“Yuristning kasb etikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
59,0 KB
1
“Yuristning kasb etikasi” fanining predmeti, мaqsadi va vazifalari.
Reja:
Kirish
1. “Yuristning kasb etikasi” fanining predmeti.
2. “Yuristning kasb etikasi” faning maqsadi.
3.“Yuristning kasb etikasi” faning vazifalari.
1.”Yuristning kasb etikasi” fanining predmeti.
Mustaqil O’zbekistonda kechayotgan jamiyatninng yangilanish hamda davlat
boshqaruvinining moderinizatsiyalashtirish mamlakatimizni jahon taraqqiyotining
yuqori bosqichlari tomon yuksaltirish taqdiri ko’p jihatdan ma’naviyatga bog’liq.
Ushbu hayotiy haqiqatni ifoda etar ekan, muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov
“Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch ”, “Yuksak ma’naviyat – millatning
poydevori” deb ta’kidlaydi.1
Ma’naviyatni jamiyatning poydevori deb baholaydi. Inson va jamiyat
ma’naviyatning asosi, o’zagi esa – axloqdir. Axloq jamiyatda kishilar hayotni
tartibaga soluvchi, tashkillashtiruvchi, muayyan maqsadlar atrofida birlashtiruvchi va
ushbu maqsadlarga yo’naltiruvchi omillardan biridir. Biroq umumiy mavqe’ga ega
bo’lgan kishilik axloqi turli konkret faoliyat sohalarida (bemor-vrach, talaba-ustoz,
ishchi-rahbar, sudya-sudlanuvchi, artist va tomoshabin va h.k.) turlicha namoyon
bo’ladi. Bu har bir sohaning o’ziga xos kasbiy xususiyatlari, talablari qonun va
qoidalari mavjudligidan dalolat beradi. Demak, huquq-tartibot , sud-huquq tizimi
sohasining ham o’ziga xos axloq qoidalari mavjudligi – bor haqiqatdir. Yuristning
1 I.A.Karimov – Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat”, 2008
2
kasbiy faoliyati o’ta ma’suliyatli va og’ir kasb sohalaridan biridir. Buning sababi –
ushbu soha vakillari o’ta ma’suliyatli ishni-inson taqdiri bilan bog’liq hatti -
harakatlarga baho berish, davlat va jamiyat manfatlarining ustuvorligini ta’minlash
bilan shug’illanar ekan , huquqshunoslik sohasi vakillariga yuksak ma’naviy talablar
qo’yilishi ushbu sohani tanlagan vatandoshlarimizda avvalambor, yuksak ma’naviy
fazilatlarni egallagan bo’lishligi davlat va hokimyat obro’yi, jamiyatni yangilash va
zamonaviylashtirishga qaratilgan siyosat taqdiri bilan bog’liqdir.
Yuristning kasb etikasiga bo’lgan ehtiyoji asosan uch omil, aniqrog’i - sabab
bilan bog’liq:
Birinchidan, - tanlangan dunyoviy taraqqiyot yo’limiz, huquqiy davlatni va
adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Jamiyat a’zolarining axloqiy holatiga
ma’naviy madaniyati darajasiga uzviy bog’liqdir. Huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyati faqat yuksak axloqiy fazilatlar shakllangan, qaror topgan va amal qilayotgan
ijtimoiy muhitda mavjud bo’ladi.
Axloqiy tushuncha va printsiplarning, ya’ni tamoillarning shaxs va jamiyat
hayotidagi ahamiyati shundaki, ular kishi ma’naviy faoliyatining ichki dunyosining
turli ko’rinishlarini (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, oilaviy va h.k) idora qiladi. Shu bois
yuqori darajadagi axloq normalari, qoidalari va pirintsiplari kishilar ongida
shakllantirilmas ekan yuqori mehnat samaradorligiga ham, kishilar faolligiga ham,
huquqiy davlat va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishiga asoslangan jamiyatga
erishib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati axloqqa zid illatlar
(ichkilik
bozlik,
o’g’rilik,
giyohvandlik,
foxishabozlik,
turli
ko’rinishdagi
jinoyatchilik) bor joyda qaror topa olmaydi. Ma’muriy huquqbuzarlikga asoslangan,
tenglik pirintsipi tenglashtirish siyosatiga bo’ysindiradigan, shaxsning jamiyatdan,
xususan qoidadan begonalashtirilgan jamiyatda axloqqa zid illatlar ko’payishi uchun
shart sharoitlar mavjud edi. Har bir sohada davlat manapoliyasi, xususan tadbirkorlik
va ishbilarmonlik nafaqat taqib bilan taqiqlangan davrlarda yurist kasbiy axvoli
buzilgan edi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni jazolash vositasi emas,
balki kishilarga to’gri yo’l ko’rsatish vositasi bo’lishligini talab qiladi. Shu bois
3
yuristning kasb etikasini o’rganish zamonaviy yurist kadrlar uchun asosiy ma’rifiy
talablardan biridir.
