Yurak. Umumiy uyqu arteriyasi

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

32,3 KB


 
 
 
 
Yurak. Umumiy uyqu arteriyasi 
 
Yurak, cor - mushakdan tuzilgan qon aylanish tizimining markaziy a’zosi 
bo’lib ko’krak qafasida oldingi ko’ks oralig’ining pastki qismida joylashgan. Yon 
va qisman old tomondan plevra bilan qoplangan oldingi qismi esa to’sh suyagi va 
qovurg’a tog’aylariga tegib turadi. Yurakning uchdan ikki qismi o’rta chiziqdan 
chaproqdan, uchdan bir qismi o’ngroqdan joy olgan. O’rtacha og’irligi erkaklarda 
300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 10-15 sm, ko’ndalang o’lchami 9-11 sm, oldingi-
orqa o’lchami 6-8 sm bo’ladi Yurakning vertikal o’qi yuqoridan pastga tomon 
o’ngdan chapga va orqadan oldinga qarab qiyshiq yo’nalgan bo’ladi. 
Yuqori chegarasi- o’ng va chap uchinchi qovurg’a tog’aylari yuqori 
chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. 
O’ng chegarasi- o’ng uchinchi qovurg’a tog’ayi yuqori chekkasidan 
boshlanib to’sh suyagidan 1-2 sm o’ng tomonidan pastga yo’nalib beshinchi 
qovurg’a tog’ayigacha davom etadi. 
Pastki chegarasi – o’ng tomonda beshinchi qovurg’a tog’ayidan yurak 
uchigacha o’tgan chiziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovurg’a oralig’ida o’rta 
o’mrov chizig’idan 1-1,5 sm ichkarida yotadi.  
Chap chegarasi- uchinchi qovurg’a tog’ayining yuqori chekkasidan 
boshlanib to’sh yon va o’rta o’mrov chizig’i o’rtasi bo’ylab yurak uchigacha davom 
etadi. 
Tashqi tomondan qaralganda yurakning quyidagi qismlari farqlanadi: 
- yurak uchi - apex cordis. 
- yurak asosi - basis cordis. 
- oldingi to’sh-qovurg’a yuzasi - facies sternocostalis. 
- diafragma yuzas - facies diaphragmatica. 
Logotip
Yurak. Umumiy uyqu arteriyasi Yurak, cor - mushakdan tuzilgan qon aylanish tizimining markaziy a’zosi bo’lib ko’krak qafasida oldingi ko’ks oralig’ining pastki qismida joylashgan. Yon va qisman old tomondan plevra bilan qoplangan oldingi qismi esa to’sh suyagi va qovurg’a tog’aylariga tegib turadi. Yurakning uchdan ikki qismi o’rta chiziqdan chaproqdan, uchdan bir qismi o’ngroqdan joy olgan. O’rtacha og’irligi erkaklarda 300 g, ayollarda 250 g, uzunligi 10-15 sm, ko’ndalang o’lchami 9-11 sm, oldingi- orqa o’lchami 6-8 sm bo’ladi Yurakning vertikal o’qi yuqoridan pastga tomon o’ngdan chapga va orqadan oldinga qarab qiyshiq yo’nalgan bo’ladi. Yuqori chegarasi- o’ng va chap uchinchi qovurg’a tog’aylari yuqori chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. O’ng chegarasi- o’ng uchinchi qovurg’a tog’ayi yuqori chekkasidan boshlanib to’sh suyagidan 1-2 sm o’ng tomonidan pastga yo’nalib beshinchi qovurg’a tog’ayigacha davom etadi. Pastki chegarasi – o’ng tomonda beshinchi qovurg’a tog’ayidan yurak uchigacha o’tgan chiziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovurg’a oralig’ida o’rta o’mrov chizig’idan 1-1,5 sm ichkarida yotadi. Chap chegarasi- uchinchi qovurg’a tog’ayining yuqori chekkasidan boshlanib to’sh yon va o’rta o’mrov chizig’i o’rtasi bo’ylab yurak uchigacha davom etadi. Tashqi tomondan qaralganda yurakning quyidagi qismlari farqlanadi: - yurak uchi - apex cordis. - yurak asosi - basis cordis. - oldingi to’sh-qovurg’a yuzasi - facies sternocostalis. - diafragma yuzas - facies diaphragmatica.
- o’ng va chap o’pka yuzalari facies pulmonalis dextra et sinistra. 
Yurak 4 kameradan tashkil topgan bo’lib, yuqorida o’ng va chap bo’lmacha, 
undan pastda o’ng va chap qorincha joylashgan. Yurak tashqi tomonida bo’lmacha 
va qorinchalar o’rtasidan tojsimon egat - sulcus coronaries, qorinchalar o’rtasidan 
qorinchalararo oldingi va orqa egat - sulcus interventricularis anterior et posterior 
o’tgan. Qorinchalararo egatlar yurak cho’qqisida o’zaro qo’shilib yurak uchi 
o’ymasi - incisura apicis cordisni hosil qiladi.Yurak kameralari ichki tomondan 
bo’lmachalararo to’siq - septum interatriale va qorinchalararo to’siq - septum 
interventricularae yordamida ajralib turadi. Qorinchalararo to’siq pardali qism - 
pars membranacea va mushakli qism - pars muscularisdan tashkil topgan. Yurak 
bo’lmachalari va qorinchalari o’rtasida o’ng va chap bo’lmacha-qorincha tirqishi - 
ostium atrioventricularae dextrum et sinistrum mavjud. Avvaliga yurakning vena 
qon tomirlari orqali bo’lmachalar qonga to’ladi, bo’lmacha-qorincha tirqishi orqali 
bo’lmachalardagi qon qorinchalarga o’tkaziladi. So’ngra qorinchalardagi qon 
ulardan chiquvchi yurak arteriya qon tomirlari orqali butun tana bo’ylab tarqaladi. 
O’ng bo’lmacha, atrium dextrum - devorining qalinligi 2-3 mm ichki yuzasi 
silliq. O’ng bo’lmacha bo’shlig’i oldingi yuzasida joylashgan o’ng quloqcha - 
auricula dextra hisobiga kengaygan bo’lib uning ichki yuzasida taroqsimon mushak 
- mm. pectinati tutamlari mavjud. O’ng bo’lmachaga yuqori va pastki kovak vena 
tirqishi - ostium venae cavae superior et inferior ochiladi. Pastki kovak vena tirqishi 
va o’ng bo’lmacha-qorincha tirqishi o’rtasida tojsimon vena tirqishi - ostium sinus 
coronaries  va uning tojsimon vena qopqog’i valvula sinus coronaria joylashgan. 
Tojsimon vena tirqishi yoniga mayda yurak vena teshiklari foramina venorum - 
minimarium ochiladi. Bo’lmachalararo to’siqda oval chuqurcha - fossa ovalis 
mavjud bo’lib u homila davridagi bol’machalararo qon aylanishini ta’minlab 
beruvchi ovalsimon teshikning tug’ruqdan keyin yopilishi natijasi hosil bo’ladi. 
Bundan tashqari pastki kovak vena qopqog’i - valvula venae cavae inferioris ham 
homila davrida shakllangan bo’lib qonning o’ng bo’lmachadan chap bo’lmachaga 
oval teshik orqali yo’nalishini ta’minlab beradi. 
Logotip
- o’ng va chap o’pka yuzalari facies pulmonalis dextra et sinistra. Yurak 4 kameradan tashkil topgan bo’lib, yuqorida o’ng va chap bo’lmacha, undan pastda o’ng va chap qorincha joylashgan. Yurak tashqi tomonida bo’lmacha va qorinchalar o’rtasidan tojsimon egat - sulcus coronaries, qorinchalar o’rtasidan qorinchalararo oldingi va orqa egat - sulcus interventricularis anterior et posterior o’tgan. Qorinchalararo egatlar yurak cho’qqisida o’zaro qo’shilib yurak uchi o’ymasi - incisura apicis cordisni hosil qiladi.Yurak kameralari ichki tomondan bo’lmachalararo to’siq - septum interatriale va qorinchalararo to’siq - septum interventricularae yordamida ajralib turadi. Qorinchalararo to’siq pardali qism - pars membranacea va mushakli qism - pars muscularisdan tashkil topgan. Yurak bo’lmachalari va qorinchalari o’rtasida o’ng va chap bo’lmacha-qorincha tirqishi - ostium atrioventricularae dextrum et sinistrum mavjud. Avvaliga yurakning vena qon tomirlari orqali bo’lmachalar qonga to’ladi, bo’lmacha-qorincha tirqishi orqali bo’lmachalardagi qon qorinchalarga o’tkaziladi. So’ngra qorinchalardagi qon ulardan