Zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan talablar
Reja:
1. Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari.
2. Zamonaviy darslar qo‘yiladigon talablar.
3. O‘quv-biluv jarayoni.
Dars—maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi
doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga
yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars— insoniyat tomonidan minglab yillar
mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda
oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars shakli Turkistonda uzoq
zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini
taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida
taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan.
Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda
bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan
mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan.
Turkiston
maktablarida
taʼlimning
dars
shakli
boʻlganligi
bilan
mashgʻulotlarni sinf-dars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan.
Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik
mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining o‘zi
tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan tartib asosida
uyushtirilgan.
Ayni
vaqtda,
madrasa
darslarida
talabalarning
mustaqil
oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning
jamoa va individual shakllari xos boʻlgan.
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni
osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy
faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv
mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Har qanday jamiyatda dars jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan
vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari taʼlim jarayonining
qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan
qatʼiylashadi.Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy dars
oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼiy nazar quyidagi xususiyatlarga
ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi,
oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va
izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi,
insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda
oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud
darsdir. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va
oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 daqiqani tashkil etadi.
Taʼlim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi.
Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi
yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida
aks ettiriladi.
Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni oʻquvchi
xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat
boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday qatʼiy tarkibni
talab etmaydi. Dars va maktab tajribasi bu tizimni maʼqullamadi. Oʻquv jarayonida
darsni tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyilmagan va hamma uchun majburiy
boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni
amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va
bu masalani dars tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha darsni
yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini lobaratoriya topshiriqlarini
bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu oʻquvchilar
tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni
amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars tarkibi masalasi darsni
tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga,
didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning
qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, dars kirish, yangi bilim berish,
mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda
qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir dars
jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan
aralash dars koʻp uchraydi. Dars oʻquv jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli
sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar,
muammoli darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi darslar mavjud.
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o‘yinlarning ahamiyati kattadir.
Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo‘lib inson
turmush tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi
rivojlanishida o‘quv-biluv faoliyati muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar bilish
faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar,
g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirishlari natijasida amalga
oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o‘qitishning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos
tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega.
Dastlab, pedagoglar o‘quvchilarning rivojlanishi o‘z-o‘zidan amalga oshadi,
degan fikrni ilgari surganlar. Ta'limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so‘ng,
ular bu ta'sirning beixtiyor xarakterga ega ekanini ta’kidlaganlar. Shu bilan bir
qatorda, o‘quvchilarni o‘qitish va aqliy rivojlantirish muammosi bo‘yicha shaxsiy
nuqtai nazarlar vujudga keldi. Mazkur nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi
tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchi rivojlanishini jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat
yakunlangan turkumlarda quriladi.Ushbu yondashuv asosida pedagogika fanida
ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi vujudga keldi.
Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas. Boshlan‘ich sinf
o‘quvchilari uchun bu vaqt obrazli tafakkur qilish asosida intellektual rivojlanish
davridir. Bu asosan o‘quv-biluv jarayonida amalga oshadi. O‘quv-biluv jarayonida
shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz o‘quvchilar uchun yetakchi bo‘lgan
rivojlanish yo‘nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual rivojlanishda o‘z-
o‘zini hurmat qilishning asosini o‘quvchilarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil
qiladi. Bu o‘quv-biluv jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, aksariyat o‘quvchilarda bunday tajriba mavjud emas. O‘z faoliyati
natijasidan qoniqmaslik o‘quvchilar o‘z-o‘zlarini hurmat qilishlarining asosini
tashkil eta olmaydi. Bu yo‘nalishda muhim o‘rin egallaydigan qonuniyatlardan biri
o‘quvchilarda muayyan o‘quv vaziyatlarida bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy
tenglik hamda o‘z-o‘zlarini hurmat qilishdan iborat. Bu o‘quvchilar faoliyatlari
orqali namoyon bo‘lib bilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘quvchining
kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga bu faoliyatni qanday
kengaytirish kerak, degan savolni qo‘yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili
va amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida o‘quvchilardagi bilish faoliyati quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat:
- bilish qiziqishlari;
- o‘quv maqsadlari;
- hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik;
- shaxsiy tajribalar hamda ko‘nikmalar.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyondasi I.M.
Sechenovning (1829—1905) «Bosh miya rsflekslari» degan mashxur asari 1863-
yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi
Sechenov—bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan
hodisalardir».Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan
ta’limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati
fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy
qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.
Izlanishlarimizning asosini muayyan o‘quv vaziyatlarida o‘quvchilarning
bilish faoliyatlarini kengaytirishning samarali yo‘llarini tashkil qiladi. O‘z-o‘zini
hurmat qilish har bir shaxsning tahliliy sifatidir. Buning tarkibini tahlil qilish orqali
o‘quvchining mayllari, qadriyatlari, tayanadigan qoidalarini aniqlashga muvaffaq
bo‘lindi. O‘quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda o‘quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda ular faolligini
ta’minlash uch yo‘nalishga ajratilgan.
- namunaga asoslangan taqlidiy;
- izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik;
- ijodiy bilish faoliyati.
Taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo‘ladi. Ideal
tarzda bo‘lgani singari, predmetlilik asosida ham o‘quvchilarni tirishqoq bo‘lishga
undaydi. Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyati bilan
qiyosiy tarzda o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan muammoli vaziyatlarni yechish
yo‘llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa bilish faoliyati hosil
bo‘lishining yuqori shakli sifatida muammolarni yechishning yangi, o‘ziga xos
usullarini
izlash,
o‘z
xatti-xarakatlarini
mustaqil
boshqarishning
yuqori
ko‘rsatkichlarini namoyon qilish, hamda mazkur darajani shaxsiy faollik bilan
qiyoslash mumkin.
An’anaviy ta’lim sharoitida bilish faoliyati o‘qituvchining o‘quvchilarga
tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan harakati sifatida tushuniladi.
Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o‘tish
zarurligini tushuna boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik
esa barcha axborotlar o‘quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini
mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘ldilar. O‘qituvchi
o‘quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi