Zamonaviy olimpiya o‘yinlarining qayta tiklanishi. Tarixiy sharh
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
53,0 KB
Zamonaviy olimpiya o‘yinlarining qayta tiklanishi. Tarixiy sharh.
Reja:
1. Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash g‘oyalarining rivojlanishi.
2. Olimpiya shahrida olib borilgan arxeologik qazilmalar va ularning
tahlili.
3. XIX asrning oxirida zamonaviy olimpiya o‘yinlarini tiklash
g‘oyasining hayotga tatbiq etilishi.
4. P'yer de Kuberten faoliyatining ahamiyati.
5. I Xalqaro ta’sis Kongressi (1894) va uning tarixiy ahamiyati.
Xalqaro sport va olimpiya harakati XIX asrning oxirida vujudga kelgan.
Xalqaro sport va olimpiya harakati vujudga kelishining eng muhim sabablaridan biri
sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini tuzish bo‘lgan. Zamonaviy
sport XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarish, harbiy ishlar, fan,
madaniyat va san’at sohalaridagi taraqqiyot mahsuli sifatida vujudga kelgan.
XIX asrning boshlarida sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib borilgan.
1829 yil Angliyada Kembrij va Oksford universitetlari o‘rtasida eshkak eshish
bo‘yicha musobaqa uyushtirilgan. 1838 yildan boshlab esa Xenleyn parus va eshkak
eshish regatasi o‘tkazilgan.
1845 yilda Angliyaning Iton shahrida yengil atletika birinchi xalqaro
musobaqalari o‘tkazilgan. 1847 yil Rossiyaning Peterburg shahrida yelkanli sport
bo‘yicha birinchi rasmiy musobaqa o‘tkazilgan. 1852 yilda AQShda Vinnipeg
ko‘lida eshkak eshish bo‘yicha musobaqa tashkil etilgan. Vengriya, Gresiya va
boshqa bir qator mamlakatlarda, Amerika, Avstraliyada suzish bo‘yicha
musobaqalar tashkil etilgan.
1860-yillarda Angliyada 15 ta klub mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida
musobaqalar o‘tkazish an’anaga aylangan. 1863 yilda Angliyada futbol ligasi tashkil
etilgan. Futbol texnikasi va taktikasi ancha takomillashtirilgan. Bu hozirgi davr
futbolining yaratilish asosini tashkil etgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida juda ko‘p zamonaviy sport turlari va sport
o‘yinlari vujudga kelgan. Turli mamlakatlarda sport klublari tashkil etilib,
musobaqalar o‘tkazilgan, sport inshootlari qurilgan. Bu davrda ko‘pgina sport
o‘yinlari ham rivojlangan. Rossiya, Germaniya, Gresiya, Vengriya kabi
mamlakatlarda asosan kurash mashur edi. Shu asrning oxirlariga kelib jismoniy
mashqlar, gimnastika, sport o‘yinlari va turizmni bir-biridan ajratish, alohida
turlarga bo‘lish tizimiga asos solingan. Angliyada laun-tennis va kriket rivoj topgan,
ular uchun maxsus o‘yin maydonlari qurilgan. Evropa mamlakatlarida velosport
vujudga kelgan. Bunda rezinali kameraning yaratilishi muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan.
Shu asrda rivoj topgan sport turlaridan yana biri boks edi. Angliyada bu sport
turi keng tarqalib, professional turga aylangan. Frantsiya, Italiya, Germaniya,
Vengriya, Rossiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda shpaga va rapirada qilichbozlik
xalq orasida keng tarqalgan sport turi hisoblangan. Ot sporti, miltiq, to‘pponcha va
kamondan o‘q otish ham rivojlangan edi.
XIX asrda ayrim mamlakatlarda Olimpiya o‘yinlarini amaliy jihatdan
tiklashga harakat qilingan. 1834-1836 yillarda Shvetsiyada ikki marotaba
Skandinaviya Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Uning dasturidan qisqa va o‘rta
masofalarga yugurish, balandlikka va langar cho‘p bilan sakrash, kurash kabi turlar
joy olgan. Bu o‘yinlar Lind universitetining professori Gustav Iogann Shartau
tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Uning taklifi bilan qadimgi olimpiadalar haqida
ma’ruzalar o‘qilgan.