chiquvchi yurak arteriya qon tomirlari orqali butun tana bo’ylab tarqaladi. O’ng bo’lmacha, atrium dextrum - devorining qalinligi 2-3 mm ichki yuzasi silliq. O’ng bo’lmacha bo’shlig’i oldingi yuzasida joylashgan o’ng quloqcha - auricula dextra hisobiga kengaygan bo’lib uning ichki yuzasida taroqsimon mushak - mm. pectinati tutamlari mavjud. O’ng bo’lmachaga yuqori va pastki kovak vena tirqishi - ostium venae cavae superior et inferior ochiladi. Pastki kovak vena tirqishi va o’ng bo’lmacha-qorincha tirqishi o’rtasida tojsimon vena tirqishi - ostium sinus coronaries va uning tojsimon vena qopqog’i valvula sinus coronaria joylashgan. Tojsimon vena tirqishi yoniga mayda yurak vena teshiklari foramina venorum - minimarium ochiladi. Bo’lmachalararo to’siqda oval chuqurcha - fossa ovalis mavjud bo’lib u homila davridagi bol’machalararo qon aylanishini ta’minlab beruvchi ovalsimon teshikning tug’ruqdan keyin yopilishi natijasi hosil bo’ladi. Bundan tashqari pastki kovak vena qopqog’i - valvula venae cavae inferioris ham homila davrida shakllangan bo’lib qonning o’ng bo’lmachadan chap bo’lmachaga oval teshik orqali yo’nalishini ta’minlab beradi.
O’ng qorincha, ventriculus dexter - devorining qalinligi 5-8 mm bo’lib 
teskari piramida shaklida. O’ng bo’lmacha-qorincha tirqishida uchta tabaqali klapan 
- valva tricuspidalis mavjud. Klapan uchburchak shaklidagi mambranadan iborat 
bo’lib. oldingi, orqa va to’siq tabaqalari - cuspis anterior posterior et septalisdan 
tashkil topgan. Uning asosi tirqishni o’rab turuvchi fibroz halqaga birikkan, erkin 
chekkalari qorincha bo’shlig’i tomonga qaragan. O’ng qorinchada uch guruh 
oldingi, orqa va to’siqqa oid so’rg’ichsimon mushaklar - mm. papillares anterior, 
posterior et septales mavjud bo’lib bu mushaklardan boshlangan paysimon ipchalar 
,chordae tendineae, yonma-yon tabaqalarning erkin chekkasi bo’ylab birikadi. O’ng 
bo’lmacha qisqarganida qon bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha 
devoriga qarab ochiladi. Qorinchalar qisqarganida esa qopqoq tabaqalarining erkin 
chekkalari yopiladi va paysimon ipchalar tortilib tabaqalarning bo’lmacha tomon 
ochlishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada o’ng qorinchadagi qon o’pka poyasi teshigi - 
ostium trunci pulmonalis orqali yuqoriga o’pka poyasi , truncus pulmonalisga 
yo’naladi. O’pka poyasi teshigida o’pka poyasi klapani , valva trunci pulmonalis 
mavjud bo’lib u oldingi, o’ng va chap yarimoysimon qopqoqlar - valvula 
semilunaris anterior, dextra et sinistradan tashkil topgan. Qopqoqlarning qavariq 
yuzasi o’ng qorinchaga, botiq yuzasi va erkin chekkalari o’pka poyasi bo’shlig’iga 
qaragan. Har bir yarimoysimon qopqoq uchki qismida tugunchalar - nodulus valvula 
semilunaris mavjud bo’lib ular birgalikda klapan zich yopilishini ta’minlaydi. 
Qorinchalar qisqarganida yarimoysimon qopqoqlar qon bosimi ta’sirida o’pka 
poyasi devoriga qarab ochiladi, qorinchalar bo’shashganida esa, orqaga qaytgan qon 
yarimoysimon qopqoqlar botiq yuzasiga ta’sir etib ularni yopadi.  
Chap bo’lmacha ,atrium sinistrum, -  oldingi  yuzasida joylashgan chap 
quloqcha ,auricula sinistra, hisobiga chap bo’lmacha bo’shlig’i kengaygan. 
Bo’lmacha ichki yuzasi silliq, quloqcha ichida taroqsimon mushaklar mavjud. Chap 
bo’lmachaga yuqori va orqa tomondan to’rtta o’pka venalari teshigi, ostia venarum 
pulmonatium ochiladi. 
Chap qorincha ,ventriculus sinister,- asosi yuqoriga qaragan konus shaklida. 
Chap atrioventrikular tirqishda ikki tabaqali klapan, valve atrioventricularis sinistra 
Logotip
O’ng qorincha, ventriculus dexter - devorining qalinligi 5-8 mm bo’lib teskari piramida shaklida. O’ng bo’lmacha-qorincha tirqishida uchta tabaqali klapan - valva tricuspidalis mavjud. Klapan uchburchak shaklidagi mambranadan iborat bo’lib. oldingi, orqa va to’siq tabaqalari - cuspis anterior posterior et septalisdan tashkil topgan. Uning asosi tirqishni o’rab turuvchi fibroz halqaga birikkan, erkin chekkalari qorincha bo’shlig’i tomonga qaragan. O’ng qorinchada uch guruh oldingi, orqa va to’siqqa oid so’rg’ichsimon mushaklar - mm. papillares anterior, posterior et septales mavjud bo’lib bu mushaklardan boshlangan paysimon ipchalar ,chordae tendineae, yonma-yon tabaqalarning erkin chekkasi bo’ylab birikadi. O’ng bo’lmacha qisqarganida qon bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha devoriga qarab ochiladi. Qorinchalar qisqarganida esa qopqoq tabaqalarining erkin chekkalari yopiladi va paysimon ipchalar tortilib tabaqalarning bo’lmacha tomon ochlishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada o’ng qorinchadagi qon o’pka poyasi teshigi - ostium trunci pulmonalis orqali yuqoriga o’pka poyasi , truncus pulmonalisga yo’naladi. O’pka poyasi teshigida o’pka poyasi klapani , valva trunci pulmonalis mavjud bo’lib u oldingi, o’ng va chap yarimoysimon qopqoqlar - valvula semilunaris anterior, dextra et sinistradan tashkil topgan. Qopqoqlarning qavariq yuzasi o’ng qorinchaga, botiq yuzasi va erkin chekkalari o’pka poyasi bo’shlig’iga qaragan. Har bir yarimoysimon qopqoq uchki qismida tugunchalar - nodulus valvula semilunaris mavjud bo’lib ular birgalikda klapan zich yopilishini ta’minlaydi. Qorinchalar qisqarganida yarimoysimon qopqoqlar qon bosimi ta’sirida o’pka poyasi devoriga qarab ochiladi, qorinchalar bo’shashganida esa, orqaga qaytgan qon yarimoysimon qopqoqlar botiq yuzasiga ta’sir etib ularni yopadi. Chap bo’lmacha ,atrium sinistrum, - oldingi yuzasida joylashgan chap quloqcha ,auricula sinistra, hisobiga chap bo’lmacha bo’shlig’i kengaygan. Bo’lmacha ichki yuzasi silliq, quloqcha ichida taroqsimon mushaklar mavjud. Chap bo’lmachaga yuqori va orqa tomondan to’rtta o’pka venalari teshigi, ostia venarum pulmonatium ochiladi. Chap qorincha ,ventriculus sinister,- asosi yuqoriga qaragan konus shaklida. Chap atrioventrikular tirqishda ikki tabaqali klapan, valve atrioventricularis sinistra
bicuspidalis, mavjud bo’lib u Mitral klapan deb ham nomlanadi. U oldingi va orqa 
tabaqalar, cuspus anterior et posteriordan iborat. Chap qorinchaning ichki devorida 
ko’p sonli mushak trabekulalari hamda odingi va orqa so’rg’ichsimon mushaklar, 
mm. papillaris anterior et posterior, mavjud. Ularning paysimon ipchalari qopqoq 
tabaqalari erkin chekkasi bo’ylab birikadi. Mitral klapanning medial tomonida aorta 
teshigi, ostium aorticum , va aorta klapani, valva aorta, joylashgan. Aorta klapani 
orqa, o’ng va chap yarimoysimon qopqoqlar, valvula semilunaris posterior, dexter 
et sinisterdan, tashkil topgan. Qopqoqlar va aorta devori o’rtasida aorta 
bo’shligi,sinus aortae, mavjud. Aorta qopqog’lari o’pka poyasinikiga nisbatan qalin 
va tugunlari kattaroq bo’ladi. 
 
