YURIDIK TIL VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. YURIDIK TIL VA UNING TURLARI (Yuridik til va uning o‘ziga xos xususiyatlari, Yuridik til va uning turlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
21,5 KB
Ilmiybaza.uz
YURIDIK TIL VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. YURIDIK TIL
VA UNING TURLARI
Reja:
1. Yuridik til va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Yuridik til va uning turlari.
Ilmiybaza.uz
Yuridik til adabiy tilning tarkibiy qismi, o ‘ziga xos ko‘rinishga ega til bo‘lib,
asosan, qonunchilik va rasmiy doirada qo‘llaniladi. Ya’ni yuridik til o‘ziga xos
lug‘aviy birliklari, gap qurilishi, uslubiy jihatlari hamda huquqqa oid tushunchalarni
ifodalovchi terminlari bilan ajralib turadi. Barcha huquq manbalari yuridik tilda
yoziladi. Tergov jarayoni, sud, advokat faoliyati, qonunlar ifodasi ham yuridik til
asosida o‘z in’ikosini topadi. Yuridik til o‘z mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga,
ya’ni qonun tili, ilmiy yurisprudensiya tili, sud tili, huquqshunospedagog tili,
huquqshunos-publitsist tili, prokuror tili, advokat tili kabi guruhlarga bo‘linadi.
Yurisprudensiya tarmoqlariga oid leksik-grammatik xususiyatlar umumiyligi bilan
bir-biriga yaqin tursa-da, lekin o‘ziga xos xususiyliklarga ham ega bo‘ladi. Masalan,
fuqarolik sudi faoliyatida qo'llaniladigan (taraf, taraflaming tortishuvi, da’vo
qo‘zg‘atish, hal qiluv qarori, da’voni ta ’minlash) terminlari jinoyat sudi faoliyatida
qo‘llaniluvchi terminlar (firibgarlik, genotsid, nomusga tegish, terrorizm)dan tubdan
farq qiladi. Badiiy uslub va so‘zlashuv uslubida badiiy obrazli so‘zlar, tasviriy
vositalar, frazeologik birliklar keng qo‘llanilsa-da, biroq yuridik til rasmiy
xususiyatga ega bo‘lganligi uchun unda bunday til vositalarini qo‘llashga ehtiyoj
tug‘ilmaydi. Chunki yuridik tilning birlamchi belgisi uning rasmiy bo‘yoqqa
egaligidir. Qat’iylik, mantiqiylik, qisqalik, aniqlik kabi xususiyatlar yuridik tilning
nufuzini belgilovchi me’yorlardir. Yuridik til har xil beo‘rin qaytariqlar, so‘z
takrorlari, tushunilishi qiyin ifodalar hamda ortiqcha sifatlashlar, ko‘chma ma’noli
so‘zlardan xoli bo‘lishi lozim. Ayniqsa, yuridik tilning tarkibiy qismi bo‘lgan qonun
tili gap qurilishi jihatdan tushunilishi yengil bo‘lishi va oddiy fuqaro ham tez
tushunib oladigan talablarga javob beradigan bo‘lishi shart.
Ma’lumki, qonun — jamiyatni tartibga solib turuvchi vosita, u inson manfaatlari
va ehtiyojlariga xizmat qiladi. Qonunning mazmuni, mohiyati, sifati, nufuzi til
qoidalariga nechog'liq rioya etilishiga ham bog'liqdir. Qonunning ustuvorligi ham
uning adabiy til me’yorlari asosida tuzilishi bilan belgilanadi. Adabiy til
me’yorlariga to‘liq javob bermaydigan qonun mazmunan va mantiqan tushunarsiz
bo‘ladi. Qonun tili davlatning rasmiy yuridik tili bo‘lib, davlat bilan fuqarolar
o'rtasidagi “muomala”, “muloqot” vositasidir. Qonun faqat yuristlar yoki huquq
Ilmiybaza.uz
sohasidagi mutaxassislar uchun qabul qilinmaydi, balki u davlatning barcha
fuqarolari uchun tegishli bo‘ladi. Shu bois qabul qilinayotgan qonunlarning tuzilishi
imkon qadar sodda, iloji boricha g‘alizliklardan, noaniqliklardan xoli bo‘lishi lozim.
Qonun mantiqan izchil bo‘lmas ekan, uning amaliyotga tatbiq etilishi ham qiyin
kechadi. Qonunlar mantiqan izchil bo‘lishi uchun adabiy til me’yorlari asosida
tuzilishi shart. Biz har kuni qonun qabul qilmaymiz. Sifatli ishlangan va
tayyorlangan qonunlar parlament tasdig‘idan o‘tgach, bir necha yillarga xizmat
qiladi. Qonunning ustuvorlik darajasi ham uning sifatidadir. Sifat esa yuridik tilga
qat’iy rioya qilish mahsulidir. Yuridik tilda o‘zlashmagan xorijiy so‘zlar va
terminlar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. O‘zlashgan terminlar bundan
mustasnodir. O‘zbek tilida muqobili bo‘la turib xorijiy terminlami qo‘llash ham
o‘zini oqlamaydi. Agar yuridik tushunchalarni ifodalash uchun o‘zbek tilida unga
muqobil so‘z yoki termin topilmasa, tarjimada ortiqcha sun’iylikka bormasdan
xorijiy terminlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu qoida jahon fanida qabul
qilingan til qonuniyati hisoblanadi. Biroq ilmiy-yurisprudensiya tilida umumxalqqa
tushunarli bo‘lmagan, faqat yuristlar, huquqshunos olimlarga tushunarli bo‘lgan
so‘zlar va terminlar qo‘llanilishi mumkin. Bu ilmiy uslubning talabidir. Masalan,
alibi — jinoyat qilingan paytda (lahzada) jinoyatchining boshqa joyda bo‘lishi;
ratifikatsiya — xalqaro shartnomani imzolash; simulyatsiya — o‘zini yolg‘ondan
kasallikka solish; yurisdiksiya — sudlov ishlarini olib borish huquqi va h.k.
Yuridik tilda shevaga oid so‘zlar, jargonlar, o‘zlashmagan so‘zlar, o‘ta obrazli
iboralarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun tili yuridik tilning o‘zagi, tub
“mag‘zi” hisoblanadi. Qonun tilining asosiy belgilari quyidagilardan iboratdir:
a) aniqlik; b) qisqalik; c) shaxssizlik; d) rasmiy buyoqdorlik; e) xolislik; f) mantiqiy
izchillik; j) barqarorlik.
Qonun tilining eng muhim me’yorlaridan biri aniqlik bo‘lib, tushunchaning
mohiyati qonun moddalarida to‘laqonli ifodalanishi va mamlakatning har bir
fuqarosi kimligidan, qaysi kasb egasi bo‘lishidan, ma’lumotidan qat’iy nazar
tezda anglab yetishi zarur. Qonunlar tuzilishi sodda, aniq, ravon va hammabop
bo‘lishi shart. Aniqlikka erishish uchun qonun ijodkorlari adabiy til me’yorlariga