Uchinchidan, - yuristning kasbiy etikasiga bo’lgan ehtiyoj sud-huquq tizimi
xodimlari faoliyatida kuzatilayotgan eski tuzim illatlaridan tezroq qutilish, xodimlar
faoliyatida axloq normalarining ustuvorligini ta’minlash, turli axloqiy og’ishlarning
oldini olish ehtiyoji bilan bog’liq. Ayniqsa 2005-yil 7-aprelda O’zbekiston
Respublikasi
bosh
Prokuraturasining
45-sonli
buyrug’i
bilan
tasdiqlangan
“O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining kasb odobnomasi” talablari
asosida bo’lajak yurist kadrlarni tarbiyalash ushbu sohaning asosiy ehtiyojidir.
Xodimlar tomonidan turli axloqqa zid xatti-harakatlarga (tamagirchilik, zo’ravonlik,
inson huquqlarini mensimaslik, manmanlik, hatto ichkilikbozlik, xizmat vazifalarini
suyiiste’mol qilish va h.k.) yo’l qo’ymaslikka, faoliyatda qonun ustuvorligiga erishish
kasbiy axloq normalarini chuqur bilishlik emas, balki ularga kasbiy faoliyatda qatiy
rioya qilishni ham taqazo qil adi.
Yuristning kasb etikasi fanining predmeti sud-huquq tizimida faoliyat
ko’rsatuvchi xodimlar faoliyati bilan bog’liq bo’lib huquqshunoslik sohasi
xodimlarining kasbiy faoliyatida umuminsoniy va umumiy axloq normalariga qoida
va talablariga og’ishmay rioya qilish, kasbiy burchga sadoqatli bo’lish bilan bog’liq.
Yuristning kasb etikasi boshqa kasbiy faoliyat sohalari (tibbiyot, jurnalistika,
diplamatiya, tadbirkorlik va h.k.) talablaridan tashqari faqat shu soha vakillariga xos
axloqiy talablarni(tergov materiallarini sudgacha sir tutish, xodimlarning bir
birlarining ishlariga aralashmasligi, yuqori vakolatli xodimlarning(prokuratura
xodimlarining) adolatni qaror toptiruvchi xodimga (sudyaga) o’z hukmini o’tkazishga
urinmasligi h.k.) ham mavjudligi bilan farqlanadi.
Yuristning kasb etikasi fanining ob’yekti – jamiyat va shaxs hayotida
kuzatiladigan axloqqa zid illatlardir.
Yuristning kasb etikasi faning predmeti esa yurist kasbiy faoliyati uchun
muhim va zarur bo’lgan axloq normalarini, printsiplarini va qoidalarini o’rganishdir.
2. “Yuristning kasb etikasi” faning maqsadi.
4
“Yuristning kasb etikasi” fanining maqsadi – mustaqil O’zbekiston hayotida
yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy o’zgarishlar
istiqbolida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati uchun har tomonlama va chuqur
bilimga ega bo’lgan jismonan sog’lom, aqlan va vijdonan pok, ma’naviy jihatdan
barkamol kadrlarni tarbiyalash bilan bog’liq.
Bu haqida Prezident I.Karimov “Hozirgi vaqtda islohatlar taqdirini eng avvalo
davlat va jamiyat idoralarida ma’sul lavozimda o’tirgan odamlar hal qilishini,
binobarin, ular shu masalaga bevosita javobgar ekanini barchamiz chuqur anglab
olishimiz kerek” deb takidlaydilar.2
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga huquqiy tartibni
mustahkanlash, fuqrolarning huquqlarini va qonuniy manfatlarini himoya qilish,
jinoyatchilikga qarshi kurash, xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish
vazifasi tushadi. Bu vazifani samarali uddalash uchun sud va huquqni muhofaza
qiluvchi organlar o’z saflarini siyosiy jihatdan yetuk, va vijdonan pok, adolatparvar,
qatiyatli kadrlar bilan to’ldirib borishi hamda ma’naviy va axloqiy jihatdan tozalab
turishi lozim bo’ladi.
Yuristning kasb etikasi fanining maqsadi sud va huquqni muhofaza qiluvchi
organlarga mehnatkash, siyosiy jihatdan yetuk, malakali kadrlarni tayyorlash bilan
bog’liq. Buning uchun ular dastavval axloq kategoryalari, printsiplari, qonun
qoidalari va talablari haqida dastlabki tasavvurlarga ega bo’lishligi lozim. Kishilik
axloqi - bilimlar - axloq normalarini chuqur anglash uchun o’ziga xos poydevor
ro’lini bajaradi. Axloq va uning normalari haqida tushunchasi bulmagan kishiga -
axloq talablari haqida gapirish yoxud talab qilish befoyda. Shunday ekan yuristning
kasb etikasi fanining maqsadi ham – talabalarga dastlasbki axloqiy tushuncha,
nazariya va printsiplar haqida bilim berish hamda ularning kasbiy faoliyati sohasida
namoyon bo’lishligining xususiyatlari haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanib
2 I.A.Karimov. – O’zbek xalqi hech qachon hech kimdan kam bo’lmaydi. 13-jild. Toshkent.; “O’zbekiston”, 2005. 239-
bet.
5
borishidadir. Bo’lajak yurist kadrlarga kasbiy axloq haqida, umumiy axloq normalari
haqida tushuncha bermaslikni gapirish otdan oldin aravani qo’yish bilan tengdir.
3. “Yuristning kasb etikasi” fanining vazifalari.
O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyati sud hokimyati faoliyati bilan uzviy bog’liq. Shakllantirilayotgan huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyatini odil sudlov institutisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Mamlakatimizda bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan sud-huquq islohatlarining
amaliyotda sud hokimyati mustaqilligiga, erkinligiga erishish maqsadi ham odil
sudlovni qaror toptirshdir. Yuristning kasb etikasi haqida gapirganda shu jihatni
nazarda tutish lozim buladi. Birinchisi - jamiyatda umumiy axloq normalari,
meyorlari va qoidalari mavjudligi bo’lgan, ikkinchisi – huquqshunoslikning kasbiy
faoliyatning u yoki bu turi bilan bog’liq axloq normalarining mavjudligi bilan
bog’liq.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy axloqi shu jihatdan
turli shakllarga ega, shu ma’noda sud’yalar odob-ахloqi qoidalari, ichki ishlar
idoralari xodimlarining kasb odobnomasi, advakatlarning kasb etikasi qoidalari,
prokrotura organlari xodimlarining kasb odobnomasi yoxud davlat bojxona yoxud
soliq qumitalari xodimlarining kasb odobi haqida gapirish mumkin. Tarkib va tuzilish
jihatdan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining kasbiy axloq qoidalari har
bir xizmatning ichki xususiyatlaridan kelib chiqadi va jamiyatda qaror topgan
umumiy axloq qoidalariga bo’ysinadi, aniqrog’i ular bilan uyg’unlashadi. Kasbiy
axloq va umumiy axloq qoidalari o’rtasida o’zaro ziddiyat istisno etiladi. Ayrim
huquqiy sohalarda axloq - yoki axloq odobnomasi ushbu kasbga kirishni ixtiyor
qilgan kishiga kasbiy qasamyod shaklidagi axloqiy talablarni ham qamrab oladi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi qonunining 44-
moddasi aynan kasbiy qasamyodga bag’ishlangan desa bo’ladi. Yoxud tibbiyot
6
xodimlarining “Gippakrad qasamiyodi” deb yuritiluvchi kasbiy deontologiya
normalarini kasbiy etika fanining tarkibiga kiritish mumkin. Ushbu fikrni
rivojlantirsak “Jurnalist etikasi”, “Diplomat etikasi” yoxud “Deputat etikasi” kabi
kasbiy etika normalari tizimi xususida gapirish mumkin bo’ladi. Kasbiy etika haqida
gapirganda huquqning kishilik jamiyati axloqining posboni ekanligini unutmaslik,
har qanday qonunning mazmuni axloq normalari ekanligini, qonun ushbu normalarni
kishi va jamiyat hayotida tug’ri ishlatilishini ta’minlovchi vosita ekanligini
unutmaslik lozim bo’ladi.