Yurak devori uch qavatdan iborat.  
I.Ichki yupqa endokard, endocardium, yurak kameralarini ichki tomondan 
qoplaydi. Yurak klapanlari, pastki kovak vena va tojsimon vena qopqoqlari 
endokard duplikaturasidan hosil bo’ladi.  
II.O’rta 
qavat 
miokard, 
myocardium, 
yurakning 
ko’ndalang-targ’il 
mushagidan tuzilgan bo’lib, ularning qisqarishi odam ixtiyoridan tashqari bo’lishi 
bilan skelet mushaklaridan farqlanadi. Yurak mushak hujayralarining o’zaklari 
markazda joylashib o’zaro sintistiylar yordamida birikib mushak to’rini hosil qiladi. 
Bo’lmacha va qorinchalar miokardi o’zaro tutashmagan. Ular o’ng va chap 
atrioventrikular tirqishni o'ragan fibroz halqalar, annuli fibrosidan boshlanadi. 
Bo’lmachalar miokardi ikki qavatdan iborat: 
1) Yuza qavat - ikkala bo’lmacha uchun umumiy ko’ndalang tolalardan 
tashkil topgan bo’lib yurak venalarini o’rab turadi. 
2) Chuqur qavat - har bir bo’lmacha uchun alohida bo’ylama tolalaridan iborat  
bo’lib fibroz halqadan boshlanadi.  
Qorinchalar miokardi turli yo’nalishdagi uch qavatdan iborat: 
1) Tashqi qiyshiq qavat - fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak 
girdobi,vortex cordisni hosil qiladi va ichki bo’ylama qavatga o’tib ketadi. 
Logotip
bicuspidalis, mavjud bo’lib u Mitral klapan deb ham nomlanadi. U oldingi va orqa tabaqalar, cuspus anterior et posteriordan iborat. Chap qorinchaning ichki devorida ko’p sonli mushak trabekulalari hamda odingi va orqa so’rg’ichsimon mushaklar, mm. papillaris anterior et posterior, mavjud. Ularning paysimon ipchalari qopqoq tabaqalari erkin chekkasi bo’ylab birikadi. Mitral klapanning medial tomonida aorta teshigi, ostium aorticum , va aorta klapani, valva aorta, joylashgan. Aorta klapani orqa, o’ng va chap yarimoysimon qopqoqlar, valvula semilunaris posterior, dexter et sinisterdan, tashkil topgan. Qopqoqlar va aorta devori o’rtasida aorta bo’shligi,sinus aortae, mavjud. Aorta qopqog’lari o’pka poyasinikiga nisbatan qalin va tugunlari kattaroq bo’ladi. Yurak devori uch qavatdan iborat. I.Ichki yupqa endokard, endocardium, yurak kameralarini ichki tomondan qoplaydi. Yurak klapanlari, pastki kovak vena va tojsimon vena qopqoqlari endokard duplikaturasidan hosil bo’ladi. II.O’rta qavat miokard, myocardium, yurakning ko’ndalang-targ’il mushagidan tuzilgan bo’lib, ularning qisqarishi odam ixtiyoridan tashqari bo’lishi bilan skelet mushaklaridan farqlanadi. Yurak mushak hujayralarining o’zaklari markazda joylashib o’zaro sintistiylar yordamida birikib mushak to’rini hosil qiladi. Bo’lmacha va qorinchalar miokardi o’zaro tutashmagan. Ular o’ng va chap atrioventrikular tirqishni o'ragan fibroz halqalar, annuli fibrosidan boshlanadi. Bo’lmachalar miokardi ikki qavatdan iborat: 1) Yuza qavat - ikkala bo’lmacha uchun umumiy ko’ndalang tolalardan tashkil topgan bo’lib yurak venalarini o’rab turadi. 2) Chuqur qavat - har bir bo’lmacha uchun alohida bo’ylama tolalaridan iborat bo’lib fibroz halqadan boshlanadi. Qorinchalar miokardi turli yo’nalishdagi uch qavatdan iborat: 1) Tashqi qiyshiq qavat - fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak girdobi,vortex cordisni hosil qiladi va ichki bo’ylama qavatga o’tib ketadi.
2)Ichki bo’ylam qavat – tashqi qiyshi qavatning uzviy davomi bo’lib 
so’rg’ichsimon mushaklar va mushak trabekullari shu qavatdan hosil bo’ladi. 
Yuqoridagi ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy hisoblanadi. 
3) O’rta aylanma qavat - yuqoridagi ikki qavat o’rtasida joylashgan bo’lib 
qorinchalar uchun alohida hisoblanadi. Qorinchalararo to’siq shu qavatdan hosil 
bo’ladi. 
III.Yurak devorining tashqi qavati epikard,epicardium, miokardni tashqi 
tomondan qoplab turuvchi yurak xaltasi perikardning visseral varag’idan hosil 
bo’ladi. U yupqa biriktiruvchi to’qima qatlami bo’lib, mezoteliy bilan qoplangan. 
Epikard yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomirlarni o’rab, 
perikardning pariyetal varag’iga o’tib ketadi. 
 
Perikard. 
 
Perikard, pericardium, yurakni tashqi tomondan o’rab turgan  seroz xalta 
bo’lib ikki qavatdan iborat: 
1) Tashqi fibroz  perikard, pericardium fibrosum, - yurak asosida yirik qon 
tomirlarning tashqi adventitsial qavatiga o’tib ketadi. 
2) Ichki seroz perikard, pericardium serosum, ikki qatlamdan iborat: 
- pariyetal qatlam, lamina parietalis,fibroz qavatning ostida joylashib yurak 
asosidagi yirik qon tomirlar sohasida visseral qatlamga o’tib ketadi. 
- visseral qatlam, lamina viseralis, yurak mushaklarini qoplaydi va u epikard 
deb nomlanadi. 
Ikkala qatlam orasida perikard bo’shligi, cavitas pericardialis, hosil bo’ladi. 
Bu bo’shliqda 20 mlga yaqin seroz suyuqlik mavjud. Perikard noto’g’ri konus 
shaklida bo'lib uch qismi tafovut qilinadi: 
1) Oldingi to’sh-qovurg’a qismi, pars sternocostalis, o’ng va chap mediastinal 
plevra o’rtasida joylashgan, to’sh-perikard boylamlari, lig. stenopericardiaca, 
vositasida oldingi ko’krak devoriga birikadi. 
Logotip
2)Ichki bo’ylam qavat – tashqi qiyshi qavatning uzviy davomi bo’lib so’rg’ichsimon mushaklar va mushak trabekullari shu qavatdan hosil bo’ladi. Yuqoridagi ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy hisoblanadi. 3) O’rta aylanma qavat - yuqoridagi ikki qavat o’rtasida joylashgan bo’lib qorinchalar uchun alohida hisoblanadi. Qorinchalararo to’siq shu qavatdan hosil bo’ladi. III.Yurak devorining tashqi qavati epikard,epicardium, miokardni tashqi tomondan qoplab turuvchi yurak xaltasi perikardning visseral varag’idan hosil bo’ladi. U yupqa biriktiruvchi to’qima qatlami bo’lib, mezoteliy bilan qoplangan. Epikard yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomirlarni o’rab, perikardning pariyetal varag’iga o’tib ketadi. Perikard. Perikard, pericardium, yurakni tashqi tomondan o’rab turgan seroz xalta bo’lib ikki qavatdan iborat: 1) Tashqi fibroz perikard, pericardium fibrosum, - yurak asosida yirik qon tomirlarning tashqi adventitsial qavatiga o’tib ketadi. 2) Ichki seroz perikard, pericardium serosum, ikki qatlamdan iborat: - pariyetal qatlam, lamina parietalis,fibroz qavatning ostida joylashib yurak asosidagi yirik qon tomirlar sohasida visseral qatlamga o’tib ketadi. - visseral qatlam, lamina viseralis, yurak mushaklarini qoplaydi va u epikard deb nomlanadi. Ikkala qatlam orasida perikard bo’shligi, cavitas pericardialis, hosil bo’ladi. Bu bo’shliqda 20 mlga yaqin seroz suyuqlik mavjud. Perikard noto’g’ri konus shaklida bo'lib uch qismi tafovut qilinadi: 1) Oldingi to’sh-qovurg’a qismi, pars sternocostalis, o’ng va chap mediastinal plevra o’rtasida joylashgan, to’sh-perikard boylamlari, lig. stenopericardiaca, vositasida oldingi ko’krak devoriga birikadi.
2)Pastki diafragma qismi, pars diaphragmatica, diafragma pay markaziga 
oldingi perikard-diafragma boylami, anterior pericardiophrenic ligament, orqali 
birikadi. 
3) Mediastinal qismi, pars mediastinalis, ikki yon va biroz oldingi tomondan 
mediastinal plevraga orqa tomonidan qizilo’ngach, ko’krak aortasi, toq va yarimtoq 
venalarga tegib turadi. Bu qismning o’ng va chap tomonlaridan diafragma nervi va 
qon tomirlar o’tadi. Perikardda yurak va yirik qon tomirlar o’rtasida ikkita bo’shliq 
hosil bo’ladi. Perikardning ko’ndalang bo’shlig’i, sinus transverses pericardii, 
oldindan ko’tariluvchi aortaning boshlang’ich qismi va o’pka poyasi, orqadan o’ng 
bo’lmacha va yuqori kovak vena orqali chegaralangan. 
Yurakning o’tkazuvchi tizimi. 
 
Yurakning o’tkazuvchi tizimi o’zida hosil bo’lgan qo’zg’alishni bo’lmacha va 
qorinchalar miokardiga o’tkazib beruvchi atipik mushak tolalaridan iborat. bo’lib 
yurak miokardining ritmik ravishda qisqarishini boshqarib turadi. Ushbu tolalar 
tarikbida miofibrillar kam, sarkoplazmasi ko’p bo’ladi. Yurakning o'tkazuvchi 
tizimi quyidagilardan iborat: 
1) Sinus-atrial, (Kis-Flek) tuguni, nodus sinatrialis, - o’ng bo’lmacha 
devorida yuqori kovak vena teshigi bilan o’ng quloqcha o’rtasida joylashgan. Undan 
chiquvchi bo’lmachalararo tutamlar, Baxman tolalari deb nomlanib, bo’lmachalar 
miokardi bo’ylab tarqaladi. 
2) Bo’lmacha-qorincha, (Ashoff-Tavar) tuguni, nodus atrio-ventricularis, 
- bo’lmachalararo to’siqning pastki qismida joylashgan. Undan chiqqan bo’lmacha-
qorincha (Gis) tutami, fasciculus atrioventricularis qorinchalararo to’siqning 
membrana qismi bo’ylab pastga yo’naladi va. qorinchalararo to’siqning mushak 
qismida o’ng va chap oyoqchalar, crus dextrum et sinistrumga, bo’linadi. Har bir 
oyoqchadan chiquvchi tolalar qorinchalar miokardi bo’ylab tarqaladi. 
 
Yurak qon tomirlari. 
 
