ZAMONAVIY SHAROITLARDA BO’SH VAQT MASALALARINING DOLZARB AHAMIYAT KASB ETISH SABABLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
65,8 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
KURS ISHI
ZAMONAVIY SHAROITLARDA BO’SH VAQT
MASALALARINING DOLZARB AHAMIYAT
KASB ETISH SABABLARI
Toshkent 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..………...3
I. BOB. BO’SH VAQT UNUMDORLIGI
1.1.Kattalar orasida bo’sh vaqt ahamiyati ........…..……...…................................6
1.2.Yoshlar orasidagi bo’sh vaqt unumdorligi…………...…….........…………10
II. BOB.OILAVIY BO’SH VAQTNING JAMIYATIMIZDAGI O’RNI
2.1. Oilaviy bilan bo’sh vaqt ……...…................................……....…...............16
2.2. Oila davrasidagi bo’sh vaqtning yoshlar tarbiyasidagi o’rni ………..........18
XULOSA…………..….…………………………………….……………............20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……..….………........…………………22
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviylashib borayotgan jamiyatimizda
insonlarning bo’sh vaqtdan qay darajada foydalanayotgani,bo’sh vaqtni qanday
targ’ib etish,undan qanday to’gri foydalanish kerakligini o’rganish. Bugungi kunda
nafaqat yoshlar ,kattalar va talabalar o’rtasidagi bo’sh vaqtni tog’ri sarf qilinmasligi
jamiyatimizda yuz berayotgan muammolarga sabab bo’lish oqibatlarini bartaraf
etishni o’rganish.
Kurs ishining maqsadi. Bo’sh vaqtdan unumli foydalanilmayotgandagi
kelib chiqayotgan muammolar,zamonaviy sharoitda bo’sh vaqt ahamiyati ,bo’sh
vaqtning dolzarbligi bugungi jamiyatdagi o’rni.
Kurs ishining vazifasi. Bo’sh vaqtdan unumli foydalanishdagi chora
tadbirlar,bugungi oilalarda farzand va ota- ona o’rtasidagi bo’sh vaqtning o’rni.
Kurs ishining obyekti. Hozirgi jamiyatimizdagi insonlarning bo’sh vaqti.
Kurs ishining predmeti. Bo’sh vaqt sababli yuzaga kelgan muammolar.
1.BOB. Bo’sh vaqt unumdorligi
1.1. Kattalar orasida bo’sh vaqt ahamiyati
Bo’sh vaqt— kishining majburiy ijtimoiy mehnati va boshqa majburiy
mashg’ulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; o’z xohishiga ko’ra ma’naviy va
jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt. Ijtimoiy hayotda
kishilarning umumiy vaqtini 2 qismga — ish vaqti va ishdan tashqari vaqtga bo’lish
mumkin. Ishdan tashqari vaqt asosan uy ishlariga, o’ziga qarash, uxlash va
ovqatlanish uchun sarflanadigan vaqg hamda Bo’sh vaqtga bo’linadi. Bo’sh vaqt
shaxsning har tomonlama kamoloti, qobiliyatlarini rivojlantirishi, bilim darajasini
oshirishi, dam olishi va shu kabilar uchun kerak bo’ladigan ishdan tashqari vaqtdir.
Bo’sh vaqt shaxsning erkin faoliyati va kamoloti uchun zarur bo’lgan haqiqiy
boyligi hisoblanadi. Bo’sh vaqt jamiyat ma’naviy kuchining, kengaytirilgan takror
ishlab chiqarishning zarur sharti. U individual xarakterga ega bo’lib qolmay,
ijtimoiy zaruriy vaqg hamdir. Chunki ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish,
mehnat unumdorligini oshirish, ilmiy texnika ravnaqi uchun Bo’sh vaqt juda zarur.
O’z navbatida ular Bo’sh vaqt me’yori va mazmuniga ta’sir qiladi. Jamiyatning
tarixiy taraqqiyoti davomida Bo’sh vaqtning miqdori va ahamiyati tobora ortib
boradi. Bu, birinchidan, mehnat unumdorligining ortishi, ilmiy-texnika ravnaqi va
jamiyatning barcha a’zolari o’rtasida mehnatning teng taqsimlanishi hisobiga bo’lsa,
ikkinchidan, ishga borib kelishdagi ortiqcha harakatlarni, uy mehnatiga ketadigan
vaqtni qisqartiritsh hisobiga yuz beradi. Ijodiy mehnat qilish, o’z malakasini,
ma’lumoti va ilmiy-madaniy saviyasini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini
kengaytirish, san’at va sport bilan shug’ullanish va boshqalar Bo’sh vaqtning
mazmundor o’tishini ta’minlaydi. Masalan, jahondagi rivojlangan mamlakatlarda,
shuningdek O’zbekistonda ham 2 kunlik dam olish va 5 kunlik ish haftasiga o’tish
Bo’sh vaqtni ko’paytirish yo’lidagi tadbirlardandir. Bo’sh vaqt miqdorini
ko’paytirish va undan unumli foydalanish uchun etarli sharoit yaratish zarur. Bunga
mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va ilg’or texnologiyani
joriy etish orqali mehnat samaradorligini oshirish va vaqtni tejash, ommaning
umumiy madaniy saviyasini oshirish va boshqalar orqali erishiladi. Bo’sh vaqtdan
samarali foydalanish turmushning mazmundor bo’lishiga yordam beradi.
1.2.Yoshlar orasidagi bo’sh vaqt unumdorligi
Inson har tong yangi kunni qarshi olar ekan uning ixtiyoriga 24 soat vaqt
beriladi. Bu unga har kuni beriladigan 1440 daqiqa yoki 86400 soniyalik fursatdir.
Oʻtayotgan vaqtimiz haqida tafakkur qilib koʻradigan boʻlsak, soat millarining
“chiq-chiq”lari, aslida aziz umrimizning toʻxtovsiz parchalanib ketayotgan onlari
ekanini his etamiz. Ushbu onlar bizning yaxshi yo yomon amallarimizga guvoh
boʻlib oʻtib bormoqda. Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad” hadislar to'plamida
“Ilimni hech qachon xor qilmanglar”1 deb takidlaydilar.”, Abu Lays
Samarqandiyning “Tanbehul g'ofiliyn” asarlarida “Farzandlarga yuksak insoniy
fazilatlarni kamol toptirish”2 tarannum etilgan.
Vaqtga eʼtibor oʻta muhim boʻlganidan, dinimizda koʻplab toat-ibodatlar aniq
vaqtga belgilab qoʻyilgan. Bir kunda ado etish lozim boʻlgan besh vaqt namozga
alohida-alohida vaqt taʼyin qilingan. Ularni jamlab bir vaqtning oʻzida ado etish
mumkin emas. Chunki ularni belgilangan vaqtda ado etish farzdir. Bu esa vaqtning
ahamiyatli ekanini bildiradi. Roʻza tutish ham aniq vaqtga, Ramazon oyiga belgilab
qoʻyilgan. Shu oydan boshqa yilning hamma oylarida roʻza tutilsa ham, Ramazon
roʻzasining oʻrniga oʻtmaydi. Chunki Ramazon roʻzasi boʻlishi uchun shariatda
belgilangan aniq vaqtda roʻza tutish shart. Bu ham vaqtning ahamiyatli ekanini
bildiradi. Haj ibodatini ado etishda ham aniq vaqt, yaʼni, arafa kuni Arofatda turish
belgilab qoʻyilgan. Shu vaqtdan tashqari yilning boshqa hamma kunida Arofat
togʻida turilsa ham, haj hisoblanmaydi. Chunki haj boʻlishi uchun shariatda
belgilangan aniq vaqtda Arofat togʻida turish shart. Bu ham vaqtning ahamiyatli
ekanidandir. Qurbonlik qilishning ham aniq vaqti belgilab qoʻyilgan. Uch kun ichida
soʻyilmasa, keyin soʻygani qurbonlikka oʻtmaydi. Chunki qurbonlik boʻlishi uchun
1 Imom Al-Buxoriy “al-Adab al-mufrad” asaridan Toshkent nashr 2010
2 Abu Lays Samarqandy “Tanbehul g’ofiliyn”asaridan Toshkent nashr 2012
shariatda belgilangan aniq vaqtda qurbonlik qilish shart. Bu ham vaqtning
ahamiyatli ekanidandir. Bu roʻyxatni yana uzoq davom etkazish mumkin. Dinimizda
ibodatlarning aniq vaqtlari taʼyin qilib qoʻyilgani musulmon kishini vaqtga rioya
qilishga hamda qatʼiy tartib va intizom bilan yashashga oʻrgatadi. Shuning uchun
ham dono xalqimiz vaqtga eʼtiborli boʻlishni taʼkidlab shunday deganlar: Har bir
ishning vaqti bor,vaqt bilganning baxti yor.Qurʼoni karimning koʻplab oyatlarida
vaqtning qiymatini va ahamiyatini bildirib tun, kunduz, tong, subhidam, shafaq,
choshgoh va asr vaqtlari bilan qasamyod etilgan. Agar vaqtning ahamiyati haqida
tafakkur qiladigan boʻlsak, ularning naqadar gʻanimat lahzalar ekanligi koʻz
oʻngimizda namoyon boʻladi:Oʻtib ketgan vaqt hech qachon qaytmaydi va uning
oʻrnini ham toʻldirib boʻlmaydiOʻtayotgan har bir vaqt inson hayotining bir
qismidir. U qiyomat kuni insonning foydasiga yo zarariga guvohlik beradi. Shuning
uchun musulmon kishi oʻtkazayotgan vaqtini ziyrak tijoratchi kabi sarhisob qilib
borishi lozim. Har kun, hafta, oy va yilda musulmon kishi oʻtayotgan vaqtida
nimadan foyda koʻrgani, nimadan zarar koʻrgani, foyda qancha boʻlgani, zarar
qancha boʻlgani, foyda nima sababli boʻlgani, nima sababli zarar koʻrganini sarhisob
qilib, foydani oshirib, zararni yoʻqotishga urinib borishi lozim. Chunki tijoratchi
yoʻqotgan molini yana ortigʻi bilan qoʻlga kiritishi mumkin. Ammo vaqtini
yoʻqotgan inson esa uni qayta qoʻlga kiritishi aslo mumkin emas. Ulamolar
oʻtayotgan vaqt haqida shunday deganlar: “vaqt betaraf boʻlmaydi, yo senga
qadrdon doʻst yoki ashaddiy raqib boʻladi”. Yaʼni oʻtgan vaqt insonning yo
foydasiga yoki zarariga hujjat boʻladi. Hasan Basriy rohmatullohi alayh shunday
deganlar: Boshlanayotgan har bir kun shunday nido qiladi: “ Ey odam bolasi, men
yangi kunman, sening amalinga guvohman, mendan foydalanib qol, agar oʻtib
ketsam qiyomat kunigacha qaytmayman”Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh
avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda
axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar
oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalariga
bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimiz aholisining 30
foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar
egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga,
yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala
hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi
immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy,
maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha
5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa,
rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,
isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy
chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur
sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida
kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga
qaratilgan. Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida
kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga
yoʻnaltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini
nazarda tutadi. Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi
chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mazkur hududdagi
tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib
berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar
bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, "Maʼrifat
karvoni" tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari
va musiqa asboblari yetkazib berildi. Ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa,
yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Yigʻilishda bu tajribani
Oʻzbekistonning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazi, 312 ta musiqa
va sanʼat maktabiga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, mazkur
muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari
va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani qayd etildi. Davlatimiz rahbari
joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik
bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, faoliyatini yaxshilash boʻyicha
topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan
birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida
yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish
vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan
holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-
studiyalari va "Yoshlar klublari" tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi. Atoqli sanʼatkor
va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida
biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga
yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va
shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va
sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu
ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va sanʼat sohasida oliy
maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.Oliy va oʻrta
maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix
darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini
tashkil qilish topshirildi. Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar
ekan, yurtimizda 12 mingdan ziyod sport inshooti borligi, lekin yoshlarni jismoniy
tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi.
Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi
mamlakat boʻyicha 56 foizni tashkil etgani holda, Surxondaryo viloyatida atigi 12
foiz, Xorazmda 14 va Qoraqalpogʻistonda 15 foiz, xolos. Yigʻilishda yoshlarni
jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagichora-tadbirlar belgilab berildi.
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga
mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport
inshootlarining jihozlanish darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar
Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash
vazifasi yuklatildi. Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich
panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor
tadbirkorlarga sport inshootlari barpo etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi.
Bunday tadbirkorlarga Milliybank tomonidan "Yoshlar – kelajagimiz" Davlat
dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Joylardagi sport maktablariga taniqli
xalqaro musobaqalar gʻoliblarini rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni
oliy oʻquv yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida maqsadli oʻqitish yaxshi natija
berishi qayd etildi. Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari sonini koʻpaytirish
yuzasidan topshiriqlar berildi. Videoselektor yigʻilishida yoshlarni internetdagi
zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga
oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida
barcha shaharlarda va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar oʻquv
markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat
va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes boʻyicha
innovatsion koʻnikmalar shakllantiriladi, "startap" loyihalarga yordam koʻrsatiladi.
Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari boʻlishiga qaramasdan,
internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq taʼlimi
vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga
2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar
va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan
holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning
bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina,
rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.
Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng
dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi.
Lekin koʻplab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas.
Ilgarigi kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan Axborot-resurs markazlari oʻzlariga
yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus
doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib
berish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va idoralarga "Maʼrifat
karvoni" loyihasi doirasida badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish
hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan
kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi. Yigʻilishda
mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob
doʻkoni tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi.Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligiga barcha shahar va tumanlarda koʻchma kitob pavilyonlarini joylashtirish,
"Bibliobus"larni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona
xizmati koʻrsatish vazifasi yuklatildi. Yigʻilishda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash
masalalari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha
tumanlarda sendvich panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etish
belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp
joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24
mingdan ortiq doimiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Prezidentimiz mehnat qilish
istagidagi ayollar ish oʻrinlari sonidan ancha koʻpligini hisobga olib, korxonalarda
ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish
zarurligini taʼkidladi.Yigʻilishda qayd etilgan 5 tashabbusni keng joriy qilish
maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar masʼul qilib biriktirildi.
Shuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi,
viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, "Nuroniy", "Mahalla"
jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan masʼul va
javobgar etib belgilandi.
II. BOB. Oilaviy bo’sh vaqtning jamiyatimizdagi o’rni
2.1. Oila bilan bo’sh vaqt
178-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda 3 tipda zamonaviy madaniyat va aholi dam
olish markazlari tashkil etilishi ko'zda tutilgan, ular:
I tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 40 ming nafardan ortiq bo'lgan va kamida
400 o'rindiqli tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tumanning ma'muriy
markazlarida;
II tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 20 ming nafardan ortiq bo'lgan va
o'rindiqlar soni 250 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo'lgan holda
shaharlarda va tuman markazlarida;
III tipda - xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 7 mingdan ortiq bo'lgan va o'rindiqlar
soni 150 tani tashkil etadigan tomosha zaliga ega bo'lgan holda shaharlarda va tuman
markazlarida tashkil etilishi mumkin.Madaniy dam olish insonning bo'sh vaqtdan
oqilona foydalangan holda keng dunyoqarashga ega bo'lishda ma'naviy- estetik
jihatdan kamol topishida, jismoniy sog'lom bo'lishida muhim omillardan
hisoblanadi. Dam olish madaniyatini yuksaltirishdan asosiy maqsad - kishilarning
madaniy hordiq chiqarishlarini ta'minlash bilan birga, ularni har tomonlama yetuk
inson bo'lib kamolga yetishishlariga ko'maklashishdan iboratdir.Madaniy dam olish
va bo'sh vaqtdan oqilona foydalanishning turlari va imkoniyatlari shunchalik ko'pki,
ular alohida turkumlarga ajratiladi.Birinchi turkumga dam olishning eng oddiy
shakllari - kam harakatli hordiq chiqarish charchoqni tarqatish faoliyatlari kiradi.
Bunday passiv dam olishga ishdan keyin uyda yotib charchoq chiqarish, ko'cha,
parklar, xiyobonlardagi o'rindiqlarda,uyda divan, stulda o'tirib hordiq chiqarish,
ochiq havoda sayr qilish, mehmonga borish kabilar kiradi. Bu hordiq chiqarishni
ba'zida «faoliyatsiz dam olish» ham deyishadi. Vaqti-vaqti bilan shunday «passiv»
dam olib turish ham kerak. Lekin asosiy maqsad passiv dam olishga vaqtni kamroq
sarflab, ko'proq vaqtni faol dam olishga sarflash kerak.Ikkinchi turkum dam olish
shakllari madaniy-ma'naviy boyliklarni egallash, ya'ni kitob, gazeta, jurnallarni
mutolaa qilish, radio va televideniye dasturlarini tinglab, tomosha qilish, teatr,
kinoteatr va klublarda namoyish etiladigan kinofilm, spektakl va badiiy-ommaviy
sahnalarni tomosha qilish kabilardir.Yoshlarning ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini
qondirishda nashriyotlar, ijodiy uyushmalar, ko'ngilli jamiyatlar, san'at va
madaniyat muassasalari muhim rol o'ynaydi. Ular foydalaniladigan ish shakllari
rang-barang: ma'ruza, axborot, suhbat, siyosiy o'qish, konsultatsiya, seminar,
munozara, konferensiya, viktorina, ko'rgazma, konkurs, ijodiy uchrashuvlar, savol-
javob kechalari, og'zaki jurnal, tematik kecha, konsert, spektakl, ommaviy
tomoshalar, xalq sayillari, bayramlar, raqs kechalari, festival, diskotekalar,
ekskursiya sifatida foydalansa bo'lar ekan. (ularning asosiy guruhlariga uzluksiz
bilim olish va malaka oshirish, jamoat ishlari, havaskorlik ijodi bilan shug'ullanish,
sport bilan mashg'ul bo'lish, do'stlar bilan o'zaro muloqotda bo'lish, san'at asarlaridan
bahramand bo'lish va hokazolar kiradi). Oilaviy bo'sh vaqt bizni muntazam, zerikish
va tashvishlardan chalg'itishga qaratilgan yoqimli mashg'ulotdir. Shu sababli, uni
targ'ib qilish, ularni o'zimizga, balki atrofimizdagilarga ham bag'ishlash uchun bir
necha soat vaqtimiz doimo qulaydir. Chunki bu har doim bir qator mutlaqo ijobiy
foyda keltiradi.Biz sevgan insonlar bilan vaqt baham ko'rish - bu hashamat.
Xotiralarni kuchaytiradigan narsa, lekin baxt ham buni teng qismlarda qiladi.
Kattalar ham, bolalar ham oila bilan sifatli vaqt o'tkazishdan xursand bo'lishadi.