Gresiya tomonidan qadimgi olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash haqidagi
takliflar ko‘p takrorlangan. Mamlakat mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Evangelis
Tsappas har to‘rt yilda o‘yinlarni o‘tkazish va unda sport, sanoat va qishloq ho‘jalik
mahsulotlari ko‘rgazmalarini tashkil etishni taklif qilgan edi. Evangelis Tsappas
olimpiya o‘yinlari jarayonida ko‘rgazmalar asosida savdo, iqtisod va madaniy
aloqalarning o‘zaro kuchayishini ko‘ra bilgan, o‘z mablag‘lari hisobiga savdo va
ko‘rgazma zallari qurdirgan. 1859 yilda uning tashabbusi bilan Afinada
“Olimpiyalar” o‘tkazilib, unda faqat yunonlar ishtirok etgan. Moddiy ta’minotning
talabga javob bermagani sababiga ko‘ra, bu o‘yinlar (1870, 1875, 1888 yil)
muntazam o‘tkazilmagan. Bu davrda ko‘p mamlakatlardagi sport klublari milliy
uyushmalar, ligalar va asotsiatsiyalarga birlasha boshlagan. 1868 yilda Germaniyada
gimnastika uyushmalari Nemis gimnastika uyushmasiga birlashgan. 1888 yil
AQShda havaskor atletik uyushmasi, 1903 yil Shvetsiyada - umumshved sport
uyushmasi tashkil etilgan. Umummilliy sport tashkilotlari boshqa mamlakatlarda
ham yuzaga kelgan. Germaniya, Angliya, Frantsiya, AQSh, Rossiya, Italiya kabi
taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuqori darajaga
ko‘tarilgan. Bu davrda ishlab chiqarish, fan, ta’lim tez rivojlandi. Bu jarayonlar
ishlab chiqarish, xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va bir qator boshqa yangi
tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etgan. Xalqaro sport aloqalarining
vujudga kelish sabablaridan biri jahon mamlakatlarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy jarayonlarning rivojlanishidadir.
Yevropa
mamlakatlari
va
Amerikada
ilmiy-tehnik
taraqqiyot
jarayonining mahsuli sifatida aloqa va kommunikatsiya vositalari yuzaga kelgan.
Bunday sharoitda turli sohalar bo‘yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya’ni
iqtisodiy, ilmiy, madaniy va sportdagi aloqalarni bog‘lash qonuniyat darajasiga
yetgan. Bu holat mamlakatlararo aloqalar va sportni rivojlantirishga qulaylik
yaratgan. Jamoat harakatlari, yoshlar orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish
bo‘yicha ommaviy harakatlarning yuzaga kelishi ham bunga katta sabab bo‘lgan.
XIX
asrning
so‘nggi
choragi
jamoat
arboblari,
tibbiyotchilar,
pedagoglarning yoshlarga ta’lim berish, jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan
faoliyatlari ancha kengaygan davr edi. Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya va sportning
yangi shakllari, usullari, vositalari yaratilgan. Mutaxassislar milliy jismoniy tarbiya
va sport bilan chegaralanib qolmasdan, balki xalqaro sport aloqalarini o‘rnatishni
tavsiya etganlar. Bu yo‘lda Frantsiya, Gresiya, Angliya, Germaniya, Rossiya, AQSh,
Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning jamoatchiligi o‘z faoliyatlari bilan alohida
ajralib turar edi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash maqsadida olimpiya o‘yinlaridan
foydalanish kabi fikrlar ham bildirilgan. Bu haqida fikrlarni cheh pedagogi Yan
Amos Komenskiy, nemis gimnastika maktabining asoschilari Iogann Guts-Muts va
Gerxard Fit, rus jismoniy ta’limi tizimining asoschisi Pyotr Frantsevich Lesgaft va
boshqalar bir necha bor ta’kidlaganlar.
XIX asr oxirida mamlakatlardagi sport tashkilotlarining o‘zaro tajriba
almashish faoliyatlari yuzaga kelib, keyinchalik ular Xalqaro sport uyushmalariga
asos solganlar. 1881 yilda jahonda birinchi Xalqaro sport federatsiyasi - Yevropa
gimnastika uyushmasi va shu yilning o‘zida Xalqaro gimnastika federatsiyasi tashkil
topgan. 1882 yilda konkida uchish Xalqaro uyushmasi va Xalqaro eshkak eshish
federatsiyasi, 1900 yilda Xalqaro velosport uyushmasi, 1904 yilda Xalqaro futbol
federatsiyalar assotsiatsiyasi, 1908 yilda Xalqaro havaskorlik suzish federatsiyasi va
Xalqaro muz ustida xokkey ligasi, 1912 yilda Xalqaro yengil atletika havaskorlik
federatsiyasi, 1913 yilda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tashkil etilgan.
XIX asrning oxirida frantsuz jamoat arbobi Pyer de Kuberten zamonaviy
Olimpiya o‘yinlarini tiklash g‘oyasini hayotga tatbiq etgan. 1892 yil 25 noyabrda
o‘zining mashhur «Olimpiya Renessansi» mavzusidagi ma’ruzasini Sorbonna
universitetida o‘qib eshittirgan.
1894 yil 16 iyunda Kuberten tashabbusi bilan Parij shahrida I Xalqaro
atletik kongressi o‘tkazilgan. Kongressda 12 ta davlatdan 72 ta vakillar qatnashgan,
21 ta davlat o‘z roziligini yozma ravishda yuborgan. Kongressda Pyer de Kuberten
taklifi bilan 1894 yil 23 iyunda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tashkil
etilgan. Uning tarkibiga 12 davlatdan 14 vakillar kiritilgan. I Kongress 1894 yil 16-
23 iyunda o‘rkazilgan va to‘rtta asosiy masala muhokama qilingan:
Havaskorlik va professional sporti haqida.
Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash to‘g‘risida.
Olimpiya o‘yinlarining dasturi va uni o‘tkazish tartiblari.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining tarkibi to‘g‘risida.
I Kongress Xalqaro olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Kongress Olimpiya o‘yinlarini qadimgi an’analar bo‘yicha har 4 yilda bir marta
o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan.
Kongressda I Olimpiya o‘yinlarini Gresiyaning Afina shahrida o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi – xalqaro nodavlat tashkilot bo‘lib, yuridik
shaxs maqomi bilan asotsiatsiya shaklida tuzilgan. Olimpiya Xartiyasiga binoan
XOQning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
havaskorlik sporti asosi hisoblangan jismoniy va axloqiy sifatlarni
rivolantirishga yordam berish;
yoshlarni sport yordamida o‘zaro kelishuv va do‘stlik ruhida
tarbiyalash;
butun dunyoga olimpiya tamoyillarini keng yoyish, xalqlar o‘rtasida
yaxshi niyat muhitini yaratish;
jahon sportchilarini har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlarida
uchrashtirish.
I Kongressda XOQning prezidenti saylangan. XOQning birinchi Prezidenti
etib Gresiya vakili Demetrius Vikelas saylangan. Pyer de Kuberten XOQning Bosh
kotibi etib tayinlangan. 1896 yilgan boshlab Pyer de Kuberten XOQning ikkinchi
Prezidenti etib saylangan.
Pyer de Kuberten (1863-1937) –zodagon oilasida tug‘ilib, mukammal
tarbiya olgan. Kuberten kollejda o‘qib yurgan paytlaridayoq qadimgi olimpiya
qazilmalari to‘g‘risida bilib, do‘stlari bilan olimpiyaning avvalgi qudratini tiklashda
reja tuzgan. 12 yoshlik chog‘ida u sport klubi tuzadi. Bu yerda bolalar futbol,
qilichbozlik va eshkak eshish bilan shug‘illangan. Kuberten o‘z zamonasining
iqtidorli, shijoatli, qiziquvchan, ajoyib inson sifatida tarix sahifalaridan o‘rin olgan.
Baron Pyer de Kuberten Yevropadagi eng qadimgi va eng yaxshi Parij universtiteti
- Sorbonnani tamomlagan. Tarix, pedagogika, falsafa, siyosat bilan qiziqqan.
Kuberten yoshligida chavandozlik, qilichbozlik va eshkak eshish sport turlari bilan
shug‘ullangan.