Logotip
2)Pastki diafragma qismi, pars diaphragmatica, diafragma pay markaziga oldingi perikard-diafragma boylami, anterior pericardiophrenic ligament, orqali birikadi. 3) Mediastinal qismi, pars mediastinalis, ikki yon va biroz oldingi tomondan mediastinal plevraga orqa tomonidan qizilo’ngach, ko’krak aortasi, toq va yarimtoq venalarga tegib turadi. Bu qismning o’ng va chap tomonlaridan diafragma nervi va qon tomirlar o’tadi. Perikardda yurak va yirik qon tomirlar o’rtasida ikkita bo’shliq hosil bo’ladi. Perikardning ko’ndalang bo’shlig’i, sinus transverses pericardii, oldindan ko’tariluvchi aortaning boshlang’ich qismi va o’pka poyasi, orqadan o’ng bo’lmacha va yuqori kovak vena orqali chegaralangan. Yurakning o’tkazuvchi tizimi. Yurakning o’tkazuvchi tizimi o’zida hosil bo’lgan qo’zg’alishni bo’lmacha va qorinchalar miokardiga o’tkazib beruvchi atipik mushak tolalaridan iborat. bo’lib yurak miokardining ritmik ravishda qisqarishini boshqarib turadi. Ushbu tolalar tarikbida miofibrillar kam, sarkoplazmasi ko’p bo’ladi. Yurakning o'tkazuvchi tizimi quyidagilardan iborat: 1) Sinus-atrial, (Kis-Flek) tuguni, nodus sinatrialis, - o’ng bo’lmacha devorida yuqori kovak vena teshigi bilan o’ng quloqcha o’rtasida joylashgan. Undan chiquvchi bo’lmachalararo tutamlar, Baxman tolalari deb nomlanib, bo’lmachalar miokardi bo’ylab tarqaladi. 2) Bo’lmacha-qorincha, (Ashoff-Tavar) tuguni, nodus atrio-ventricularis, - bo’lmachalararo to’siqning pastki qismida joylashgan. Undan chiqqan bo’lmacha- qorincha (Gis) tutami, fasciculus atrioventricularis qorinchalararo to’siqning membrana qismi bo’ylab pastga yo’naladi va. qorinchalararo to’siqning mushak qismida o’ng va chap oyoqchalar, crus dextrum et sinistrumga, bo’linadi. Har bir oyoqchadan chiquvchi tolalar qorinchalar miokardi bo’ylab tarqaladi. Yurak qon tomirlari.
Yurakni ko’tariluvchi aortaning kengaygan qismidan boshlanuvchi o’ng va chap 
tojsimon arteriyalar qon bilan ta’minlaydi. Yurak arteriyalari aorta sinusida o’ng va 
chap yarimoysimon qopqoqlar sohasidan boshlanadi. Qorinchalar qisqargan vaqtda 
qopqoqlar tabaqasi aorta sinusiga qarab ochilib yurak arteriyalari teshigi yopiladi, 
qorinchalar bo’shashgan vaqtda yurak arteriyalari qonga to’ladi. 
O’ng tojsimon arteriya,a. coronaria dextra, aorta klapanining o’ng 
qopqog’i sohasidan boshlanadi. O’ng quloqcha ostidan o’tib toj egat bo’ylab pastga 
va o’ngga qiya yo’naladi. Pastki kovak venaga yetmasdan orqaga yo’nalib chap 
tojsimon arteriyaning aylanib o’tuvchi shoxi bilan anastomozlashadi. 
O’ng tojsimon arteriya shoxlari: 
- ramus atrialis aorta va yuqori kovak vena orasidan orqaga yo’nalib o’ng va 
chap bo’lmachaga tarmoqlanadi. 
- ramus marginalis dexter o’ng qorincha to’sh-qovurg’a yuzasiga 
tarmoqlanadi. 
- r.interventricularis posterior qorinchalararo orqa egat bo’ylab tarmoqlanadi. 
O’ng tojsimon arteriya tarmoqlari o’ng bo’lmacha va qorincha devorini, o’ng 
qorincha so’rg’ichsimon mushaklarini, qorinchalararo to’siqning orqa qismini, 
sinus-atrial va atrioventrikulyar tugunlarini qon bilan ta’minlaydi. 
Chap tojsimon arteriya ,a. coronaria sinistra, aorta klapanining chap 
qopqog’i sohasidan boshlanadi. 
Chap tojsimon arteriya shoxlari: 
- r.interventricularis anterior oldingi qorinchalararo egat bo’ylab 
tarmoqlanadi.  
- r.circumflexus tojsimon egat bo’ylab chapga va pastga qiya yo’nalib o’ng 
tojsimon arteriya bilan anastomozlashadi.  
- r.marginalis sinister yuqoridagi shoxning boshlanish qismidan pastga qarab 
alohida tarmoqlanadi. 
Chap tojsimon arteriya tarmoqlari chap qorincha devorini va so’rg’ichsimon 
mushaklarni, qorinchalararo to’siqning katta qismini, o’ng qorinchaning oldingi 
devorini va chap bo’lmacha devorini qon bilan ta’minlaydi. O’ng va chap tojsimon 
Logotip
Yurakni ko’tariluvchi aortaning kengaygan qismidan boshlanuvchi o’ng va chap tojsimon arteriyalar qon bilan ta’minlaydi. Yurak arteriyalari aorta sinusida o’ng va chap yarimoysimon qopqoqlar sohasidan boshlanadi. Qorinchalar qisqargan vaqtda qopqoqlar tabaqasi aorta sinusiga qarab ochilib yurak arteriyalari teshigi yopiladi, qorinchalar bo’shashgan vaqtda yurak arteriyalari qonga to’ladi. O’ng tojsimon arteriya,a. coronaria dextra, aorta klapanining o’ng qopqog’i sohasidan boshlanadi. O’ng quloqcha ostidan o’tib toj egat bo’ylab pastga va o’ngga qiya yo’naladi. Pastki kovak venaga yetmasdan orqaga yo’nalib chap tojsimon arteriyaning aylanib o’tuvchi shoxi bilan anastomozlashadi. O’ng tojsimon arteriya shoxlari: - ramus atrialis aorta va yuqori kovak vena orasidan orqaga yo’nalib o’ng va chap bo’lmachaga tarmoqlanadi. - ramus marginalis dexter o’ng qorincha to’sh-qovurg’a yuzasiga tarmoqlanadi. - r.interventricularis posterior qorinchalararo orqa egat bo’ylab tarmoqlanadi. O’ng tojsimon arteriya tarmoqlari o’ng bo’lmacha va qorincha devorini, o’ng qorincha so’rg’ichsimon mushaklarini, qorinchalararo to’siqning orqa qismini, sinus-atrial va atrioventrikulyar tugunlarini qon bilan ta’minlaydi. Chap tojsimon arteriya ,a. coronaria sinistra, aorta klapanining chap qopqog’i sohasidan boshlanadi. Chap tojsimon arteriya shoxlari: - r.interventricularis anterior oldingi qorinchalararo egat bo’ylab tarmoqlanadi. - r.circumflexus tojsimon egat bo’ylab chapga va pastga qiya yo’nalib o’ng tojsimon arteriya bilan anastomozlashadi. - r.marginalis sinister yuqoridagi shoxning boshlanish qismidan pastga qarab alohida tarmoqlanadi. Chap tojsimon arteriya tarmoqlari chap qorincha devorini va so’rg’ichsimon mushaklarni, qorinchalararo to’siqning katta qismini, o’ng qorinchaning oldingi devorini va chap bo’lmacha devorini qon bilan ta’minlaydi. O’ng va chap tojsimon
arteriyaning tojsimon egat va qorinchalararo egat bo’ylab yo’nalgan tarmoqlari bir-
biri bilan anastomoz hosil qiladi. 
 
Yurak venalari arteriyalarga nisbatan ko’p bo’lib ulardan asosiy beshta 
tarmoq yig’ilib bitta umumiy tojsimon sinus, sinus coronariusni hosil qiladi va u 
o’ng bo’lmachaga quyiladi.  
Tojsimon sinusni hosil qiluvchi tarmoqlar: 
1.Yurakning katta venasi, vena cordis magna, oldingi qorinchalararo va 
tojsimon egatda yotadi, qorinchalar oldingi yuzasi, qorinchalararo to’siq, chap 
bo’lmacha va chap qorincha orqa yuzasi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil 
bo’ladi. 
2.Yurakning o’rta venasi, vena cordis media, yurak uchining orqa yuzasidan 
boshlanib, orqa qorinchalararo egat bo’ylab ko’tariladi. 
3.Yurakning kichik venasi, vena cordis parva, tojsimon egatda yotadi, 
yurakning o’ng yarmi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. 
4. Chap qorinchaning venasi, vena posterior ventriculi sinistri, chap 
qorincha orqa yuzasi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. 
5. Chap bo’lmachaning qiyshiq venasi,vena oblique atria sinistri, chap 
bo’lmacha orqa yuzasi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. 
Bundan tashqari o’ng qorinchaning oldingi devoridagi vena oqimlaridan hosil 
bo’luvchi venae cordis anteriores va yurakning 20-30 ta mayda Tebeziyev venalari, 
vv. cordis minimae, to’g’ridan-to’g’ri o’ng bo’lmachaga quyiladi. 
 
Yurakning limfa tomirlari. 
 
Yurakning limfa tomirlari o’zaro tutashgan epikard va endokard ostidagi 
limfa to’rlaridan iborat. Epikard ostida yurakning o’ng va chap yarmidagi limfa 
to’rlaridan o’ng va chap limfa o’zani hosil bo’ladi. Chap limfa o’zani o’pka 
arteriyasi orqasidan o’tib aorta ravog’i orqasida joylashgan lodi lymphatici 
mediastinales pasteriorga quyiladi. O’ng limfa o’zani tojsimon egat bo’ylab 
Logotip
arteriyaning tojsimon egat va qorinchalararo egat bo’ylab yo’nalgan tarmoqlari bir- biri bilan anastomoz hosil qiladi. Yurak venalari arteriyalarga nisbatan ko’p bo’lib ulardan asosiy beshta tarmoq yig’ilib bitta umumiy tojsimon sinus, sinus coronariusni hosil qiladi va u o’ng bo’lmachaga quyiladi. Tojsimon sinusni hosil qiluvchi tarmoqlar: 1.Yurakning katta venasi, vena cordis magna, oldingi qorinchalararo va tojsimon egatda yotadi, qorinchalar oldingi yuzasi, qorinchalararo to’siq, chap bo’lmacha va chap qorincha orqa yuzasi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. 2.Yurakning o’rta venasi, vena cordis media, yurak uchining orqa yuzasidan boshlanib, orqa qorinchalararo egat bo’ylab ko’tariladi. 3.Yurakning kichik venasi, vena cordis parva, tojsimon egatda yotadi, yurakning o’ng yarmi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. 4. Chap qorinchaning venasi, vena posterior ventriculi sinistri, chap qorincha orqa yuzasi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. 5. Chap bo’lmachaning qiyshiq venasi,vena oblique atria sinistri, chap bo’lmacha orqa yuzasi vena oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bundan tashqari o’ng qorinchaning oldingi devoridagi vena oqimlaridan hosil bo’luvchi venae cordis anteriores va yurakning 20-30 ta mayda Tebeziyev venalari, vv. cordis minimae, to’g’ridan-to’g’ri o’ng bo’lmachaga quyiladi. Yurakning limfa tomirlari. Yurakning limfa tomirlari o’zaro tutashgan epikard va endokard ostidagi limfa to’rlaridan iborat. Epikard ostida yurakning o’ng va chap yarmidagi limfa to’rlaridan o’ng va chap limfa o’zani hosil bo’ladi. Chap limfa o’zani o’pka arteriyasi orqasidan o’tib aorta ravog’i orqasida joylashgan lodi lymphatici mediastinales pasteriorga quyiladi. O’ng limfa o’zani tojsimon egat bo’ylab
yo’nalib ko’tariluvchi aorta oldingi yuzasi bo’ylab yuqoriga yo’nalib aorta ravog’i 
sohasida nodi lymphatici mediastinales anterioresga borib quyiladi. 
 
Yurak nervlari. 
 
Yurak faoliyatini sezuvchi, simpatik va parasimpatik nervlar boshqaradi. 
Sezuvchi nervlar yurak va uning qon tomirlari devoridagi retseptorlardan bosh va 
orqa miyadagi markazlarga boradi. Simpatik tolalar yurak qisqarishini tezlatuvchi 
va tojsimon arteriyalarni kengaytiruvchi impulslarni o’tkazsa, parasimpatik tolalar 
yurak qisqarishini sekinlashtirib, tojsimon arteriyalarni toraytiruvchi impulslarni  
o’tkazadi. Yurakning simpatik tolalari simpatik tutamning bo’yin sohada uchta 
tuguni va ko’krak sohada II-V tugunlaridan chiqib yurakka boruvchi bo’yin va 
ko’krak nervlaridan iborat. Parasimpatik tolalar esa adashgan nervdan chiquvchi 
tolalarining yuza va chuqur joylashgan chigallaridan iborat. Yurakning yuza chigali, 
plexus cardiacus superficial, o’pka poyasining oldingi yuzasi va aorta ravog’ining 
pastki tomonida joylashgan.Yurakning chuqur chigali plexus cardiacus profundus, 
aorta ravog’i va kekirdak bifurkatsiyasi orasida joylashgan. Yurakning yuza va 
chuqur nerv chigallarining bir qismi miokard bilan epikard orasiga tarqalsa, ikkinchi 
qismi yurak arteriyalari devori bo’ylab,yurakning o’ng va chap nerv chigallarini 
plexus coronarius dexter et sinister, hosil qiladi. Yurakning yuza chigallari yurak 
devori qavatlari ichidan chuqur chigallarga o’tishda yurak tugunchalari, ganglia 
cardiaca, hosil qiladi. 
 
