Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar
Reja:
1. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari.
2. Zamonaviy darslar qo‘yiladigon talablar.
3. O‘quv-biluv jarayoni.
Dars—maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi
doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga
yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars— insoniyat tomonidan minglab yillar
mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda
oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars shakli Turkistonda uzoq
zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini
taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida
taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan.
Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda
bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan
mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan.
Turkiston
maktablarida
taʼlimning
dars
shakli
boʻlganligi
bilan
mashgʻulotlarni sinf-dars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan.
Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik
mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining o‘zi
tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan tartib asosida
uyushtirilgan.
Ayni
vaqtda,
madrasa
darslarida
talabalarning
mustaqil
oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning
jamoa va individual shakllari xos boʻlgan.
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni
osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy
faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv
mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Har qanday jamiyatda dars jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan
vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari taʼlim jarayonining
qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan
qatʼiylashadi.Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy dars
oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼiy nazar quyidagi xususiyatlarga
ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi,
oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va
izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi,
insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda
oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud
darsdir. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va
oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 daqiqani tashkil etadi.
Taʼlim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi.
Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi
yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida
aks ettiriladi.
Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni oʻquvchi
xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat
boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday qatʼiy tarkibni
talab etmaydi. Dars va maktab tajribasi bu tizimni maʼqullamadi. Oʻquv jarayonida
darsni tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyilmagan va hamma uchun majburiy
boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni
amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va
bu masalani dars tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha darsni
yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini lobaratoriya topshiriqlarini
bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu oʻquvchilar
tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni
amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars tarkibi masalasi darsni
tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga,
didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning
qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, dars kirish, yangi bilim berish,
mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda
qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir dars
jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan
aralash dars koʻp uchraydi. Dars oʻquv jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli
sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar,
muammoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi darslar mavjud.
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o‘yinlarning ahamiyati kattadir.
Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo‘lib inson
turmush tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi
rivojlanishida o‘quv-biluv faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar bilish
faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar,
g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirishlari natijasida amalga
oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o‘qitishning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos
tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega.
Dastlab, pedagoglar o‘quvchilarning rivojlanishi o‘z-o‘zidan amalga oshadi,
degan fikrni ilgari surganlar. Ta'limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so‘ng,
ular bu ta'sirning beixtiyor xarakterga ega ekanini ta’kidlaganlar. Shu bilan bir
qatorda, o‘quvchilarni o‘qitish va aqliy rivojlantirish muammosi bo‘yicha shaxsiy
nuqtai nazarlar vujudga keldi. Mazkur nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi
tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchi rivojlanishini jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat
yakunlangan turkumlarda quriladi.Ushbu yondashuv asosida pedagogika fanida
ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi vujudga keldi.
Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas. Boshlan‘ich sinf
o‘quvchilari uchun bu vaqt obrazli tafakkur qilish asosida intellektual rivojlanish
davridir. Bu asosan o‘quv-biluv jarayonida amalga oshadi. O‘quv-biluv jarayonida
shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz o‘quvchilar uchun yetakchi bo‘lgan
rivojlanish yo‘nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual rivojlanishda o‘z-
o‘zini hurmat qilishning asosini o‘quvchilarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil
qiladi. Bu o‘quv-biluv jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, aksariyat o‘quvchilarda bunday tajriba mavjud emas. O‘z faoliyati
natijasidan qoniqmaslik o‘quvchilar o‘z-o‘zlarini hurmat qilishlarining asosini
tashkil eta olmaydi. Bu yo‘nalishda muhim o‘rin egallaydigan qonuniyatlardan biri
o‘quvchilarda muayyan o‘quv vaziyatlarida bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy
tenglik hamda o‘z-o‘zlarini hurmat qilishdan iborat. Bu o‘quvchilar faoliyatlari
orqali namoyon bo‘lib bilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quvchining
kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga bu faoliyatni qanday
kengaytirish kerak, degan savolni qo‘yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili
va amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida o‘quvchilardagi bilish faoliyati quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat:
- bilish qiziqishlari;
- o‘quv maqsadlari;
- hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik;
- shaxsiy tajribalar hamda ko‘nikmalar.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyondasi I.M.
Sechenovning (1829—1905) «Bosh miya rsflekslari» degan mashxur asari 1863-
yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi
Sechenov—bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan
hodisalardir».Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan
ta’limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati
fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy
qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.
Izlanishlarimizning asosini muayyan o‘quv vaziyatlarida o‘quvchilarning
bilish faoliyatlarini kengaytirishning samarali yo‘llarini tashkil qiladi. O‘z-o‘zini
hurmat qilish har bir shaxsning tahliliy sifatidir. Buning tarkibini tahlil qilish orqali
o‘quvchining mayllari, qadriyatlari, tayanadigan qoidalarini aniqlashga muvaffaq
bo‘lindi. O‘quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda o‘quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda ular faolligini
ta’minlash uch yo‘nalishga ajratilgan.
- namunaga asoslangan taqlidiy;
- izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik;
- ijodiy bilish faoliyati.
Taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo‘ladi. Ideal
tarzda bo‘lgani singari, predmetlilik asosida ham o‘quvchilarni tirishqoq bo‘lishga
undaydi. Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyati bilan
qiyosiy tarzda o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan muammoli vaziyatlarni yechish
yo‘llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa bilish faoliyati hosil
bo‘lishining yuqori shakli sifatida muammolarni yechishning yangi, o‘ziga xos
usullarini
izlash,
o‘z
xatti-xarakatlarini
mustaqil
boshqarishning
yuqori
ko‘rsatkichlarini namoyon qilish, hamda mazkur darajani shaxsiy faollik bilan
qiyoslash mumkin.
An’anaviy ta’lim sharoitida bilish faoliyati o‘qituvchining o‘quvchilarga
tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan harakati sifatida tushuniladi.
Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o‘tish
zarurligini tushuna boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik
esa barcha axborotlar o‘quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini
mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘ldilar. O‘qituvchi
o‘quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi
mustaqil
izlanish
uchun
asos
bo‘lishiga
erishish
nazarda
tutilmoqda.
O‘quvchilarning
bilish
faoliyatlarini
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan
ilmiy
yondashuvlar ikkita asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi:
1.Didaktik yondashuvlar. Bunda asosiy e'tibor o‘qituvchilar faoliyati,
o‘quvchilarning
bilish
faoliyatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan
metodik
vositalarning o‘rnini o‘rganishga qaratilgan.
2.Psixologik yondashuv. O‘quvchilar o‘zlarining psixologik-pedagogik
xususiyatlarini hisobga olgan holda bilish faoliyatidan foydalanadilar. Bilish
jarayonining barcha darajalarini tahlil qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad - uning
turlarini
aniqlashdan
iboratdir.
Chunki
bilish
turlari
ta’lim
jarayonida
o‘quvchilarning o‘zlashtirish usuli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Shu bois, bilish
faoliyatini o‘zlashtirishning turlarini aniqlashni o‘z oldimizga maqsad qilib
qo‘yganmiz. O‘quvchining bilish faoliyati muayyan ko‘rinishlar, shakllar, vositalar,
usullar, yo‘llar, metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, quyidagilarni
ta’kidlash mumkin:
1.Tabiiy sharoitdagi maktab amaliyotida bilish faoliyatini turli-tuman
ko‘rinishlarda vujudga keltirish.
2.O‘quvchi bilish faoliyatining hosil bo‘lish turlari, ko‘rinishlari, usullari,
shakllari, metodlariga ega bo‘lishi.
3.O‘qituvchilar bilish faoliyati turlarining yagona tasnifi mavjud emas.
Bilish
faoliyatini
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan
o‘quv
jarayonlari
loyihalashtirilganda umumlashgan bilish ko‘nikmalari o‘z-o‘zidan vujudga
kelmaydi. Chunki mazkur jarayonda maqsadga yo‘naltirilgan maxsus o‘quv
vaziyatlari amalga oshadi. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilarni umumlashgan
ko‘nikmalarni egallashga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi ularda xususiy
xarakterdagi o‘quv-biluv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. O‘quvchining
bilish faoliyatini rivojlantirishda o‘quv vaziyatlari o‘ziga xos didaktik ahamiyat kasb
etadi.
O‘quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida o‘quvchi o‘quv predmeti
mazmunini o‘zlashtirishga intiladi. O‘quvchi faoliyati o‘quv predmeti mazmunini
o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi. Ma’lumki, o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini boshqarish
holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. Bu jarayonda
o‘qituvchining vazifasi o‘quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning
faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir.
O‘rganish o‘quvchida o‘z xatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Mazkur
ishonchni egallash boshlang‘ich ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga
o‘quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib
aksariyat o‘quvchilar o‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganiga guvoh
bo‘lishi mumkin. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o‘quv jarayonidan
tashqaridagi erkin faoliyatiga ko‘proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va
bartaraf etish pedagogikaning ustuvor masalalaridandir. O‘quvchilar maktabga
borar ekanlar, o‘qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini
qozonishiga harakat qiladilar. Muammoning yechimi uzluksiz ta’limning o‘ta
muhim masalalaridan biridir. Bugungi kunda “o‘quvchi nima uchun sinfdan-sinfga
o‘tgan sari o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotadi?”, “Bunga kim aybdor,
o‘qituvchimi yoki o‘qitish metodlarimi?”, “O‘quvchining bilish jarayoniga bo‘lgan
qiziqishini uyg‘otishda o‘qituvchi qanday o‘rin egallaydi?”, "O‘qituvchi qanday
qilib, nima yordamida o‘quvchilarda o‘quv-biluv jarayoniga bo‘lgan qiziqishni
oshira oladi, bunda qanday vositalardan foydalanish kerak?” kabi savollar o‘z
yechimini
kutmoqda.
Pedagoglarning
e’tirof
etishlaricha,
o‘quvchining
muvaffaqiyatlari uning o‘quv-biluv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
O‘qishga bo‘lgan qiziqish o‘quvchilarda bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirshdan
ruhlangandagina vujudga keladi. O‘quvchi mehnati jarayonida quvonchini his qilsa,
qiyinchiliklarni bartaraf etganligidan faxrlansa, o‘quv jarayoniga alohida qiziqish
bilan qaray boshlaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘quv
mehnatidan quvonish vaziyatini yaratishi kerak. O‘quvchilar qalbida g‘urur va o‘z
muvaffaqiyatlariga loyiqlik hissini tarkib toptirish lozim. Muvaffaqiyat har bir
o‘quvchi erisha olishi uchun qulay bo‘lgan o‘quv vaziyatini vujudga keltirish orqali
ta’minlanadi. Mutaxassislar o‘quv vaziyatida o‘quvchining bilish ehtiyojlarini
qondirish uning rivojlanishida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab kelmoqdalar. Agar
o‘quvchiga o‘quv vaziyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyati berilsa, u hayotda
ham to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quv vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchining bilish
faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishini har tomonlama
asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o‘quvchi bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj
sezsa, ularda sog‘lom mayllar va qiziqishlar hosil bo‘ladi va ular bilish jarayonida
muvaffaqiyat qozonadilar.