Zamonaviy maktab o`qituvchisining vazifalari.
Reja:
Reja:
1. O’qituvchi va uning jamiyatda tutgan o’rni.
2. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan asosiy talablar.
3. O’qituvchining kasbiy shakllanish jarayoni.
1. Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri
– o’qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki,
o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati
orqali bu g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O’qituvchining ko’p
qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib
tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi.
Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni
o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va
o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib boorish va hokazo.
Bularning hammasi o’qituvchidan chuqur bilimga ega bo’lishni, o’z sohasini,
bolalarni sevishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari
quyidagicha belgilangan: …"mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat'i nazar, ijodiy
jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida
tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy
va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak". Ushbu fikrlar
o’qituvchilarga ham bevosita taalluqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub
o’zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy
bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni
taqozo qilmoqda. Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchisi xususida alohida
to’xtalmoq zarur.
2. Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o’z kasbiga
sadoqatliligi, g’oyaviy e'tiqodliligi, o’z kasbini sevishi o’qituvchini boshqa kasb
egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada
olib borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi
shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan
predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur.
Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o’quvchilarga
yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo’lgan qiziqishini oshiradi,
o’qituvchining obro’sini oshiradi. O’quvchilar p’qituvchining o’z bilimlarini
bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning
fidoyiligini ham taqdirlashadi.
O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan muhim talablardan biri – bolalarni sevish,
ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani
sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga sodiq fuqaro
qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi.
Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga loqayd
inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi. "Boshlang’ich ta'lim konsepsiyasi"da
boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi quyidagicha ta'riflanadi: "…eng
muhimi, bolalarda o’qish, o’rganishga chinakam havas, ishtiyoq uyg’otuvchi,
e'tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o’rin tutadi".
Bu konsepsiyada boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan quyidagi
talablar ham keltiriladi:
- "…O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixor
tuyg’usiga ega bo’lishi;
- bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz
asosida tarbiya qila olishi;
- nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til
uslubi va me'yorini to’la egallagan bo’lishi" zarur.
O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik
odob shakllantiradi. Pedagogik odob o’qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U