.
Katta qon aylanish doirasi yurak bilan a’zolar orasidagi qon harakatini
ta’minlab, yurakning chap qorinchasidan aorta bo‘lib boshlanadi va o‘ng
bo‘lmachada yuqorigi va pastki kavak venalari sifatid yakunlanadi. Kichik qon
aylanish doirasi esa yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi (stvoli) nomi
bilan boshlanib, o‘pka qon tomirlari ishtirokida, o‘pka venasi nomi bilan chap
bo‘lmachada yakunlanadi.
Qon tomirlarni a’zodan tashqarida joylashgan (ekstraorgan) va a’zo ichida
yo‘naladigan (intraorgan) qismlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu bo‘linish nisbiy bo‘lib,
asosan qon tomirlar uzluksiz bir-biriga davom etadi. A’zo ichidagi qon tomirlarni
o‘rganish natijasida ba’z a’zolar alohida bo‘laklardan va undan ham kichikroq qism-
segmentlardan tuzilganligini aniqlash mumkin. Segmentar tuzilish o‘pka, jigar,
bo‘yrak, taloq kabi a’zolarga mansubdir. Segment-nisbatan alohida qon bilan
ta’minlanadigan a’zoning qismiga aytilib operatsiya paytida butun a’zoni emas,
balki a’zoning bir qismini (segmentini) qirqib olib tashlashni ta’minlashi mumkin.
Arterial tomirlar birin-ketin mayda tomirlarga bo‘linar ekan nihoyat eng mayd
Angiologiya - tomirlar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, ular ichidan suyuqliklar harakat
qiladi. Odam organizmida uch hil: arterial, venoz va limfa tomirlari mavjud.
Tomirlar ichida harakat qiladiga qon-modda va gaz almashuvini ta’minlaydщi. Ichki
sekresiya bezlaridan ajralgan gormonlar ham qon orqali organizmga tarqaladi.
Arteriyalar-qonni yurakdan a’zolarga yo‘naltirsa, venalar-qonni a’zolardan yurak
tomonga harakatini ta’minlaydi. Arteriya qon tomirlaridan asosan arterial qon
(kislorod va oziqa moddalariga boy qon) oqadi. Lekin o‘pka arteriyasi (stvoli) va
embrionda bo‘ladigan kindik arteriasidan venoz qon oqadi . Aksincha vena qon
tomirlaridan ko‘pincha venoz qoni yo‘naladi. Lekin o‘pka venasi va embrionda
uchraydigan kindik venasi ichida kislorodga va oziqa moddalariga boy arterial qon
oqadi. Boshqacha qilib aytganda, yurakdan chiquvchi barch tomirlarga - arteriya va
yurakka kelib quyuvchi tomirlarga esa ven deyiladi (ichidagi oqayotgan qonni
sifatidan qat’iy nazar). Tomirlar tarmoqlangan sayin, ularning diametri kichrayadi,
devori yupqa tortib, strukturasi soddalashadi. Yurakka yaqin joylashgan qon
tomirlar devori katta bosim tasiriga chidamli bo‘lishi kerak, chunki aortadagi bosim
200 mm simob ustuniga teng. Shu sababli, bu qon tomirlar devorida elastik tolalar
ko‘p bo‘lib - elastik turkumidag qon tomirlar deyiladi. O‘rta va kichik qon
tomirlargacha bosim bi oz pasayadi. Natijada, qonning yo‘nalishi uchun qon tomir
devoridag muskullarning o‘zini ham qisqarishiga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shu sababli
yurakdan uzoqroqda joylashgan o‘rta va kichik qon tomirlard silliq muskul qavati
yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, muskul turkumidagi qon tomirlar deyiladi.
arterial tomir arteriolalar hosil bo‘ladi. Arteriolalar devorid bir qavat muskul
hujayralari bo‘ladi. O‘z navbatida arteriolala prekapillyarlarga bo‘linadi.
Prekapillyarlar esa ko‘plab kapillyarlarga parchalanadi. Kapillyarlar devorida
muskul hujayrasi uchramayd va faqat bir qavat endoteliy hujayrasidan tuzilgan
bo‘ladi. Kapillyarlar-postkapillyarlarga yig‘ilib, ular esa o‘z navbatida venulalarga
quyiladi. Shunday qilib, arterial qon tomirlarining bo‘linish natijasida mayda, soch
tolasining qalinligiga to‘g‘ri keladigan tomirchalar-kapillyarlar hosil bo‘ladi.
Kapillyarlarning ichki diametr 7-8 mkm ( 1 mikron = 0, 001 mm) bo‘lib, bu
ko‘rsatgich 2-12 mkm gach o‘zgarib turadi. Bunday holatda ba’zi kapillyarlar orqali
eritrotsitlar o‘ta oladi. Kichik diametrli kapillyarlardan esa faqat qo plazmasi oqadi.
Ba’zan esa kapillyarlar yopilib, u vaqtincha qon aylanishida ishtirok etmasligi
mumkin va ular kerak bo‘lganda ochili qon aylanishiga qo‘shilishi mumkin.
Kapillyarlar devori orqali kislorod va oziqa moddalari qondan a’zo to‘qimalariga
o‘tsa, karbona angidridi va modda almashuvi natijasida hosil bo‘lgan moddalarn
qabul qilib oladi. O‘pka kapillyarlari esa aksincha karbonat angidridini chiqarib,
kislorodni qabul qiladi. Buyrak birlamchi kapillyarlari esa modda almashuvi
natijasida hosil bo‘lgan moddalarni chiqaradi.
Kapillyar orqali ichki sekrksiya bezlari ishlab chiqargan gormonlar kerakli a’zo
va to‘qimalarga olib borishi natijasida organiz bir bo‘tunligi saqlanadi. Demak,
modda almashish faqat qondan to‘qimalar tomoniga bo‘lib qolmasdan, balki aks
tarafga qarab qam harakat qiladi. Buning uchun kapillyar devorini tashkil etgan
endoteliyhujayralari orasida mikroskopik tirqishlar bo‘ladi. Ichak, buyrak,endokrin
bezlarining kapillyari devoridagi tirqishlar 10 nm dan, 4 nm gacha bo‘ladi. Lekin
bosh miya, yurak, mushaklar, o‘pka, teri, qo‘shuvchi to‘qimalardagi kapillyar
devorida tirqishlar uchramaydi yoki jud kichik (10 nm gacha) ko‘rsatgichga ega. Bu
xollarda modda almashuv osmatik bosimning farqi asosida, fizikaviy-bioximik
hodisa asosida bajariladi. Aksincha jigar, taloq, suyakning ilik qismida kapillyarlar
devoridagi tirqishlar 100 nm dan oshadi.
Yuqorida keltirilgan mikrotomirlar sistemasi ayniqsa elliginchi yillarni
ikkinchi yarmida yaxshi o‘rganilgan bo‘lib mikrotomirla (mikrotsirqulyatsiya)
atamalari qo‘llanila boshlandi. Katta va kichik qon aylanish doirasidan tashqari
organizmda regionar qon aylani ham mavjuddir. Regionar qon aylanishni tushinish
uchun esa mikrosirkulyatsion qon aylanish bilan tanishish kerak.
Mikrosirkulyatsiya - bu qonning mikroskop ostida ko‘rinadigan qo tomirlar
ichidagi harakatiga aytiladi. Uning tarkibiy qismini arteriola, prekapillyarlar,
kapillyarlar, postkapillyarlar, venul tashkil etadi.
Qon tomirlar bo‘ylab yo‘nalayotgan qon, a’zo ichida kapillyarla orqali
yo‘nalsa, transkapillyarlar qon aylanish deyiladi.
Bundan tashqari yukstakapillyar (kapillyardan tashqari) qon aylanish mavjud
bo‘ladi. Bu hodisa arteriola va venulalar orasida ularni biriktirib turuvchi
anastomozlar (arteriula-venulyar) mavjudligidan kelib chiqadi. Bu anastomozlardan
qonning yo‘nalish uchun, prekapillyarlar devoridagi muskul hujayralarining
qisqarish shart bo‘ladi. Natijada ma’lum mikroskopik yuzadan qon kapillyarla orqali
emas, balki arteriola-venulyar anastomozlar orqali, nisbatan katta tezlikda va
nisbatan qisqa muddatda vena qon tomirlariga o‘tkaziladi. Bu jarayon a’zolardagi
kapillyarlarning ma’lum qismini vaqti-vaqti bilan "dam" olishini ta’minlaydi.
Aksincha a’zoning ish faoliyatini oshirishga muxtoj bo‘lganda arteriola-venulya
anastomozlar yopilib - qon "ortiqcha" kapillyarlar orqali yo‘naladi.
Ba’zi a’zolarda kapillyarlar ishtirok etadigan "ajoyib" to‘rla hosil bo‘ladi. Bu
holda arteriya bo‘linish yakunida kapillyarlarga bo‘linadi. Bu kapilyarlar birlashib,
yana arteriya hosil qiladi va "ajoyib" to‘r oddiy tomirlar sistemasidan (arteriya,
kapilyar, vena) far44 qiladi. "Ajoyib" to‘r buyrak kapillyar koptokchasi shaklida
uchraydi.
Arteriyalarning tarmoqlanish qonuniyatlari.
1. Qon tomirlar ko‘pincha organlarning zararli tashqi ta’siridan bir qadar
saqlangan ichki qismlarida yotadi.
Qon tomirlarning asosiy tarmoqlari - tananing bukuvchi muskullari joylashgan
tarafdan yo‘naladi. Bunday joylanish tananing sh sohasidagi masofaning qisqaligi
bilan tushuntirish mumkin. Miso uchun, agarda aorta umurtqa pog‘onasining old
tomonida emas, balk orqa tomonida joylashganda edi, tananing bukilishi natijasida
aort siqilib qon o‘tmay qolar edi.
2. Katta qon tomirlar qo‘l-oyoq suyaklarining miqdoriga mos ravishda
tarmoqlanadi va pirovardida yoysimon tuzilishga ega bo‘ladi.
Misol uchun, yelka va son sohalarida bittadan suyak bo‘lgani uchu bittadan
asosiy arteriyalar bo‘lib, bilak va boldir sohalarida suyaklarga mos ravishda
ikkitadan qon tomirlarga bo‘linadi.
3. Erkin harakat qilishga moslangan bo‘g‘imlar sohasida tomirlar: to‘rlar va
birlashmalarni (anastomozlar) tashkil etadi.
4. A’zolarga yo‘nalayotgan qon tomirlarning hajmi va qalinlig - a’zoning hajmi
emas, balki bajaradigan vazifasiga mos ravishd bo‘ladi. Misol: buyrak arteriyasining
ichki diametri, ichakning qo tomirlarining diametriga teng. Qalqonsimon bez qon
tomirlari hiqildoqni qon bilan ta’minlaydigan tomirlardan bir necha marotab katta
bo‘ladi. Bir gramm a’zoga oqib kelayotgan qonning miqdorini taqqoslanganda, qon
bilan eng yaxshi ta’minlanadigan a’zo - bu qalqonsimon bez va bosh miya bo‘lib
hisoblanadi. Qo‘l va oyoq qonsizlikka soatgacha o‘zgarishsiz chidashi mumkin.
Bosh miya esa, yurak bir qisqarishi davomida qonsiz qolsa - odam xushidan ketishi
mumkin.
5. Qon tomirlar a’zoning taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun,
tomirlarning a’zolar ichidagi tarmoqlanishi va tuzilishi sh a’zoning shakliga va
bajaradigan vazifasiga mos bo‘ladi.
6. Ko‘pchilik qon tomirlar, embrionning rivojlanishi davrid nervlar bilan birga
rivojlanib, ular bilan yonma-yon yo‘naladi v nerv, qon-tomir tutamini hosil qiladi.
7. Taraqqiyot jarayonida hosil bo‘lgan bo‘shliqlar devori va bo‘shliq ichidagi
a’zolar - alohida qon tomir bilan ta’minlanadi. Sh sababli parietal va visseral
tarmoqlarga bo‘linadi. Misol uchun,ko‘krak aortasi, qorin aortasi, ichki yonbosh
arteriyalarining tarmoqlari.
