Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati. (amaliy mashg‘ulot)
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
97,5 KB
Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati. (amaliy
mashg‘ulot)
Reja:
1. Zilzilada aholining to’g’ri harakatlanish qoidalari.
2. Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?
3. Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?
4. Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?
5. Qor ko‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak?
6. Kuchli shamollar vaqtida qanday harakatlanish kerak?
7. Tog‘li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari.
8. Jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerak?
1. Zilzilada aholining to’g’ri harakatlanish qoidalari.
Zilzila - eng qo‘rqinchli va inshootlarni vayron qiluvchi tabiat hodisasi
hisoblanadi. U yer sharining seysmik faol qismida vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi shunday seysmik faol hududlardan biri bo‘lib, ayrim
tumanlarda zilzila kuchi 9 ballgacha yetadi.
Yer silkinishining kuchi 12 balli shkalada aniqlanadi. Yer yuzasida namoyon
bo‘lishiga qarab zilzila quyidagicha izohlanadi:
1-3 balli - kuchsiz;
4-5 balli - sezilarli;
6-7 balli - kuchli;
8-10 balli - vayron qiluvchi;
11-12 balli - halokatli.
Zilzila ro‘y berganda insonlarda paydo bo‘lgan qo‘rquv uning hayot uchun
xavfli harakatlar qilishiga olib kelishi mumkin. Seysmik faol hududlarda doimo
yashaydigan yoki vaqtincha u yerda bo‘lgan aholi yer silkinganda oddiy ehtiyot
choralarini bilishlari va ularni qo‘llashlari shart.
2
Yodingizda bo‘lsin, zilziladan avval, zilzila davrida va undan keyin o‘zini
boshqara olgan inson, qo‘rquvni yengishi osonroq kechadi.
Zilzilada aholini muhofaza qilish chora tadbirlari:
1. Zilzila xavfi bo‘lganda binodan chiqish yo‘lini oldindan belgilab qo‘yish
kerak. Yodingizda bo‘lsin - yer silkinishi yarim tunda ham yuz berishi mumkin.
Chiqish yo‘llari, eshiklar odamlar bilan tirband bo‘lib, tashqariga tez chiqishni
qiyinlashtiradi. Binoni tez tark etish birinchi qavat derazalari orqali ham amalga
oshiriladi.
2. Uyingizdagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qo‘ying, bu - xonaning asosiy
devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti bo‘lishi
mumkin. Zilzilada uyning eng havfli joylari - ichki va tashqi deraza ostilari,
devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda
joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga
olish kerak.
3. Oila a’zolari va bolalarga xavfsiz joyni egallashni o‘rgatish zarur.
4. Oilangiz a’zolari va o‘zingiz kvartirangizda, pod’ezdda, uyingizda gaz,
elektr, suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz lozim.
5. Qariya, nogiron va bolalar xavfsizligini ta’minlash yo‘lini oldindan o‘ylab
qo‘ying.
6. Xonalardagi shkaf, kitob javonlarni devorlarga mahkamlab qo‘ying. Uy
jixozlarni uxlaydigan o‘rinlarga yiqilmaydigan holatda, eshik va chiqish yo‘llarini
to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirish kerak.
7. Javonlar, shkaflar ustidagi og‘ir buyumlar qattiq mahkamlab qo‘yilishi yoki
odam ustiga tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlar pastga yoki ishonchli joyga
joylashtirilishi shart. Dam olish o‘rinlari derazadan, katta oynalardan, tushib ketishi
mumkin bo‘lgan buyumlardan uzoqroq bo‘lishi shart.
8. Javonlarni dam olish o‘rinlaridan, xonaga kirish eshigidan, rakovina va
unitazlardan uzoqroq joyga o‘rnating.
9. Uyga kirish yo‘lini, yo‘laklarni, va zinapoyalarni buyumlar bilan to‘sib
qo‘ymang.
3
10. Tez alangalanuvchi va o‘yuvchi suyuqliklar solingan idishlarni yer
qimirlab, bino silkinganda tushib ketib, portlab yoki yonib ketmaydigan xavfsiz joyda
saklang.
11. Jarohatlanganda, umuman har qanday xavf bo‘lganda birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatish choralarini o‘rganing. Doimo uyingizda dori-darmonlar, birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish qutichasini saqlang.
12. Garaj yoki dala hovli yerto‘lasidan yashirinish joyi sifatida foydalanish
mumkin. U yerda ofat tugagunga qadar berkinish, oziq-ovqat zahirasini, kiyim-
kechak va kerakli narsalarni saqlash mumkin. Shu bilan birga, qaltis qiyaliklar va
ko‘chki xavfi bo‘lgan joylarda qurilgan uylar xavfli bo‘lishi mumkinligi yodingizda
bo‘lsin.
13. Uyingiz xolatini tekshirib chiqing, uni mustahkamlash yo‘llarini aniqlang.
14. Uyingiz yoki ish joyingiz qishloqdagi aholi yashayotgan joylarda
joylashgan bo‘lsa, xavfli jarayonlar, ya’ni sel kelishi, ko‘chki xavfi bo‘lgan tog‘
hududida, suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda ekanligini aniqlab, oila a’zolari va
qo‘shnilar bilan birgalikda xavfsiz joyga chiqish yo‘llarini belgilab qo‘ying. Chunki
yer silkinishi natijasida yer ko‘chkisi, o‘pirilishi, siljishi, tosh ko‘chkisi, yerning
yorilishi, tuproq qatlamlarning cho‘kishi, tuproqning siqilib balchiqqa aylanish
hollari yuz berishi mumkin.
