ZAMONAVIY TIBBIYOTDA YATROGENIYA VA EVTANAZIYA MUAMMOLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

23,8 KB


ZAMONAVIY TIBBIYOTDA YATROGENIYA VA EVTANAZIYA
MUAMMOLARI.
Yatrogeniya-  bu  shifokorning  noto’g’ri  va  to’g’ri  xarakatlari  asosida
rivojlanib, natijada organizm funksiyalari buzilishi, odatiy faoliyatini cheklashi,
nogironlik yoki o’limga olib keluvchi profilaktik, diagnostik, davolash aralashuvi
va  muolajalarning  noxush  asoratlaridir.  “Yatrogeniya”  termini  yunon  tilidan
olingan bo’lib, iatros – shifokor + genes – keltirib chiqaruvchi, ya’ni “shifokor
tomonidan keltirib chikarilgan kasallik” degan ma’noni anglatadi.
Yatrogeniya asosida xulq atvor me’yorlarini buzilishi, bilim va malakaning
yetishmasligi va sovuqqonlik yotadi. Bunda asosiy rolni, shubxasiz, shifokorlik
etikasini  buzilishi  o’ynaydi.  SHuning  uchun  deontologiya  va  yatrogeniya
muammolari o’zaro bog’liqdir.
Yatrogeniya sabablari ko’lami keng. Bugungi kunda yatrogen patologiyasi
e’tibor berilmaydigan yoki sezmaslik mumkin bo’lmagan jiddiy tibbiy-ijtimoiy
muammoga  aylandi.  SHuni  qayd  etish  kerakki  yatrogeniyaning  o’sib  borishi,
shifokorning be’morga bo’lgan salbiy psixologik va psixik ta’siriga bog’liq.
Adabiyotlarda  yana  yatrogeniyani  diagnostik  va  davolash  patologiyalari,
davolash  va  tashxis  asoratlari,  tibbiyotdagi  noxush  xolatlar,  dori  kasalligi,
dorilarning nojo’ya ta’siri, “ikkilamchi kasalliklar”, gospitalizm dab xam ataladi.
Xirurgiyada yatrogen patologiyaning quyidagi turlari ajratiladi:
Psixogen, somatik, dori, infeksion va aralash.
Psixogen yatrogeniya – bu salbiy psixogen omillar ta’sirida rivojlanuvchi
kasallik.  Psixogen  yatrogeniya  nevroz,  psixoz,  nevrasteniya,  isteriya,  fobiya,
depressiya, ko’rquv xissi, depressiv va ipoxondrik buzilishlar shaklida namoyon
bo’ladi.  Ular  tibbiyot  xodimining  be’mor  salomatligi  to’g’risida  noto’g’ri  va
extiyotsizlik bilan ma’lumot berishi, be’morni o’z kasallik tarixi va maxsus tibbiy
adabiyotlar  bilan  tanishishi,  ommaviy  ma’ruzalarni  eshitish,  ayniqsa  televizor
Logotip
ZAMONAVIY TIBBIYOTDA YATROGENIYA VA EVTANAZIYA MUAMMOLARI. Yatrogeniya- bu shifokorning noto’g’ri va to’g’ri xarakatlari asosida rivojlanib, natijada organizm funksiyalari buzilishi, odatiy faoliyatini cheklashi, nogironlik yoki o’limga olib keluvchi profilaktik, diagnostik, davolash aralashuvi va muolajalarning noxush asoratlaridir. “Yatrogeniya” termini yunon tilidan olingan bo’lib, iatros – shifokor + genes – keltirib chiqaruvchi, ya’ni “shifokor tomonidan keltirib chikarilgan kasallik” degan ma’noni anglatadi. Yatrogeniya asosida xulq atvor me’yorlarini buzilishi, bilim va malakaning yetishmasligi va sovuqqonlik yotadi. Bunda asosiy rolni, shubxasiz, shifokorlik etikasini buzilishi o’ynaydi. SHuning uchun deontologiya va yatrogeniya muammolari o’zaro bog’liqdir. Yatrogeniya sabablari ko’lami keng. Bugungi kunda yatrogen patologiyasi e’tibor berilmaydigan yoki sezmaslik mumkin bo’lmagan jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammoga aylandi. SHuni qayd etish kerakki yatrogeniyaning o’sib borishi, shifokorning be’morga bo’lgan salbiy psixologik va psixik ta’siriga bog’liq. Adabiyotlarda yana yatrogeniyani diagnostik va davolash patologiyalari, davolash va tashxis asoratlari, tibbiyotdagi noxush xolatlar, dori kasalligi, dorilarning nojo’ya ta’siri, “ikkilamchi kasalliklar”, gospitalizm dab xam ataladi. Xirurgiyada yatrogen patologiyaning quyidagi turlari ajratiladi: Psixogen, somatik, dori, infeksion va aralash. Psixogen yatrogeniya – bu salbiy psixogen omillar ta’sirida rivojlanuvchi kasallik. Psixogen yatrogeniya nevroz, psixoz, nevrasteniya, isteriya, fobiya, depressiya, ko’rquv xissi, depressiv va ipoxondrik buzilishlar shaklida namoyon bo’ladi. Ular tibbiyot xodimining be’mor salomatligi to’g’risida noto’g’ri va extiyotsizlik bilan ma’lumot berishi, be’morni o’z kasallik tarixi va maxsus tibbiy adabiyotlar bilan tanishishi, ommaviy ma’ruzalarni eshitish, ayniqsa televizor
orqali noto’g’ri tushunchaga ega bo’lishidan kelib chiqadi. Shifokor be’mor bilan
muloqotga kirishganda shuni esda tutishi kerakki, u be’mor uchun katta ma’lumot
manbaidir va unga qarab be’mor o’z xolati haqidagi ma’lumotga ega bo’ladi.