Aorta 
 
Aorta katta qon aylanish doirasining eng katta arteriya qon tomiri bo’lib  uchta 
qismdan iborat  
1.Aortaning ko’tariluvchi qismi, pars ascendens aortae, to’sh suyagining 
chap chekkasida III qovurg’a oralig’i sohasida chap qorinchadan chiqib 25-30 mm 
kenglikdagi aorta piyozchasi, bulbus aortaeni hosil qiladi va o’pka poyasining 
Logotip
yo’nalib ko’tariluvchi aorta oldingi yuzasi bo’ylab yuqoriga yo’nalib aorta ravog’i sohasida nodi lymphatici mediastinales anterioresga borib quyiladi. Yurak nervlari. Yurak faoliyatini sezuvchi, simpatik va parasimpatik nervlar boshqaradi. Sezuvchi nervlar yurak va uning qon tomirlari devoridagi retseptorlardan bosh va orqa miyadagi markazlarga boradi. Simpatik tolalar yurak qisqarishini tezlatuvchi va tojsimon arteriyalarni kengaytiruvchi impulslarni o’tkazsa, parasimpatik tolalar yurak qisqarishini sekinlashtirib, tojsimon arteriyalarni toraytiruvchi impulslarni o’tkazadi. Yurakning simpatik tolalari simpatik tutamning bo’yin sohada uchta tuguni va ko’krak sohada II-V tugunlaridan chiqib yurakka boruvchi bo’yin va ko’krak nervlaridan iborat. Parasimpatik tolalar esa adashgan nervdan chiquvchi tolalarining yuza va chuqur joylashgan chigallaridan iborat. Yurakning yuza chigali, plexus cardiacus superficial, o’pka poyasining oldingi yuzasi va aorta ravog’ining pastki tomonida joylashgan.Yurakning chuqur chigali plexus cardiacus profundus, aorta ravog’i va kekirdak bifurkatsiyasi orasida joylashgan. Yurakning yuza va chuqur nerv chigallarining bir qismi miokard bilan epikard orasiga tarqalsa, ikkinchi qismi yurak arteriyalari devori bo’ylab,yurakning o’ng va chap nerv chigallarini plexus coronarius dexter et sinister, hosil qiladi. Yurakning yuza chigallari yurak devori qavatlari ichidan chuqur chigallarga o’tishda yurak tugunchalari, ganglia cardiaca, hosil qiladi. Aorta Aorta katta qon aylanish doirasining eng katta arteriya qon tomiri bo’lib uchta qismdan iborat 1.Aortaning ko’tariluvchi qismi, pars ascendens aortae, to’sh suyagining chap chekkasida III qovurg’a oralig’i sohasida chap qorinchadan chiqib 25-30 mm kenglikdagi aorta piyozchasi, bulbus aortaeni hosil qiladi va o’pka poyasining
orqasidan yuqoriga ko’tarilib, II o’ng qovurg’a tog’ayini to’sh suyagiga qo’shilgan 
sohada aorta ravog’iga o’tib ketadi. Bu sohada uning kengligi 21-22 mm. Bolalarda 
yurakning yuqori joylashganligi sababli ko’tariluvchi aorta II qovurg’a tog’ayi 
sohasida aorta ravog’iga o’tadi. Bu soha yoshga qarab o’zgarib 17—20 yoshda II, 
25—30 yoshda III ko’krak umurtqasi sohasiga tushadi. 
2.Aorta ravog’i ,arcus aortae, II qovurg’a tog’ayi orqa yuzasidan chapga va 
orqa tomonga yo’nalib, IV ko’krak umurtqasi sohasida pastga tushuvchi aortaga 
o’tib ketadi. Shu yerda biroz torayib aorta bo’yinchasi,isthmus aortaeni hosil qiladi. 
Aorta ravog’idan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta mayda 
arteriyalar hamda quyidagi uchta yirik arteriya tarmoqlari hosil bo’ladi, bular: 
1. Yelka-bosh poyasi, truncus brachiocepalicus 
2. Chap umumiy uyqu arteriya, a. carotis communis sinistra 
3. Chap o’mrov osti arteriya a. subclavicularis 
Yelka-bosh poyasi o’ng II qovurg’a tog’ayi sohasida aorta ravog’idan chiqib 
yuqoriga va o’ng tomonga yo’naladi, o’ng to’sh-o’mrov bo’g’imi sohasida undan 
quyidagi ikkita tarmoq hosil bo’ladi: 1) O’ng umumiy uyqu arteriyasi 2) O’ng 
o’mrov osti arteriyasi. 
3.Aortaning pastga tushuvchi qismi, pars desendens aortae, IV ko’krak 
umurtqasidan IV bel umurtqasigacha davom etadi. Shu sohada bifurcatio aortica 
hosil qilib o’ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo’linadi. Aortaning davomi 
sifatida dumg’azaning o’rta arteriyasi, a.sacralus mediana, aortadan chiqib 
dumg’azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo’naladi.Aortaning pastga 
tushuvchi qismi ko’krak va qorin qismlariga ajratiladi.Aortaning ko’krak qismi, pars 
thoracica aortae , ko’krak qafasida orqa ko’ks oralig’ida joylashadi. Dastlab u 
qizilo’ngachning old tomonida joylashsa VIII—IX ko'krak umurtqalari sohasida 
qizilo’ngachni chap tomonidan orqa tomoniga aylanib o’tadi. Aortaning qorin qismi, 
pars abdominalis aortae, XII ko’krak umurtqasi sohasida diafragmaning aorta 
teshigidan o’tgan joydan boshlanib, bel umurtqalarining old tomonida yotadi. 
 
Umumiy uyqu arteriyasi 
Logotip
orqasidan yuqoriga ko’tarilib, II o’ng qovurg’a tog’ayini to’sh suyagiga qo’shilgan sohada aorta ravog’iga o’tib ketadi. Bu sohada uning kengligi 21-22 mm. Bolalarda yurakning yuqori joylashganligi sababli ko’tariluvchi aorta II qovurg’a tog’ayi sohasida aorta ravog’iga o’tadi. Bu soha yoshga qarab o’zgarib 17—20 yoshda II, 25—30 yoshda III ko’krak umurtqasi sohasiga tushadi. 2.Aorta ravog’i ,arcus aortae, II qovurg’a tog’ayi orqa yuzasidan chapga va orqa tomonga yo’nalib, IV ko’krak umurtqasi sohasida pastga tushuvchi aortaga o’tib ketadi. Shu yerda biroz torayib aorta bo’yinchasi,isthmus aortaeni hosil qiladi. Aorta ravog’idan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta mayda arteriyalar hamda quyidagi uchta yirik arteriya tarmoqlari hosil bo’ladi, bular: 1. Yelka-bosh poyasi, truncus brachiocepalicus 2. Chap umumiy uyqu arteriya, a. carotis communis sinistra 3. Chap o’mrov osti arteriya a. subclavicularis Yelka-bosh poyasi o’ng II qovurg’a tog’ayi sohasida aorta ravog’idan chiqib yuqoriga va o’ng tomonga yo’naladi, o’ng to’sh-o’mrov bo’g’imi sohasida undan quyidagi ikkita tarmoq hosil bo’ladi: 1) O’ng umumiy uyqu arteriyasi 2) O’ng o’mrov osti arteriyasi. 3.Aortaning pastga tushuvchi qismi, pars desendens aortae, IV ko’krak umurtqasidan IV bel umurtqasigacha davom etadi. Shu sohada bifurcatio aortica hosil qilib o’ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo’linadi. Aortaning davomi sifatida dumg’azaning o’rta arteriyasi, a.sacralus mediana, aortadan chiqib dumg’azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo’naladi.Aortaning pastga tushuvchi qismi ko’krak va qorin qismlariga ajratiladi.Aortaning ko’krak qismi, pars thoracica aortae , ko’krak qafasida orqa ko’ks oralig’ida joylashadi. Dastlab u qizilo’ngachning old tomonida joylashsa VIII—IX ko'krak umurtqalari sohasida qizilo’ngachni chap tomonidan orqa tomoniga aylanib o’tadi. Aortaning qorin qismi, pars abdominalis aortae, XII ko’krak umurtqasi sohasida diafragmaning aorta teshigidan o’tgan joydan boshlanib, bel umurtqalarining old tomonida yotadi. Umumiy uyqu arteriyasi
 
Umumiy uyqu arteriyasi, a. carotis communis O’ng tomonda yelkabosh 
poyasidan chap tomonda bevosita aorta ravog’idan hosil bo’ladi. Shuning uchun 
chap umumiy uyqu arteriyasi o’ngiga nisbatan 2-2,5 sm uzun. Umumiy uyqu 
arteriyasi to’sh-o’mrov so’rgichsimon va kurak-til osti mushaklarining orqa 
tomonidan bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’simtalari old tomonidan yuqoriga 
ko’tariladi. Bo’yin sohasida tashqi tomonida ichki bo’yinturuq venasi, orqa 
tomonida adashgan nerv joylashib ular bo’yin fassiyasi bilan o’raladi hamda 
bo’yinning tomirli-nervli dastasini hosil qiladi. Qalqonsimon tog’ayning yuqori 
chekkasi sohasida har bir umumiy uyqu arteriyasi uyqu bifurkatsiyasi, bifircatio 
carotidis hosil qilib tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo’linadi. Ular bo’lingan 
joyda quyuq kapilliar to’ri va nerv uchlaridan iborat uyqu koptokchasi ,glomus 
caroticum, hosil bo’ladi. Aorta ravog’idan boshlanuvchi umumiy uyqu 
arteriyasining kengligi bir yoshgacha 3-6 mm bo’lsa, 15-16 yoshda 6-7 mm, 
kattalarda 9-14 mm bo’ladi. 
Tashqi uyqu arteriyasi, a. carotis externa umumiy uyqu arteriyasining uyqu 
bifurkatsiyasi sohasidan boshlanib yuqoriga ko’tariladi. So’ngra bigizsimon-til osti 
va ikki qorinli mushakning ichki tomonidan o’tib uyqu uchburchagigacha boradi. 
Tashqi uyqu arteriyasidan uch guruhga bo’linib 9 ta tarmoq chiqadi. 
 