Agar siz undan qanday qilib unumli foydalanishni bilmoqchi bo'lsangiz, biz siz
uchun bo'sh vaqtga oid barcha narsalarga o'zingizni jalb qiling. Oilamiz bilan
zavqlanishdan ko'ra yaxshiroq nima! Bolalar vaqtlarini baham ko'rishni va ota-
onalari bilan o'ynashni yaxshi ko'radilar.Bo'sh vaqtni oila bilan bo'lishish nima
uchun muhim? Ta'sirchan aloqalarni mustahkamlaydi. Bo'sh vaqtni taqsimlashdan
maqsad - barchadan birgalikda zavq olish. Bu ham birgalikda yashashni
osonlashtiradigan oilaviy aloqalarni mustahkamlash usuli. Bu bizning kulgilarimiz,
tajribalarimiz va his-tuyg'ularimiz bilan bo'lishish uchun ideal vaqt. Bu oilaviy
ittifoqning yaxshilanishiga, sog'lom va kuchli munosabatlarga ega bo'lishga olib
keladi.Bundan tashqari, biz bu qulayroq va xotirjam daqiqalardan foydalanishimiz
mumkin muloqot va muloqotni rag'batlantirish. Chunki ba'zida biz bolalarimiz bilan
yaxshi muloqot qilmayotganimizdan shikoyat qilamiz. Xo'sh, biz oilaviy dam
olishni baham ko'rganimizda, muloqot muqarrar narsa sifatida keng ochiladi va
munosabatlarni yaxshilaydi.Birgalikda bo'sh vaqt o'tkazish bizning bolalarimiz
uchun muhim ma'lumot manbai bo'lishi mumkin. Ijtimoiy ko'nikmalarni,
ta'sirchanlik va ijodkorlikni rivojlantirishning o'ynoqi usuli. Bo'sh vaqt faqat iste'mol
bo'lishi shart emas. Ko'ngil ochishdan tashqari, yangi texnologiyalardan tashqari
ta'lim beradigan ijodiy faoliyatni izlashimiz mumkin.Ular sizning qiziqishlaringizni
kashf etadilar.Oilaviy dam olishni baham ko'rish bolalarga o'z qiziqishlari va turli
sevimli mashg'ulotlarini kashf etishga yordam beradi (sport, musiqa, san'at ...).
Oilaviy dam olish tadbirlari oilaning boshqa a'zolarini ham o'z ichiga olishi mumkin:
bobo-buvilar, amakilar va boshqalar. Ular uchun yaxshi imkoniyatlar sifatli vaqtni
baham ko'ring oilaning qolgan a'zolari bilan. Har doim qadrlanishi kerak bo'lgan
narsa, chunki u bizda yo'q bo'lganda, birinchi navbatda qo'ldan tushadigan
narsa.Qanday qilib butun oila uchun qiziqarli dam olish tadbirlarini topish mumkin
Asosiy narsa umumiy manfaatlarni izlang va ularni oila a'zolarimizning turli
yoshlariga moslashtiring. Shunday qilib, har bir kishi vaqt jadvalidan zavqlana oladi.
Farzandlarimiz o'spirin bo'lganida, yondashuv o'zgaradi. Ular do'stlari bilan vaqt
o'tkazishga intilishadi, keyin biz birgalikda bo'lgan daqiqalarni kutib qolamiz.Turli
xil tadbirlarni tayyorlashga butun oilani jalb qilish juda yaxshi g'oya bo'ladi. Ota-
ona sifatida biz asosiy rejadan boshlaymiz va u erdan farzandlarimizning fikrlarini
so'rab, birgalikda rejalashtirishimiz mumkin. Kalit farzandlaringiz bilan
muzokaralar olib borish qobiliyatlari. Bu jarayonda hamma ishtirok etsa, bolalarning
tanqidiy ruhi tarbiyalanadi..Agar biz sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo'lsak, biz
ulardan qaysi joylarni ziyorat qilishni xohlashlarini, qanday narsalarni olib kelish
kerakligini, qayerda ovqatlanishni xohlashlarini va hokazolarni so'rashimiz
mumkin. Kechki ovqat - suhbatlashish va oilaviy dam olishni rejalashtirish uchun
yaxshi vaqt. Shunday qilib, paydo bo'ladigan turli tadbirlarga vaqt sarflashdan
tashqari, biz ularni birlashgan oila sifatida tanlaganimizda ham qilamiz.Oila bilan
vaqtni qanday bo'lishish kerak? Dam olish faoliyati oilaviy dam olish uchun ko'plab
tadbirlar mavjudBularning barchasi sizning didingizga va bo'sh vaqtingizga va,
albatta, har birining ta'miga bog'liq.
• Ba'zilar uydan tashqarida amalga oshiriladigan harakatlar: parklar, plyaj, kino,
lager, muzeylar, sayrlar, pikniklar, ekskursiyalar, teatr, musiqalar, ochiq o'yinlar,
maktab fermalari, poezd sayohatlari, mashhur festivallar, sayohatlar va boshqalar.