Dori yatrogeniyasi – bu be’morda shifokor buyurgan dori moddalarini qabul
qilingandan keyin kelib chiquvchi buzilishlardir.
Somatik  yatrogeniyalar  –  bu  turli  xil  tibbiy  muolajalar  (jarrohlik
operatsiyalari,  anesteziologik  yordamlar,  reanimatsion  yordamlar,  davolash-
diagnostik muolajalar, profilaktik muolajalar) natijasida kelib chiquvchi kasallik.
Infeksion  yatrogeniya  –  bu  be’morda  tibbiyot  xodimlarining  noto’g’ri
xarakatlari  tufayli  kelib chiquvchi  infeksiya.  Infeksion  yatrogeniyaning sababi
diagnostik, organizatsion va davolash – profilaktik tadbirlarda aseptika konunlariga
rioya qilmaslik. Bundan tashqari infeksion yatrogeniya sababi gemokomponent
terapiya va emlashlarni o’tkazishda ehtiyot qoidalarini buzish. Faqatgina jarrohlik
amaliyotining barcha bosqichlarida aseptika qoidalariga qat’iy rioya qilishgina
infeksion yatrogeniyaning oldini olish imkonini beradi.
Barcha sanalgan yatrogeniyalarning jarrohlikka aloqasi bor. Ayniqsa somatik
yatrogeniyalar guruxidan eng xavflisi bo’lib diagnostik yatrogeniyalar xisoblanadi,
u esa o’z ortidan noto’g’ri davolash, invaziv tekshirish usullaridan keyin infeksion
asoratlar  kelib  chiqishi  mumkin.  Tibbiyotda  turli  yatrogen  patologiyalar  kelib
chiqish  sabablari  xar  xil  bo’lib, ular  jarroxlik  bo’limi  shifokori  ishining turli
bosqichlarida kelib chiqishi mumkin.
Diagnostik bosqichda:
-
Be’mor axvolini tavsiflovchi anamnez va ob’yektiv ma’lumotlar, laborator,
apparat – instrumental va boshqa ko’rsatkichlarni yetarli darajada bo’lmasligi.
-
Diagnostik  va  jarroxlik  muolajalari  natijasida  a’zo  va  to’qimalarning
jarohatlanishi.
-
Turli xil reaksiya va asoratlarga olib keluvchi diagnostik va medikamentoz
preparatlarni buyurish. 
-
Be’morning tashqi ko’rinishi, xidi, harakatlariga bo’lgan salbiy muomila.
- Be’morga bo’lgan professional muomila chegaralaridan chiquvchi hulq, be’mor
“shaxsiy hayotiga” aralashish.
        Davolash – profilaktika bosqichida:
Logotip
orqali noto’g’ri tushunchaga ega bo’lishidan kelib chiqadi. Shifokor be’mor bilan muloqotga kirishganda shuni esda tutishi kerakki, u be’mor uchun katta ma’lumot manbaidir va unga qarab be’mor o’z xolati haqidagi ma’lumotga ega bo’ladi. Dori yatrogeniyasi – bu be’morda shifokor buyurgan dori moddalarini qabul qilingandan keyin kelib chiquvchi buzilishlardir. Somatik yatrogeniyalar – bu turli xil tibbiy muolajalar (jarrohlik operatsiyalari, anesteziologik yordamlar, reanimatsion yordamlar, davolash- diagnostik muolajalar, profilaktik muolajalar) natijasida kelib chiquvchi kasallik. Infeksion yatrogeniya – bu be’morda tibbiyot xodimlarining noto’g’ri xarakatlari tufayli kelib chiquvchi infeksiya. Infeksion yatrogeniyaning sababi diagnostik, organizatsion va davolash – profilaktik tadbirlarda aseptika konunlariga rioya qilmaslik. Bundan tashqari infeksion yatrogeniya sababi gemokomponent terapiya va emlashlarni o’tkazishda ehtiyot qoidalarini buzish. Faqatgina jarrohlik amaliyotining barcha bosqichlarida aseptika qoidalariga qat’iy rioya qilishgina infeksion yatrogeniyaning oldini olish imkonini beradi. Barcha sanalgan yatrogeniyalarning jarrohlikka aloqasi bor. Ayniqsa somatik yatrogeniyalar guruxidan eng xavflisi bo’lib diagnostik yatrogeniyalar xisoblanadi, u esa o’z ortidan noto’g’ri davolash, invaziv tekshirish usullaridan keyin infeksion asoratlar kelib chiqishi mumkin. Tibbiyotda turli yatrogen patologiyalar kelib chiqish sabablari xar xil bo’lib, ular jarroxlik bo’limi shifokori ishining turli bosqichlarida kelib chiqishi mumkin. Diagnostik bosqichda: - Be’mor axvolini tavsiflovchi anamnez va ob’yektiv ma’lumotlar, laborator, apparat – instrumental va boshqa ko’rsatkichlarni yetarli darajada bo’lmasligi. - Diagnostik va jarroxlik muolajalari natijasida a’zo va to’qimalarning jarohatlanishi. - Turli xil reaksiya va asoratlarga olib keluvchi diagnostik va medikamentoz preparatlarni buyurish. - Be’morning tashqi ko’rinishi, xidi, harakatlariga bo’lgan salbiy muomila. - Be’morga bo’lgan professional muomila chegaralaridan chiquvchi hulq, be’mor “shaxsiy hayotiga” aralashish. Davolash – profilaktika bosqichida: