ZIDLOV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
410,5 KB
1
Mavzu: ZIDLOV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN
QO’SHMA GAPLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: mavzuning amaliy va nazariy asoslarini o’rganish:
so‘zlarni sintaktik va morfologik tahlil qila oladi. O‘rganilgan ifoda
vositalarini og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi.
b) tarbiyaviy: adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala
madaniyatiga ega bo‘lish vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-
oqibatli bo‘lish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish,
ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish. ( tinglab tushunish, o‘qish,
so‘zlash, yozish ) Nutqda o‘rinli foydalana oladi.
Tayanch kompetensiyalar:
- kommunikativ kompetensiya - K.K
- axborot bilan ishlash kompetensiyasi -A.I.K
- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - I.F.F.K
- o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi - O’.R.K
- Milliy va umummadaniy kompetensiya - M.U.K
- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
2
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:
mavzu doirasida ko’rsatilgan ilovalarga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:
- Nutqiy kompetensiya - N.K
-Lingvistik kompetensiya - L.K
Fanga oid kompetensiyalar: o’quvchilar “Zidlov bog’lovchilari yordamida
bog’langan qo‘shma gaplar”ni bilishlari kundalik hayotda qo’llay olishlari
uchun juda zarur.
Baholash tartibi: Dars boshlanishidan avval tayyorlab qo’yilgan besh ballik
tizimidagi rag’bat kartochkalar darsning har bosqichida javob bergan
o’quvchiga berib boriladi. Dars yakunida aynan rag’bat olgan o’quvchining
bahosi umumlashtirilib, jurnalga va kundalik daftarga qayd etiladi.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy
Darsda foydalaniladigan metod va texnologiyalar: hamkorlikda o’qitish:
muloqot, savol-javob, grammatik topishmoqlar, taqdimot, chala xat, yozma
nazorat, so’z o’yini.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: audiomatn, didaktik tarqatmalar,
vatman qog’ozi, marker, aylamma daftarlar, jadvallar, rasmlar, kompyuter
jamlanmasi.
Baholash: 5 balli tizim asosida
Fanlararo bog’liqligi: adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, geografiya,
biologiya
3
Darsning texnologik xaritasi:
№
Darsning borishi
Vaqti
1
Darsni tashkil qilish
2 daqiqa
2
Uyga vazifani so`rash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
20 daqiqa
4
Mavzuni mustahkamlash
13 daqiqa
5
O`quvchilarni baholash
2 daqiqa
6
Uyga vazifa berish
3 daqiqa
Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik.
9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O‘tgan mavzuni so‘rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu bayoni : mashqlar (topshiriqlar) tahlili ustida ishlash :
1-topshiriq. Ko’chiring. Gaplar tarkibidagi zidlov bog’lovchilarini
topib, ularning vazifalarini ayting. 1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin
ko‘klam bir oz noqulay keldi. (Oybek) 2. Gul to‘g‘risida yozganini
ko’rganim yo’q, lekin paxta haqida ko’p yozadi. (Abdulla Qahhor) 3.
Yo‘lning ikki chetidagi g’alla tovlanardi, ammo ular o‘tgan yillardagi kabi
4
baland emas edi. (Oybek) 4. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik
sovuq emas edi. (Said Ahmad)
Bilib oling. Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap
qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlik munosabati
mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog’lovchilari qo’shma
gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi va qo’shma gap
qismlari vergul bilan ajratiladi.
Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog’langan qo’shma gap
qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash, ketma-
ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
62-mashq. Ko’chiring. Zidlov bog’lovchilarini aniqlab, ularning qanday
vazifa bajarayotganini ayting.
1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush
parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo’yi baland, lekin mevasi kam.
(Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O’xshashini topmasdim aslo.
(Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni,
biroq O’tmishingni o’ylayman bir zum. (A.Oripov)
Tushunchalar tahlili” “uslubining maqsadi mavzu yuzasidan tayanch
tushunchalarni o‘zlashtirib olganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini
mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, bilim darajalarini baholay olish,
safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir
tizimga solishga o‘rgatishdan iborat.
Tushunchalar tahlili” “uslubini qo‘llash tartibi:
• o‘quvchilar guruhlarga ajratilib, talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
• tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi va tushunchalar beriladi;
5
• o‘quvchilar tushunchalarga izoh yozadi; o‘qituvchi jamoa bilan birgalikda
har bir tushunchaga to‘g’ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir
tushunchaning izohi berilgan slayd orqali;
• o‘quvchi to‘g’ri javob bilan belgilangan belgilangan javoblarning farqini
aniqlaydi, o‘z-o‘zini baholaydi.
63-mashq. Ko’chiring. Zidlov bog’lovchilari bilan -u (-yu), -da
yuklamalarini almashtirish mumkin bo’lgan gaplarni aniqlang va buning
sababini tushuntiring.
1. Soni ko’p, lekin salmog’i yo’q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz
yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o’z fikrimni aniq
tushuntirib
berishga
harakat
qilyapman,
lekin
siz
uni
eshitishni
xohlamayapmiz. (Olimjon Xoldor) 5. Termometr hamshiraning qo’lidan
tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad) 6.
Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga
qarab ketdilar. (Sh.Xolmirzayev)
64-mashq. Gaplarni ko’chiring, zidlov bog’lovchilarini topib, ularni
izohlang.
1. To’g’ri so’z har narsadan yaxshi, biroq yolg’onchi va chaqimchidan
eshitilgan to’g’ri so’z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo
vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati — farzand, lekin noqobil
farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do’st yomon kuningda asqotadi,
biroq qo’rqoq do’st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har
kimning zari bo’lmasa-da, hunari bo’lsin. («Hikmatnoma»dari)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
6
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy o‘rta ta’limning ona tili fanidan davlat ta’lim standarti va
o‘quv dasturi. Toshkent-2017
2. 9-sinf “Ona tili” o`qituvchilar uchunmetodik qo`llanmasi. 2014 yil
3. R. Sirojjidinov. Grammatik topishmoqlar. Toshkent - 1995
4. 9-sinf. “Ona tili” Komila Usmonova Toshkent - 2017
5. 9-sinf. “Ona tili” Jalolbek Yo‘ldoshbekov. “O‘zbekiston” NMIU
Toshkent — 2019
6. K.Hoshimov, S. Nishonova, M. Inomova, R. Hasanov. Pedagogika
tarixi. T.,”O‘qituvchi” 2004