Bu jihat umuminsoniy siyosiy, huquqiy va axloqiy hujjatlarda ham o’z
ifodasini topgan bo’lib, milliy qonunchilik xalqaro huquqiy normalar va qoidalar
bilan o’zaro uyg’unlashib ketgandir. Milliy qonunchilik, insonparvarlik, inson tabiiy
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan umuminsoniy huquqiy normalarga bo’ysingan
va ularning ustuvorligiga asoslanadi. Misol tariqasida BMT tomonidan 1948-yilda
qabul qilingan “Inson huquqlari umum jahon dekloratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy
huquqlar tug’risidagi” xalqaro Pakt va boshqa hujjatlarni keltirish mumkin. Qayd
qilingan Paktning 10-moddasida ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga nisbatan
insoniylarcha munosabatda bo’lish ularning sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilish
talab qilinadi.
Bugungi kunda barcha davlatlarning Konstitutsiyaviy qonunchiligida sud
hokimyatining tashkiliy jihatlaridan tashqari axloqiy mazmuni ham e’tiborga olingan,
inson va uning hayoti, qadr - qimmati, manfaatlari oliy qadiryat deb tan olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson, uning hayoti eng oliy
qadiryat bo’lib, amaldagi milliy qonunchiligimiz yuksak insonparvarlik g’oyasi bilan
sug’orilgan boy mazmunga asoslangandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasi
barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklari ularning jinsi, irqi, millati, tili,
dinidan, ijtimoiy kelib chiqishidan va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar teng
huquqliligini ta’minlaydi. Ushbu normada insonparvarlik pirintsipi aks etganligini
kuzatamiz. Insonparvarlik printsipi bosh qonun asosida yaratilgan va yaratilayotgan
barcha qonunlarimizda markaziy o’rinni egallaydi.
7
Yuristning kasb etikasi fani aynan shu printsipni sud va huquqni muxofaza
qiluvchi idoralar xodimlari faoliyatida ustuvor kasbiy printsip ekanligini ta’minlovchi
fan sohasidir. Jinoyat – protsessual qonunchiligimiz ham aynan buzilgan huquqlarni
tiklash yoxud har qanday jinoiy xatti – harakatlarni jazosiz qoldirmaslikdan iborat.
Demak, odil sudlovni amalga oshirishga bo’ysindirilgandir. Jinoyat qonunchiligi
shaxs va jamiyatni ijtimoiy ahvoli, tajovuzlardan himoya qiladi, jinoiy xatti
harakatlarning inson va jamiyat hayoti uchun qanchalik zararli yoki xavfliligidan
kelib chiqib jazo tayinlaydi. Bu umumiy axloq kategoriyalari – yaxshilik va
yomonlik, ezgulik va yovuzlik kategoriyalari asosida amalga oshiriladi. Buning
uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudya ushbu kategoriyalar
mazmunini chuqur bilishi va ularni ko’rilayotgan ishga mazmunan tadbiq qilishi
lozim bo’ladi. Bu o’z o’zidan kasbiy axloqni umumiy axloq normalari bilan uzviy
bog’lash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bugungi kasbiy axloqning mazmuni yuksak
axloqiy normalar bilan to’ldirilgan bo’lib, bu birdaniga yuzaga kelmagan. Jinoyat
qonunchiligining tarixida inson qadr-qimmati kamsitilgan, insonni qiynoqqa solgan,
uning hayoti qadrsizlangan, inkivizitsiya sudlari, totalitarizm huquqshunosligi
davrlarini boshdan kechirgan. Bugungi kasbiy axloq qonuni jazo vositasi emas, balki
ko’proq tarbiya vositasi bo’lishligini taminlashga qaratilgan.
Yurtboshimiz I.Karimov sud - huquq islohatlari haqida gapirar ekanlar jinoiy
jazoni liberallashtirish jarayonida bundan buyon sud, prokurotura va ichki ishlar
idoralari bilan bundan buyon jazolovchi idoralar emas, balki kishilarga to’g’ri yo’l
ko’rsatadigan, ularga qonun va qoidalarni hurmat qilishga o’rgatadigan idoralar
bo’lishligi lozimligini ta’kidlaydilar.
Yuristning kasb etikasining eng muhim xususiyatlaridan biri – inson taqdiri
bilan bog’liq masalalarni hal qilishda his tuyg’uga berilmaslik, tanish bilishchilik,
qarindosh – urug’chilik, mahalliychilik yoxud millatchilik kabi tuyg’ularga
berilmaslik odil sudlovni amalga oshirishning barcha bosqichlarida axloq
normalariga og’ishmay rioya qilishni o’rgatadi.
Bu jihat afsonaviy adolat mabudasi – Femida obrazi orqali ifoda etiladi. Ko’zi
bog’liq, tarozini qo’lida ushlab turgan ayol obrazi – odil sudlov ramzidir. Bu ramz,