ZAGOTOVKALARNI MOSLAMALARDA BAZALASHTIRISH

Yuklangan vaqt

2024-04-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

139,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
ZAGOTOVKALARNI MOSLAMALARDA BAZALASHTIRISH 
 
 
REJA: 
2.1.Zagotovkalarni moslamalarda bazalashning asosiy tamoyillari. 
2.2. Moslamalarda o‘rnatish xatoligi 
2.3. Moslamani aniqlikka hisoblash 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz ZAGOTOVKALARNI MOSLAMALARDA BAZALASHTIRISH REJA: 2.1.Zagotovkalarni moslamalarda bazalashning asosiy tamoyillari. 2.2. Moslamalarda o‘rnatish xatoligi 2.3. Moslamani aniqlikka hisoblash
Ilmiybaza.uz 
 
2.1.Zagotovkalarni moslamalarda bazalashning asosiy tamoyillari. 
Xar bir ishlov beriladigan jism o‘z o‘rnatish bazasiga ega bo‘lishi shart. 
O‘rnatish bazasi zagotovkani dastgohda kesish asbobi traektoriyasiga 
nisbatan to‘g‘ri joylashtirish uchun ishlatiladigan zagotovkaning elementlari 
yig‘indisi ko‘rinishida bo‘ladi. 
O‘rnatish bazasi tayanch baza yoki tekshirish bazasi ko‘rinishida bo‘lishi 
mumkin, shuning uchun bazalashning ikki usuli mavjud: 
1) tekshirish o‘rnatish bazalari bo‘yicha; 
2) tayanch o‘rnatish bazalari bo‘yicha; 
Tekshirish o‘rnatish bazasi bu zagotovkani dastgohda joylashish xolatini 
to‘g‘ri ta’minlaydigan uning elementlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 
Tayanch o‘rnatish bazasi sifatida moslamada o‘rnatish uchun xizmat 
qiladigan zagotovkaning elementlari yig‘indisi xizmat qiladi. 
Tekshirish bazalari sifatida zagotovka sirtlaridan tashqari razmetka 
(belgilab chiqish) davrida chizilgan chiziqlar, o‘qlar, markazlar, ba’zi 
xollarda ishlov beriladigan sirtlarning o‘zlari xam xizmat qiladi. Tekshirish 
bazalari bo‘yicha bazalash ko‘p vaqt talab qilishi sababli odatda donalab 
ishlab chiqishda ishlatiladi. 
Tayanch bazalar bo‘yicha zagotovkalar bazalanadigan bo‘lsa, ularni 
xolatini tekshirishga zaruriyat qolmaydi. Zagotovkani baza sirtlari 
moslamani o‘rnatish elementlari bilan kontaktga kirishi bilan talab qilingan 
xolatga keltiriladi. 
Ishlov berish shartlariga karab zagotovka dastgohda kesish asbobi 
traektoriyasiga nisbatan to‘liq yoki noto‘liq orientatsiyalanadi (to‘liq yoki 
soddalashtirilgan bazalash). Birinchisida zagotovka moslamada barcha 
yo‘nalishlar bo‘yicha aniq xolatga keltiriladi (2.1 rasm). 
 
 
Ilmiybaza.uz 2.1.Zagotovkalarni moslamalarda bazalashning asosiy tamoyillari. Xar bir ishlov beriladigan jism o‘z o‘rnatish bazasiga ega bo‘lishi shart. O‘rnatish bazasi zagotovkani dastgohda kesish asbobi traektoriyasiga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish uchun ishlatiladigan zagotovkaning elementlari yig‘indisi ko‘rinishida bo‘ladi. O‘rnatish bazasi tayanch baza yoki tekshirish bazasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, shuning uchun bazalashning ikki usuli mavjud: 1) tekshirish o‘rnatish bazalari bo‘yicha; 2) tayanch o‘rnatish bazalari bo‘yicha; Tekshirish o‘rnatish bazasi bu zagotovkani dastgohda joylashish xolatini to‘g‘ri ta’minlaydigan uning elementlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Tayanch o‘rnatish bazasi sifatida moslamada o‘rnatish uchun xizmat qiladigan zagotovkaning elementlari yig‘indisi xizmat qiladi. Tekshirish bazalari sifatida zagotovka sirtlaridan tashqari razmetka (belgilab chiqish) davrida chizilgan chiziqlar, o‘qlar, markazlar, ba’zi xollarda ishlov beriladigan sirtlarning o‘zlari xam xizmat qiladi. Tekshirish bazalari bo‘yicha bazalash ko‘p vaqt talab qilishi sababli odatda donalab ishlab chiqishda ishlatiladi. Tayanch bazalar bo‘yicha zagotovkalar bazalanadigan bo‘lsa, ularni xolatini tekshirishga zaruriyat qolmaydi. Zagotovkani baza sirtlari moslamani o‘rnatish elementlari bilan kontaktga kirishi bilan talab qilingan xolatga keltiriladi. Ishlov berish shartlariga karab zagotovka dastgohda kesish asbobi traektoriyasiga nisbatan to‘liq yoki noto‘liq orientatsiyalanadi (to‘liq yoki soddalashtirilgan bazalash). Birinchisida zagotovka moslamada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aniq xolatga keltiriladi (2.1 rasm).
Ilmiybaza.uz 
 