8. Odam tanasi taraqqiyot paytida segmentar tuzilishga eg bo‘lganidan -
segmentar qon bilan ta’minlanish saqlanadi. Miso uchun, qovurg‘alararo qon
tomirlar, bel qon tomirlari va hokazo.
9. A’zolarga qon eng qisqa yo‘l bilan keladi. Qon tomirlarining
tarmoqlanishida eng yaqin tarmoq bilan ozuqalanish qonuniyat saqlanib qoladi. Shu
sababdan aortadan chiqayotgan birinchi qon tomi yurakning devorini ta’minlaydi.
Lekin a’zolarni qon bilan ta’minlashdagi bu qonuniyat embrional taraqqiyot
davridagi holatiga mansub bo‘lib, a’zo taraqqiyot davomida boshqa joyga ko‘chsa
ham, rivojlanayotganda oziqlangan qon tomirlarini saqlab qoladi. Misol uchun, bel
sohasida taraqqiy etga moyak, yorg‘oq ichida joylashsa ham, qorin aortasidan
chiqayotgan tarmoq bilan ta’minlanadi. Yorg‘oq esa son arteriyasining tarmog‘i
bilan ta’minlanadi.
10. Qon tomirlar bo‘g‘imlardan o‘tadigan joylarda bir munch yuzada yotadi
(bunday joylarda pulsni tekshirish mumkin).
11. Arteriyalar bir-biri bilan shoxchalar orqali birlashadi, ya’ni bir-biri bilan
bog‘lanadi. Yirik stvollarni bir-biriga bevosit qo‘shib turuvchi shoxchalarga
anastomozlar deyiladi (umurtqa pog‘onas arteriyalarining bosh miya asosida bir-
biriga o‘tishi, me’da, ichak, qo‘l, oyoq panjalaridagi arteriyalarning bir-biriga
qo‘shilishi miso bo‘la oladi).
Odam gavdasining ba’zi sohalarida anastomozlar ayniqsa yaxsh takomil
etgandir va shuning natijasida murakkab to‘rlar vujudga keladi. Qo‘l va oyoq
bo‘g‘imlarining dorzal yuzalarida shunday to‘rla mavjuddir.
12. Asosiy stvoldan chiqib, u bilan bir qadar nariga boruvch yon tarmoqlarni -
kollaterallar deyiladi.
Masalan: tana, qo‘l va oyoqlardagi asosiy arterial yo‘llarga paralel holda
anastomozlar yotadi. Odatdagi normal sharoitda b anastomozlarning diametri bir
muncha kichik bo‘ladi. Kollatera anastomozlar organning qon bilan ta’minlanishi
buzilganda, xatti yirik arteriyalardan qon bormay qolganda (arteriyalar bog‘lab
qo‘yilganda, yoki ularning teshigiga tromb tiqilganda), asosiy stvolda qon kelishi
bo‘tunlay to‘xtashiga qaramay, gavdaning muayyan sohasi odatda nobud bo‘lmaydi.
Buning sababi shuki, qon asosiy stvolinin bog‘langan joydan pastroqdagi
kollaterallar orqali o‘tadi. Kollaterallarning diametri sekin asta kattalashadi. Odatda
ingichka bo‘lga arteriyalardan yirik stvollar takomil etadi va shunga yarasha ularnin
devori ham o‘zgaradi (qalinlashadi). Agar tomirlar bir-biri bila bir tekislikda
birlashmay, barcha tekisliklarda birlashsa - chigallar hosil bo‘ladi.
Kollateral qon tomirlarini xirurgiya praktikasida (ayniqs ular jarohatlanganda)
katta ahamiyati bor. Chunki katta magistra tomirlar jarohatlansa (kesilsa, uzilsa) shu
jarohat yonlama (kollateral) tomir chiqishidan oldin yoki keyin bo‘lishiga qarab
qo‘l-oyoqn ampo‘tatsiya qilish yoki qilmasligi hal bo‘ladi.
Arteriyalarning taraqqiyoti.