Tashqi uyqu arteriyasining oldingi guruh tarmoqlari 
 
1. Yuqori qalqonsimon arteriya, a. thyroidea superior - tashqi uyqu 
arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib, oldinga va pastga yo’naladi. So’ngra 
qalqonsimon bez bo’laklariga oldingi va orqa shoxlar rr.anterior et posterior hosil 
qilib tarmoqlanadi hamda pastki qalqonsimon arteriya tarmoqlari bilan 
anastomozlashadi. 
Yuqori qalqonsimon arteriya tarmoqlari: 
Logotip
Umumiy uyqu arteriyasi, a. carotis communis O’ng tomonda yelkabosh poyasidan chap tomonda bevosita aorta ravog’idan hosil bo’ladi. Shuning uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o’ngiga nisbatan 2-2,5 sm uzun. Umumiy uyqu arteriyasi to’sh-o’mrov so’rgichsimon va kurak-til osti mushaklarining orqa tomonidan bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’simtalari old tomonidan yuqoriga ko’tariladi. Bo’yin sohasida tashqi tomonida ichki bo’yinturuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv joylashib ular bo’yin fassiyasi bilan o’raladi hamda bo’yinning tomirli-nervli dastasini hosil qiladi. Qalqonsimon tog’ayning yuqori chekkasi sohasida har bir umumiy uyqu arteriyasi uyqu bifurkatsiyasi, bifircatio carotidis hosil qilib tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo’linadi. Ular bo’lingan joyda quyuq kapilliar to’ri va nerv uchlaridan iborat uyqu koptokchasi ,glomus caroticum, hosil bo’ladi. Aorta ravog’idan boshlanuvchi umumiy uyqu arteriyasining kengligi bir yoshgacha 3-6 mm bo’lsa, 15-16 yoshda 6-7 mm, kattalarda 9-14 mm bo’ladi. Tashqi uyqu arteriyasi, a. carotis externa umumiy uyqu arteriyasining uyqu bifurkatsiyasi sohasidan boshlanib yuqoriga ko’tariladi. So’ngra bigizsimon-til osti va ikki qorinli mushakning ichki tomonidan o’tib uyqu uchburchagigacha boradi. Tashqi uyqu arteriyasidan uch guruhga bo’linib 9 ta tarmoq chiqadi. Tashqi uyqu arteriyasining oldingi guruh tarmoqlari 1. Yuqori qalqonsimon arteriya, a. thyroidea superior - tashqi uyqu arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib, oldinga va pastga yo’naladi. So’ngra qalqonsimon bez bo’laklariga oldingi va orqa shoxlar rr.anterior et posterior hosil qilib tarmoqlanadi hamda pastki qalqonsimon arteriya tarmoqlari bilan anastomozlashadi. Yuqori qalqonsimon arteriya tarmoqlari:
- yuqori hiqildoq arteriyasi, s. laryngea superior, shu nomdagi nerv bilan 
qalqonsimon-til osti pardasini teshib o’tib, hiqildoq mushaklari va shilliq pardasini 
qon bilaan ta’minlaydi. 
- tilosti suyagi osti shoxi, r.infirahyoideus 
- to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon shox, r.sternocleidomastoidea 
- uzuksimon-qalqonsimon mushak shoxi, r.cricothyroideus 
2. Til arteriyasi, a . lingualis, tashqi uyqu arteriyasining til osti suyagi katta 
shoxlari sohasidan boshlanib quyidagi tarmoqlarni hosil qiladi: 
- tilning chuqur arteriyasi, a. profunda linguae, til mushaklari va shilliq 
pardasini qon bilan ta’minlaydi. 
- til orqasi shoxi, r. dorsalis linguae 
- til usti suyagi shoxi, r. suprahyoideus 
- til osti so’lak bezi shoxi, r. sublingualis 
3. Yuz arteriyasi, a. facialis, tashqi uyqu arteriyasining pastki jag’ burchagi 
sohasida til arteriyasidan 3-5 mm yuqoridan boshlanadi. Jag’ osti uchburchagi 
sohasida jag’ osti so’lak bezi yuqorisidan va pastki jag’ qirrasidan aylanib o’tib yuz 
sohasida og’iz burchagi tomon yo’naladi. So’ngra ko’zning medial burchagida 
burchak arteriyasi, a.angularis, hosil qilib burunning dorsal arteriyasi bilan 
anastomozlashadi. 
Yuz arteriyasi tarmoqlari: 
- ko’tariluvchi tanglay arteriyasi, a.palatina ascendens, yumshoq tanglayni 
- bez tarmoqlari, r.glandularis, jag’osti so’lak bezini 
- murtak shoxi, r.tonsiflaris, 
- engak osti arteriyalari, a. submentalis, engak va bo’yin mushaklarini  
- pastki va ustki lab arteriyalari, aa. labiates superior e t inferior 
- burun yon shoxi, ramus lateralis nasi, burunning yon devorini qon bilan 
ta’minlaydi. 
 
Tashqi uyqu arteriyasining o’rta guruh tarmoqlari 
 
Logotip
- yuqori hiqildoq arteriyasi, s. laryngea superior, shu nomdagi nerv bilan qalqonsimon-til osti pardasini teshib o’tib, hiqildoq mushaklari va shilliq pardasini qon bilaan ta’minlaydi. - tilosti suyagi osti shoxi, r.infirahyoideus - to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon shox, r.sternocleidomastoidea - uzuksimon-qalqonsimon mushak shoxi, r.cricothyroideus 2. Til arteriyasi, a . lingualis, tashqi uyqu arteriyasining til osti suyagi katta shoxlari sohasidan boshlanib quyidagi tarmoqlarni hosil qiladi: - tilning chuqur arteriyasi, a. profunda linguae, til mushaklari va shilliq pardasini qon bilan ta’minlaydi. - til orqasi shoxi, r. dorsalis linguae - til usti suyagi shoxi, r. suprahyoideus - til osti so’lak bezi shoxi, r. sublingualis 3. Yuz arteriyasi, a. facialis, tashqi uyqu arteriyasining pastki jag’ burchagi sohasida til arteriyasidan 3-5 mm yuqoridan boshlanadi. Jag’ osti uchburchagi sohasida jag’ osti so’lak bezi yuqorisidan va pastki jag’ qirrasidan aylanib o’tib yuz sohasida og’iz burchagi tomon yo’naladi. So’ngra ko’zning medial burchagida burchak arteriyasi, a.angularis, hosil qilib burunning dorsal arteriyasi bilan anastomozlashadi. Yuz arteriyasi tarmoqlari: - ko’tariluvchi tanglay arteriyasi, a.palatina ascendens, yumshoq tanglayni - bez tarmoqlari, r.glandularis, jag’osti so’lak bezini - murtak shoxi, r.tonsiflaris, - engak osti arteriyalari, a. submentalis, engak va bo’yin mushaklarini - pastki va ustki lab arteriyalari, aa. labiates superior e t inferior - burun yon shoxi, ramus lateralis nasi, burunning yon devorini qon bilan ta’minlaydi. Tashqi uyqu arteriyasining o’rta guruh tarmoqlari