2.1-rasm. Detallarni to‘lik bazalashtirish varianti. 
 
Bu eng ko‘p ishlatiladigan usul. Zagotovkani to‘liq orientatsiya qilish 
uchun bazalar tayanchlardan uzilmaslik sharti bajarilishi bilan birga 
tayanchlar soni va joylashishi zagotovkaning uchta koordinata o‘qlariga 
nisbatan siljishlardan va buralishlardan saqlash imkonini berishi kerak. Shu 
shartlar bajarilsa zagotovka barcha erkinlik darajalaridan mahrum bo‘ladi. 
Zagotovkani moslamada turg‘unligini oshirish uchun tayanchlar soni oltiga 
teng bo‘lib ular orasidagi masofalar iloji boricha katta bo‘lishi kerak. 
Noto‘liq (soddalashtirilgan) bazalashda ishlov berish shartlariga binoan 
ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha zagotovkani aniq o‘rnatilishi shart 
bulmaydi.(2.2, 2.3 rasm). 
Ilmiybaza.uz 2.1-rasm. Detallarni to‘lik bazalashtirish varianti. Bu eng ko‘p ishlatiladigan usul. Zagotovkani to‘liq orientatsiya qilish uchun bazalar tayanchlardan uzilmaslik sharti bajarilishi bilan birga tayanchlar soni va joylashishi zagotovkaning uchta koordinata o‘qlariga nisbatan siljishlardan va buralishlardan saqlash imkonini berishi kerak. Shu shartlar bajarilsa zagotovka barcha erkinlik darajalaridan mahrum bo‘ladi. Zagotovkani moslamada turg‘unligini oshirish uchun tayanchlar soni oltiga teng bo‘lib ular orasidagi masofalar iloji boricha katta bo‘lishi kerak. Noto‘liq (soddalashtirilgan) bazalashda ishlov berish shartlariga binoan ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha zagotovkani aniq o‘rnatilishi shart bulmaydi.(2.2, 2.3 rasm).
Ilmiybaza.uz 
 
 
2.2-rasm. Prizmatik detallarni soddalashtirilgan bazalashtirish varianti. 
 
 
2.3-rasm. silindrik detallarni soddalashtirilgan bazalashtirish varianti. 
 
Soddalashtirilgan bazalashda zagotovka 1,2 yoki 3 erkinlik darajalariga 
ega bo‘lishi mumkin, yoki 5,4 va 3 tayanch nuqtalri bo‘yicha o‘rnatilishi 
mumkin. 
Bikrligi past yoki turg‘unligi yetarli bo‘lmagan zagotovkalarga ishlov 
berilganda tayanch nuqtalar sonini oltitadan oshirishga zaruriyat tug‘ilishi 
mumkin (rasm 2.4). 
Ilmiybaza.uz 2.2-rasm. Prizmatik detallarni soddalashtirilgan bazalashtirish varianti. 2.3-rasm. silindrik detallarni soddalashtirilgan bazalashtirish varianti. Soddalashtirilgan bazalashda zagotovka 1,2 yoki 3 erkinlik darajalariga ega bo‘lishi mumkin, yoki 5,4 va 3 tayanch nuqtalri bo‘yicha o‘rnatilishi mumkin. Bikrligi past yoki turg‘unligi yetarli bo‘lmagan zagotovkalarga ishlov berilganda tayanch nuqtalar sonini oltitadan oshirishga zaruriyat tug‘ilishi mumkin (rasm 2.4).