Kuberten 20 yoshida qadimgi Ellada madaniyati va adabiyoti tarixi bilan
chuqur qiziqib, olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash to‘g‘risida fikr bildirgan va butun
hayotini mana shu maqsadini amalga oshirishga bag‘ishlagan.
Pyer de Kuberten – Xalqaro olimpiya harakatining buyuk arbobi,
zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi, XOQning ikkinchi Prezidenti (1896-
1915 yy.), (1919-1925 yy.). 1894 yilda XOQning Bosh kotibi, 1896 yilda XOQ
prezidenti etib saylangan. Kubertenning rahbarligida 7 ta Olimpiada - II, III, IV, V,
VII, VIII yozgi Olimpiya o‘yinlari va I qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. 1925
yilda iste’foga chiqqan va 1937 yilgacha Kuberten XOQning Faxriy Prezidenti
bo‘lgan. Olimpiya harakati, sport tarixi, sotsiologiya, falsafa, siyosat, arxeologiya
va fanning boshqa sohalariga oid 30 ta kitob, 50 ta risola, 1200 tadan ortiq maqolalar
muallifidir.
Kuberten 29 yil Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining prezidenti bo‘lgan.
Olimpiya ramzlari, belgilari, mukofotlari, sportchilar qasamyodi matni Kuberten
tomonidan ishlab chiqilgan. Uni xizmatlariga yarasha “Olimpizm otasi” deb
atashadi. Pyer de Kuberten vasiyatiga ko‘ra Shveytsariyaning Lozanna shahrida
dafn etilgan, yuragi esa Olimpiya shahrida marmar yodgorlik ostida dafn etilgan.
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining tarixiy rivojlanishi to‘rtta asosiy
davrlardan iborat:
Olimpiya o‘yinlari rivojlanish davrlarining umumiy tavsifi
Olimpiya o’yinlari rivojlanishining asosiy davrlari:
I. 1896-1912 yillardagi Olimpiya o’yinlari
II. 1920-1936 yillardagi Olimpiya o’yinlari
III. 1948-1988 yillardagi Olimpiya o’yinlari
IV. 1992- hozirgi davrgacha Olimpiya o’yinlari
Olimpiya o‘yinlari rivojlanish davrlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Olimpiya o‘yinlari rivojlanishining birinchi va ikkinchi davrlari Pyer de Kuberten
rahbarligida bosib o‘tilgan. Bu davrlar xalqaro olimpiya harakatining shakllanish va
zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining tiklanish davri hisoblanadi. Olimpiya harakati
tarixida bu davr “Kuberten davri” deb nomlanadi. Xalqaro olimpiya harakati va
Oimpiya o‘yinlarining rivojlanishi unung huquqiy asoslarini yaratilishi, tashkiliy
tuzilmasi va tarkibining shakllanishi, tashkiliy tadbirlarining yo‘lga qo‘yilishi,
moddiy-texnik ta’minlanishi bilan bog‘liq.
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari rivojlanishining uchinchi va to‘rtinchi
davrlari Ikkinchi Jahon urushidan keyin boshlanib, bugungi kungacha davom
etmoqda. Bu davrlarda Olimpiya o‘yinlarining rivojlanishi Xalqaro olimpiya
harakati saflarining geografik va mintaqaviy jihatdan kengayishi, jahonda olimpiya
sport turlarining keng tarqalishi bilan bog‘liq.
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari rivojlanishining birinchi davrida 1896
yildan 1912 yilgacha beshta Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan.
1896-1912 yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari
№
Yil
O‘tkazilgan joyi
Mamlakat
soni
Sportchi
soni
1-o‘rin
(davlat)
I
1896 Afina, Gresiya
14
295
Gresiya
II
1900 Parij, Fransiya
24
1225
Frantsiya
III
1904 Sent-Luis, AQSh
13
689
AQSh
IV
1908 London, Angliya
22
2035
Angliya
V
1912 Stokgolm,Shvetsiya
28
2547
Shvetsiya
VI
1916 Berlin, Germaniya
o‘tkazilmagan
I -V Olimpiya o‘yinlarida, yani birinchi beshta O‘yinlarda faqat mezbon
davlat jamoasi g‘olib bo‘lgan. Buning sababi sportchilar soni bilan bog‘liq bo‘lgan.
Bu davrda ayrim davlat rahbarlari va sport tashkilotlari olimpiya o‘yinlarining
mohiyatini tushunib yetmagan va o‘z sportchilari uchun mablag‘ ajratmagan.
Natijada Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazgan davlat sportchilarining soni ko‘pchilikni
tashkil qilgan. Masalan, Afinada 295 ta sportchidan 200 tasi Gresiya sportchilari,
Parijda esa 1225 ta sportchidan 700 tasi frantsiyalik sportchilar bo‘lgan, va h.k. VI
(yozgi) Olimpiya o‘yinlari Birinchi jahon urushi sababli o‘tkazilmagan.
Olimpiya o‘yinlari rivojlanishining ikkinchi davrida 1920 yildan 1936
yilgacha yana beshta Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ikkinchi davrning asosiy
xususiyati Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan olimpiya ramzlarining joriy
qilinishidir. Bundan tashqari, qishki Olimpiya o‘yinlarining alohida o‘tkazilishi,
olimpiya harakati mavqeining yanada oshganligi namoyish etgan. XII (1940) va XIII
(1944) yozgi Olimpiya o‘yinlari Ikkinchi jahon urushi sababli o‘tkazilmagan.
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari rivojlanishining uchinchi davrida 1948
yildan 1988 yilgacha 11 ta yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Bu davrning asosiy
xususiyati siyosatning olimpiya sportiga aralashuvida namoyon bo‘lgan. Bu davrda
olimpiya harakatida juda ko‘p muammolar ham mavjud bo‘lgan va ularni bartaraf
etish yo‘llari XOQ kongresslari va sessiyalarida muhokama qilingan.
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari rivojlanishining to‘rtinchi davrida 1992
yildan 2012 yilgacha 6 ta yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Hozirgi davrda
Olimpiya o‘yinlari eng yirik xalqaro sport musobaqalari hisoblanadi. Ularni tashkil
qilish va o‘tkazish har bir mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va sport
sohalarini rivojlanishida muhim omillardan biri bolib xizmat qilmoqda.
Xalqaro sport va olimpiya harakati vujudga kelishining
asosiy sabablari:
Sport, gimnastika va sport o‘yinlarini halqaro miqiyosda rivojlanishi;
Jismoniy tarbiyaning takomillashgan uslublari, shakllari va vositalarining ishlab
chiqilishi;
Milliy va halqaro sport klublari, uyushma, liga va federatsiyalarning
tashkil qilinishi; Sport musobaqalari qoidalari va tartiblarinining ishlab chiqilishi;
Xalqaro sport musobaqalarining tashkil qilinishi va o‘tkazilishi;
Davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi va
sport sohasida tajribalar almashishni yo‘lga qo‘yilishi;
Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash g‘oyasining vujudga kelishi.
1920-1936 yillarda o‘tkazilgan (yozgi) Olimpiya o‘yinlari
O‘yi
n
Yil
O‘tkazilgan joyi
Mamlakat Sportch
i
1-o‘rin
VII
1920 Antverpen, Belgiya
29
2669
AQSh
VIII
1924 Parij, Frantsiya
44
3092
AQSh
IX
1928 Amsterdam, Gollandiya
46
3014
AQSh
X
1932 Los-Andjeles, AQSh
37
1408
AQSh
XI
1936 Berlin, Germaniya
49
4066
Germaniya
XII
1940 Tokio, Yaponiya
o‘tkazilmagan
XIII
1944 London, Angliya
o‘tkazilmagan
1948-1988 yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari
№
Yil
O‘tkazilgan joyi
Mamlakat
soni
Sportchi
soni
1-o‘rin
(davlat)
XIV
1948
London, Angliya
59
4099
AQSh
XV
1952
Xelsinki, Finlyandiya
69
4925
AQSh
XVI
1956
Melburn, Avstraliya
67
3184
SSSR
XVII
1960
Rim, Italiya
83
5348
SSSR
XVIII
1964
Tokio, Yaponiya
93
5140
SSSR
XIX
1968
Mexiko, Meksika
112
5530
AQSh