• Uyda qilinadigan tadbirlar: stol o'yinlari, boshqotirmalar, o'qish, to'plamlar,
fotoalbomlar, hunarmandchilik, pazandalik, qo'shiqlar, chizmalar, musiqa,
qo'g'irchoqlar, shahar bog'i va boshqalar.
Oila bilan bo'lgan vaqtdan unumli foydalanish, biz buni uydagi kichkintoylarga
singdirishdan tashqari, iloji boricha qilishimiz kerak.
2.2. Oila davrasidagi bo’sh vaqtning yoshlar tarbiyasidagi o’rni
Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat
tuyg'ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni,
tinch va obod bo'lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o'sib-unayotgan
bolalarimizga bog'liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo'lga qo'yilar
ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi. Farzand tarbiyasini qachondan
boshlamoq kerak?, degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Ko'pchilik olimlar unga
turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning
tug'ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug'ullanish lozim, deb javob
bergan. Oila, odob-axloq va ta'lim-tarbiyaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan
burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo'shni ota-ona” degan ibratli maqol ham
aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o'zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik
biz uchun nechog'lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar
ko'chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o'tib ketmagan,
shu zahotiyoq tanbeh berib to'g'ri yo'lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli,
odobli, go'zal xulqli bo'lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga
katta ahamiyat beradi. Oiladagi muhit ota-ona o'z ma'suliyatlarini his qilishi bilan
barqaror bo'ladi. Bolalarning odobli bo'lib ulg'ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda
mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida ko'rganini qiladi”, deb bejiz
aytmagan xalqimiz.Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi,
muomalasi, boshqalar bilan o'zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta
bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo'ladi.
Shuning uchun uning atrofdagilari o'z odatlari bilan ba'zan o'zlari sezmagan holda
ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qo'pol munosabatlar, ko'p yolg'on gapirish, yoqimsiz
xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog'lom muhitni keltirib
chiqaradi. Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o'rin tutadi. Bola ota-
ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb katta bo'lsa, bu uning
tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida oiladagi nosog'lom muhitda
tarbiyalanayotgan boladan “ma'naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat
ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat”
ta'siriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir
ko'rsatmoqda. Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi xalq va urf-
odatlarni guvohi bo'lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib
kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda g'arb o'smirlari orasida boshqa
mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zo'ravonlikka berilish
holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni
hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qo'yishdan hech
kim qaytarmasligini aytib berishmoqda Inson hayoti davomida biror shaxsni o'ziga
o'rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi
muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho'qqilarga chiqishni ko'zlaydi. Bugun
jamiyatning yosh a'zolari o'z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining
fikrlash va hayot tarzini o'rnak qilib olishlari ko'p muammolarni keltirib
chiqarmoqda. XXI asrda turli hayot tarzlari va g'oyalar raqobatga kirishdi. Bunda
muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o'zligini saqlagan holda diniy va milliy
qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo'lishi lozim. Aks
holda, o'zlikni yo'qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan
ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yo'q manqurtga aylantirib qo'yadi. Hozirgi kunda
g'arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi
millatlarning o'zligini yo'qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor
xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yo'naltirilgan. Albatta bola
tarbiyasi o'ta murakkab va ma'suliyatlidir.Bu har bir ota-onadan o'z ustida muntazam
ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo'lib borishni
talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar
jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika,
psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan
murakkab jarayondir. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki,
birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni
shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya,
axloqiy tarbiya berish sifati va ko'lamini oshirish talabini qo'yadi. Ta'lim-tarbiya,
odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz o'z
farzandlaringizni tartib-intizomga o'rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan
yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar. Bolalarni intizomga o'rgatish oila
mustahkamligiga asos bo'ladi. Islom shu ma'noda ota-onalarni o'z farzandlariga
sog'lom tarbiya berishga rag'batlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat
qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta'kidlangan.Farzand tarbiyasi
jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy
tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir
ko'rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya
bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib
o'tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda
nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy
jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida
davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o'ta e'tiborli bo'lish lozim.
Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib
tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi.
Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini
bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq
masalalarga alohida o'rin berilgan. Sharq allomalari o'z asarlarida farzandlarga
tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor
berganlar. Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go'zal axloqning inson kamolotiga
sabab bo'luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning
“al-Adab al-mufrad hadislar to'plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul
g'ofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish
tarannum etilgan. Yurtimiz ulamolari o'z asarlarida farzandining chiroyli odobidan
umid qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bo'lgan muomala
odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida
ta'kidlaganlar: - farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinso'z, muloyim, bosiq
va kamtar bo'lishiga e'tibor qarating; - odamlar xursandchiligini baham ko'rish,
g'am-anduhidan qayg'urish, mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab,
yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun
farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bo'ling; -
farzandingizga o'zgalar bilan muomala chog'ida boshqalarni g'iybat qilish, o'zgalarni
mensimaslik, obro'si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat ko'rsatish ham
odobsizlik ekanini uqtirib boring; - yoshi ulug' kishilar, ustozlar bilan muomalada
ularning ko'ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish,
buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering. Ota-
bobolarmiz azaldan o'g'il qizlarning go'zal xulqli, odobli bo'lishiga katta ahamiyat
berganlar. Binobarin, islom dinida ham axloq imon qatoriga qo'yiladi.Farzand
tarbiya qilganda odatda o'g'il bolalar tarbiyasi bilan ko'proq ota, qiz bola tarbiyasi
bilan esa ona shug'ullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish
muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani ko'rishga shoshmaslik kerak.
Masalan ikki yoshgacha faqat shirin so'z bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh
yoshgacha bola atrofni o'rganadi, asosiy ma'lumotni shu yosh oralig'ida egallaydi.
Bu davrda biz ko'proq amaliy jihatdan namuna bo'lishga urinishimiz, sog'lom oilaviy
muhitni yaratishimiz zarur bo'ladi. Oilada otaning bolalariga loqayd bo'lishi oxiri
xunuk oqibatlarga sabab bo'ladi. Loqaydlik yomon illat bo'lib, u bola tarbiyasining
buzilishiga katta yo'l ochadi. Ota sustkashlik qilib, burchini ado etmagani va
manfaatli ilm hamda yaxshi amalni o'rgatmagani oqibatida o'z farzandidan zarur
ijobiy hislatlarni shakllantira ololmagan. Farzand ham otasining yaxshi tarbiyasidan
mahrum bo'lib o'sadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi.
Bu davr o'smirlik payti bo'lib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka
mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichdan o'rganadi. Bu davrda
farzand to'g'ri yo'lga solinsa, tarbiyali do'stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo'lib,
yaxshi inson bo'lishi uchun muhim qadam qo'yiladi. Odatda onalar o'z bolalarining
xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi,
bolamga qattiq tegadi deb, yo'l qo'ygan xatolari, qo'l urgan yomon ishlarini otaga
aytmaydilar. Oqibatda bola o'z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq
jinoyatlarni ham qo'rqmasdan qilaverishi mumkin. Mehr-muhabbat berishda ham
me'yorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha to'g'ri-
noto'g'ri xatti-harakatlarini ma'qullash yoki xatto indamaslik farzandning umuman
tarbiyasiz bo'lib o'sishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har
jihatdan sustlashtirib qo'yadi, mehr ko'rsatish esa uni yanada faol bo'lishga undaydi.
Erka o'sgan bola faqatgtna shaxsiy manfaatlarini ko'zlaydigan, ma'suliyatsiz bo'lib
voyaga yetadi. Shuning uchun farzandning barkamol inson bo'lib yetishida onaning
xizmati juda zarur va muhimdir. Bolalik chog'ida farzandning qalbi o'ta yumshoq va
ta'sirga beriluvchan bo'ladi. Shu bois diniy ta'limotlarda bolalarni mehr bilan
erkalash, farzandning bolalik davrini xursand o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi.
Ayniqsa, qiz bolaning ko'ngli nozik bo'lishini hisobga olib, ularga alohida mehr
ko'rsatishga chaqiriladi. Diniy ta'limotlarda ota-ona o'z farzandlariga ta'lim-tarbiya
berishi ham dolzarb vazifalardan deb qaraladi. Bu haqda Muhammad
(alayhissalom): “Farzandlaringizga ta'lim bering, chunki ular sizniki bo'lmagan vaqt
uchun tug'ilganlar”, deb har bir ota-onani bolaning o'z zamonasi ilm-fani, ta'limiga
befarq qaramaslikka chaqirganlar. Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va
shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi. Shu
jumladan, ta'limni ham g'azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero,
zo'rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o'chib ketadi. Oqibatda uning shu
sohaga nisbatan qiziqishi so'nishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, ta'limning avvali
ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi. Islom ta'limotida yosh avlodning jismonan
sog'lom va baquvvat bo'lib ulg'ayishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Bu haqda
Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip
yigirishni o'rgatinglar”, deganlar. Bugungi kunda farzand tarbiyasida ijtimoiy
muammolardan; uyali telefonlardagi tajovuzliklar hamda.Ijtimoiy tarmoqlar to'ri
tabora avj olmoqda. Ushbu zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim aloqa
vositalari bo'lishi bilan birga ba'zi ma'naviyati to'liq shakllanmagan sust yoshlarga
salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoq ta'siriga tushib qolgan yoshlarga ota-
onalar, o'quv muassasalari bilan birgalikda yondoshib aloqa vositalarining asl
mohiyatini tushuntirib berishlari lozim. Tarbiyadan tashqaridan bo'ladigan salbiy
ta'sir bu, eng katta xatardir.Chunki farzandga oilada bu boradagi erkinlikka yo'l
qo'yilmagach, u o'z qiziqish va rag'batlarini qondiradigan sabablarni tashqaridan
izlay boshlaydi. Demak, ota-ona farzandining tashqi hayotiga ham katta e'tibor
qaratishi talab etiladi. Ya'ni, ular farzandi maktab yoki kollejdan keyin qaerga
borishi, nima bilan shug'ullanishini nazorat qilish lozim. Farzandga bilim olish
uchun sharoit yaratish ham ota-onaning vazifasidir. Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Ilm
olish har bir musulmon va muslima uchun farzdir”, deb marhamat qilganlarida, o'g'il
va qiz farzandlarimizga ilm olish uchun barobar sharoitni ta'minlash kerakligini
nazarda tutganlar. Yosh avlod yetuk va komil shaxs bo'lib voyaga yetishi uchun yana
bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo'lsa “kitobxonlik”. Buning
uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilingan. Ommaviy, ilmiy kutubxonalar,
“Aybuk” tarzidagi kitob-kafe do'konlari va boshqalar so'zimizning yaqqol misolidir.