Filogenezda suvda yashovchi hayvonlarda jabralar bo‘lib, quruqlikda
yashovchi hayvonlarda o‘pkaning hosil bo‘lishi natijasida: kichi qon aylanish doirasi
hosil bo‘ladi. Qon tomirlar taraqqiyoti (ontogenez) filogenetik taraqqiyotni qisqa
muddat ichida qaytarib o‘tadi. Taraqqiyotning boshlang‘ich davrida chap
qorinchadan arteriya stvol (truncus arteriosus) yo‘naladi. Bu stvol ikkita ventral
aortag bo‘linadi. Har bir ventral aortadan yon tarafga 6 juft aorta ravoqlari ajraladi.
Bu ravoqlarning dorzal qismi esa dorzal aort stvolini hosil etadi. Har ikki tarafdagi
dorzal aortalar yaqinlashib, pastki uchi bilan qo‘shiladi va toq tushuvchi aortani
tashkil etadi.
Truncus arteriosus frontal to‘siq vositasida bo‘linib, old tarafda joylashgan
o‘pka stvoliga va orqa tarafda ko‘tariluvchi aortag ajraladi.
6 - nchi aortal jabra ravog‘i o‘pka stvoli bilan qo‘shilgan bo‘lib, o‘pk
arterialariga aylanadi. Chap tarafdan 6 ravoq dorzal aorta bila aloqasini saqlab qoladi
va ductus arteriosusga aylanadi. 1, 2, aortal jabra ravoqlari atrofiyaga uchraydi. Chap
tarafdagi 4 aorta jabra ravog‘i, qisman shu tarafdagi ventral aorta va qisman cha
dorzal aorta bilan birgalikda - aorta ravog‘ini hosil etadi. O‘n tarafdagi 4 aortal jabra
ravog‘i - o‘ng o‘mrov osti arteriyasiga aylanadi.
3 aortal jabra ravog‘i va dorzal aortaning shu ravoqlarda yuqorigi qismi, har
ikki tarafda ichki uyqu arteriyalarini hosil etadi. O‘ng ventral aortaning 4 ravoqdan
ostki qismi - o‘ng yelka kalla stvoli truncus brachiocepholicus ga aylanadi. Shu
sohadag o‘ng ventral aorta qismi - aorta ravog‘ini hosil etishda qatnashadi.
3 va 4 ravoqlar orasidagi ventral aortaning qismi, har ikkala tarafda umumiy
uyqu arteriyasini tashkil etadi. 3 ravoqdan yuqorig ventral aorta qismi - tashqi uyqu
arteriyasini hosil etadi. O‘ng tarafdagi dorzal aortaning 3 ravoqdan pasti, chap
tarafda esa 3 va ravoqlar orasidagi dorzal aorta qismi atrofiyaga uchraydi.
Yurak - cor.
Yurak - cor to‘rt kamerali a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasidagi oldingi ko‘ks
oralig‘ida joylashadi. Yurakning uchi - apex cordis pastga va oldinga yo‘nalgan
bo‘lib, yurakning asosi - basis cordis yuqorida va biroz orqaroqda joylashadi.
Yurakning oldingi yuzas - facies sternocostalis - to‘sh va qovurg‘a suyaklariga
qaragan, pastki yuzasi diafragmaga tegib turganligi uchun - facies diaphragmatica
deyiladi.
Yurakning to‘rt kamerasi : 2-ta bo‘lmacha - atrium dextrum e sinistrum; hamda
2-ta qorincha - ventriculus dexter et siniste qismlari bo‘ladi. Har ikkala bo‘lmacha
orasida to‘siq - septum interatriale bo‘ladi. Har ikkala qorinchalar orasida ham to‘siq
bo‘lib, septum interventriculare deyiladi. Bo‘lmachalar orasidagi to‘siqda
chuqurcha - foss ovalis bo‘lib, embrion taraqqiyoti davridagi foramen ovale teshig
sohasiga to‘g‘ri keladi.
O‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha orasida qon o‘tadigan tirqish ostium
atrioventriculare dextrum bo‘ladi. Chap bo‘lmacha bilan cha qorincha orasida ham
qon o‘tadigan tirqish - ostium atrioventriculare sinistrum bo‘ladi. Bu tirqishlardan
qon faqat qorincha tomon yo‘naladi. Chunki o‘ng tirqish sohasida uch tabaqali
klapan - valva atrioventricularis dextra seu valva tricuspidalis joylashadi. Chap
tirqish sohasida esa ikki tabaqali klapan - valva atrioventricularis sinistra seu valva
bicuspidalis (mitralis) joylashadi. Bu klapanlarning qorinchaga qaragan yuzasiga
paysimon ipchalar - chorda tendineae birikkan bo‘ladi. Ipchalarning ikkinchi uchi,
qorincha devorining ichki yuzasidagi so‘rg‘ichsimon mushaklarga - musculi
papillareslarga birikadi.
O‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‘iga yuqori kavak venasi - vena cava superio va pastki
kavak venasi vena cava inferior lar ochiladi.
Pastki kavak venasining quyilish sohasida yurakning ichki qavatining
o‘simtasidan hosil bo‘lgan klapan - valvula venae cavae inferioris joylashadi.
O‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‘iga yurakning xususiy venalari ham - sinu coronarius
cordis sifatida quyiladi. Qo‘shimcha ravishda yurakning xususiy kichik venalari -
foramina venarum minimarum teshiklari vositasida o‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‘iga
quyiladi. O‘ng qorincha bo‘shlig‘idan qo o‘pka savoliga - truncus pulmonalis ga
yo‘naladi. O‘pka stvolinin teshigi - ostium trunci pulmonalis - sohasida, yurak ichki
qavatining o‘simtalaridan hosil bo‘lgan klapanlar - valva trunci pulmonalis
joylashadi. Klapanlar qonni o‘ng qorinchaga qaytishiga to‘sqinli qilib, faqat o‘pkaga
yo‘nalishini ta’minlaydi.
Chap bo‘lmachaga o‘pka venasi - venae pulmonalis - quyiladi. O‘n
qorinchadan boshlangan truncus pulmonalis, o‘pka ishtirokida chap bo‘lmachaga
quyiladigan venae pulmonalis doirasi - kichik qon aylani doirasi - circulis sanguinis
minor deyiladi. Chap qorinchadan es aorta qon tomiri boshlanadi. Aortaning
boshlanish qismidagi teshi sohasida yarimoysimon aorta klapani - valva semilunaris
aorta joylashadi. Bu aorta klapani uchta yarimoysimon tabaqalardan - valvula
semilunaris posterior, valvulae semilunaris dextra et sinistralardan hosil bo‘ladi.
Yurak devori uch qavat to‘qimadan tashkil topgan. Tashqi qavatda,yurak
xaltasi perikardning visseral varag‘idan hosil bo‘lga epikard epicardium to‘qimasi
bo‘ladi. Yurak devorining eng qali qismi mushak to‘qimalaridan hosil bo‘lib, bu
o‘rta qavatni miokar myocardium deyiladi. Bo‘lmachalar mushak qavati alohida
guruh kardiomiotsitlardan iborat. Yurak qorinchalari ham alohida mushak guruhidan
hosil bo‘ladi. Shu sababli yurakning har bir bo‘limi alohid qisqarish xususiyatiga
ega bo‘ladi. Bo‘lmachalardagi mushaklar ikki qavatdan iborat bo‘lib, tashqi qismida
bo‘ylama mushak tolalari joylashadi.
Qorinchalar sohasidagi mushaklar uch qavatdan iborat bo‘ladi. Tashqi va ichki
qavatda bo‘ylama mushak to‘qimalari joylashsa, o‘rta qavatni esa har bir qorincha
uchun alohida bo‘lgan xalqasimon musha to‘qimalari joylashadi.
Yurakning ichki yuzasi qo‘shuvchi to‘qimadan hosil bo‘lgan endokard
endocardium qavati qoplab turadi. Bu qavatning o‘simtalar yurak klapanlarini hosil
etadi.
Yurakning o‘tkazuv yo‘llari.
Yurak mushaklarini harakatga keltiradigan xususiy o‘tkazuv yo‘llari bo‘ladi.
Bu yo‘llar nerv va mushak to‘qimalaridan hosil bo‘lib,nerv hujayralari va nerv
o‘simtalaridan tashkil topadi. Nerv xujayralari - yurak o‘tkazuv yo‘llarining
tugunlarini hosil etadi.
1. Sino-atrial tugun - nodus sinoatrialis - nerv hujayrala tuguni bo‘lib, o‘ng
bo‘lmacha devorida joylashadi.
2. Bo‘lmacha - qorincha orasidagi tugun - nodus atrioventricularis - o‘ng
bo‘lmachaning qorinchaga o‘tish sohasida joylashadi.
O‘z navbatida bu tutamlar qorinchalar sohasida ikki oyoqchaga : cru dextrum et
sinistrum larga ajraladi.
Yurakni arterial qon tomirlari ko‘tariluvchi aortadan - aorta ascendens dan
ajraladi. Yurak arteriyalari o‘ng va chap toj arteriyalar - a. a. coronaria dextra et
sinistra deb ataladi.
Yurakning venoz qoni esa xususiy venoz tomirlarga - sinus coronarius cordis
ga yig‘ilib, venoz sinus tomiri o‘ng bo‘lmachaga ochiladi. Yurakning qo‘shimcha
vena qon tomirlari ham bo‘lib ular o‘ng qorincha bo‘shlig‘iga ochiladi. Bu venalar
v. v. cordis anteriores ,v. v. cordis minimae deb ataladi.
Aorta -aorta.
Odamning arteriya qonini tarqatadigan asosiy qon tomir bo‘li hisoblanadi.
Yurakning chap qorinchasidan chiqib, o‘zaro tutashgan (davom etadigan) uch
Bu tugun hujayralarining o‘simtasi fasciculus atrioventricularis (Giss -
tutamlari) ni hosil etib qorinchalarga davom etadi.
qismga : ko‘tariluvchi aorta ascendens ga,aorta ravog‘iga arcus aortae, tushuvchi
aortaga aorta descendens g bo‘linadi.
Arterial naycha ductus arteriosus yoki Botalov naychasi - xomila taraqqiyoti
davrida o‘pka arteriyasini tushuvchi aorta bilan qo‘shib turadi va oldingi ko‘ks
oralig‘i bo‘shlig‘ida joylashadi. Bola tug‘ilganidan so‘ng (3-5 kunlarda) arterial
naycha puchayadi keyingi 3- oylarda arterial boylam ligamentum arteriosum ga
aylanadi.
Katta qon aylanish doirasining arteriyalari.
Aorta aorta - yurakning chap qorinchasidan chiqib, eng katt arteriya bo‘lib
hisoblanadi. Aortada uch bo‘lim tafovut etilib, unin ko‘tariluvchi qismi - pars
ascendens aortae; aorta yoyi - arcus aortae; pastga tushuvchi qismi - pars descendens
aortae tafovut etiladi.
Ko‘tariluvchi aorta - aortae ascendens dan yurakni arterial qo bilan
ta’minlovchi tojsimon arteriyalar - a. coronariae dextra e sinistra chiqadi. Bu
tojsimon arteriyalar aortaning yarimoysimo klapanlarining ostidan boshlanadi.
Aorta yoyi - arcus aortae dan : o‘ng tarafda yelka - bo‘yi stvoli - truncus
brachiocephalicus; chap tarafdagi umumiy uyqu arteriyasi - a. carotis communis
sinistra; chap tarafdagi o‘mrov ost arteriyasi - a. subclavia sinistra ajraladi.
Bo‘yin-yelka stvoli - truncus brachiocephalicus dan qalqonsimon bezni
arteriyasi - a. thyroidea ima ajralganidan so‘ng, bo‘yin-yelka stvoli ikkiga : o‘ng
umumiy uyqu arteriyasi - a. caroti communis dextra va o‘ng o‘mrov osti arteriyasi -
a. subclavia dextr ga bo‘linadi.
Umumiy uyqu arteriyalari - a. carotis communis - tashqi uyq arteriyasi - a.
carotis yexterna va ichki uyqu arteriyasi - a. caroti interna larga bo‘linadi.
Tashqi uyqu arteriyasi.