Ota-ona farzandiga vaqtni unumli o'tkazishni o'rgatishida vosita sifatida
foydalanishi
mumkin
bo'lgan
usullardan
yana
biri-zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Ota-ona bolada estetik tarbiya, go'zal
manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun uni o'zi bilan birga tabiatdagi
manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi va shu bilan birga uning qalbida
go'zallik latofatini singdirishi muhim. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam
ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga
erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb
etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning
ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib
borayotgan bugungi kunda o'zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari
ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-
e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona
ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq
toptirishga qodir bo'ladi. Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o'z ota-
bobolariga, o'z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an'nalariga sodiq bo'lib
kamol topishsin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, milliy tarbiya yo'nalishi orqali yoshlarda o'zlikni anglash,
vatanparvarlik, milliy g'urur, milliy odob, fidoyilik fazilatlari, eng asosiysi esa ijodiy
kobiliyat shakllantiriladi. Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davomida Bo’sh vaqtning
miqdori va ahamiyati tobora ortib boradi. Bu, birinchidan, mehnat unumdorligining
ortishi, ilmiy-texnika ravnaqi va jamiyatning barcha a’zolari o’rtasida mehnatning
teng taqsimlanishi hisobiga bo’lsa, ikkinchidan, ishga borib kelishdagi ortiqcha
harakatlarni, uy mehnatiga ketadigan vaqtni qisqartiritsh hisobiga yuz beradi. Zero,
hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini
bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq
masalalarga alohida o'rin berilgan. Sharq allomalari o'z asarlarida farzandlarga
tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor
berganlar. Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go'zal axloqning inson kamolotiga
sabab bo'luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Yurtimiz ulamolari o'z
asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam
ravishda husni xulq asosi bo'lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan
tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar: - farzandingiz odamlar
bilan muomalada shirinso'z, muloyim, bosiq va kamtar bo'lishiga e'tibor qarating; -
odamlar xursandchiligini baham ko'rish, g'am-anduhidan qayg'urish, mol-mulkiga
xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga
xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan
singdirish payida bo'ling; - farzandingizga o'zgalar bilan muomala chog'ida
boshqalarni g'iybat qilish, o'zgalarni mensimaslik, obro'si, boyligi yoki mansabiga
qarab munosabat ko'rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring; - yoshi ulug'
kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning ko'ziga tik boqmay, gaplarini jim
tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham
bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering. Ota-bobolarmiz azaldan o'g'il qizlarning
go'zal xulqli, odobli bo'lishiga katta ahamiyat berganlar. Binobarin, islom dinida
ham axloq imon qatoriga qo'yiladi. Ijodiy mehnat qilish, o’z malakasini, ma’lumoti
va ilmiy-madaniy saviyasini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini kengaytirish,
san’at va sport bilan shug’ullanish va boshqalar Bo’sh vaqtning mazmundor
o’tishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tulenov K. Hayot falsafasi. Toshkent: 1993.
2. Ubaydullayev M.M O'rta Osiyoda ilk uyg'onish davri madaniyati.
Toshkent: Fan, 1994.
3. Sulaymonova F. Sharq va g'rab . Toshkent: O'zbekiston, 1997.
4. Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi
kurash. Toshkent: Sharq, 1998.
5. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Toshkent: O'zbekiston. 1997.
6. Mustaqqillik va ijtimoiy taraqqiyot. Toshkent: O'zbekiston, 1998.
7. Safo Ochil. Mustaqillik ma'anviyat va tarbiya asoslari. Toshkent:
O'qituvchi, 1997.
8. Imomnazrov N. Milliy ma'naviyatmizning takomil bosqichlari.
Toshkent: Sharq, 1996.