Kuchli zilzila vaqtida:
Zilzila ro‘y berganda, yerning yuza qismi uncha uzoq bo‘lmagan vaqt tebranib
turadi. Zilzila davri – silkinish yer qatlamining yuzasida va yaqin masofada bo‘lsa bir
necha soniya, chuqurroq va olisda bo‘lsa 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu
tebranishlar insonga noqulaylik tug‘dirib, qo‘rquvga tushiradi. Lekin yer
silkinishining to‘xtashini kutishdan boshqa chora yo‘q. Shuning uchun sarosimaga
tushmaslikka harakat qiling, osoyishtalik va xotirjamlikni saqlash juda muhim. Yer
qimirlayotganda xotirjamlik va aql bilan ish ko‘rsangiz talofotsiz chiqishingizga
ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Bundan tashqari atrofingizdagi odamlar sizdan o‘rnak
olishadi va bu ular uchun nihoyatda foydali.
Xonaning ichida:
4
1. Agar siz yer yoki binoning silkinishini sezsangiz, darxol xavfdan qutilishga
harakat qiling, eng katta xavfni yuqoridan tushadigan jismlar yaratishi mumkinligiga
ahamiyat bering.
2. Agar siz ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida xom g‘ishtli, pishgan g‘ishtli
yoki paxsa devorli shaxsiy uylarda yashasangiz, zilzila boshlanishi bilan 15-20 soniya
ichida darhol uyning ichidan tashqariga chiqib keting va elektr simlari, gaz quvurlari
va baland imoratlar tagidan uzoqroqqa ochiq joyga o‘ting.
3. Agar xonaning ichida qolsangiz oldindan belgilab olingan xavfsiz joyga
turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblari, oyna siniqlari
tushadigan bo‘lsa, stol yoki krovatlar tagiga berkinib oling. Maktab o‘quvchilari
partalarning tagiga kirib, oynaga teskari o‘girilib, boshlari va yuzlarini qo‘llari bilan
berkitib olishlari zarur.
4. Agar siz ko‘p qavatli uylar va imoratlarning birinchi qavatidan yuqorida
bo‘lsangiz, hech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab yugurmang, chunki ko‘p
hollarda zilzila davrida ushbu qurilmalar birinchi navbatda qulaydi. Bunday hollarda
uyning eshigini ochib uning o‘rniga turing. Eshik kesakisi qotib qolsa xavotir
bo‘lmang, bu hol imorat devorlarining og‘ishidan bo‘ladi.
5. Har qanday binoning oynali devorlaridan uzoqroqda, asosiy devori yonida
turishga harakat qiling. Oynali to‘siqlardan ehtiyot bo‘ling.
6. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda bo‘lsangiz, zinhor derazadan pastga
sakramang, chunki binoga zarar yetkazilmasa ham, siz jarohatlanishingiz mumkin.
7. Sakrashga majbur bo‘lgan hollarda zinxor yopiq deraza oynasiga qarab
sakramang, oynani taburetka yoki yelkangiz bilan sindirib keyin sakrang.
8. Odamlar bilan gavjum joylarda (do‘kon, kinoteatr, maktab, oliy ta’lim
muassasasi, vokzal) sarosimaga tushmang, binoning asosiy devorlariga, ustunlarga
yaqinroq, osilib turgan buyumlardan, qandil, shamollatgich, reklama taxtalardan esa
uzoqroq turish kerak.
9. O‘zingizni xotirjam tuting, atrofingizdagilarni sarosimaga tushiradigan
harakatlar qilmang, eshik va yo‘laklarda tirbandlik hosil qilmang.
10. Qishloq joylarida zilzila oqibatida yer ko‘chkisi ro‘y berishi, sel kelishi,
tog‘lardan toshlar tushishi mumkin. Shuning uchun tepaliklar ustiga yoki suv
5
bosmaydigan, yuqoriroq joyga chiqib olishga yoki tik tog‘ yonbag‘irlaridan uzoqroq
joylarga o‘tishga harakat qiling.
11. Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki xurkib ketgan hayvonlar
tagida qolib ketish xavfi mavjud.
Ko‘chada:
1. Ko‘p qavatli bino ostida turgan bo‘lsangiz, ochiq joyga chiqishga harakat
qiling, chunki bino silkinishi natijasida siniq parchalari ustingizga tushishi mumkin.
Elektr simlari tagida ham turmang, uzilib ketishi mumkin. Uzilib ketgan simlardan
ehtiyot bo‘ling.
2. Bino bo‘ylab uning tagida yugurmang, binoga kirmang, yuqoridan tushishi
mumkin bo‘lgan bo‘laklar hayotingiz uchun xavfli.
3. Zilzila vaqtida avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz, yuqori qavatli binolar,
elektr simi, tik yonbag‘irlar, ko‘priklar, yoqilg’i quyish shoxobchalari, daryo
o‘zanidan uzoqroq joylarga borib mashinani asta to‘xtating.
Zilziladan so‘ng:
Zilzila to‘xtagandan keyin binolarning holatini, jabrlangan odamlarni
kuzatishingiz mumkin. Bunday hollarda xotirjamlik bilan darhol shikastlangan,
jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni boshlang.
1. Yordamga muhtoj odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating. Jarohat
olganlarni sovuq qotmasligi uchun ko‘rpa bilan o‘rang va shifoxonaga yuboring.
2. Kasallar, bolalar va qariyalar xavfsizligini ta’minlang, ruhiy dalda bering.
3. Yengil buyumlar ostida qolganlarga yordam bering. Ehtiyot bo‘ling.
Qo‘shimcha tibbiy yoki boshqa yordamga xojat bo‘lsa yordam kelguncha kuting.
4. Yong‘in o‘chog‘ini sezsangiz, iloji boricha o‘chirishga harakat qiling.
5. Elektr simlarini uzilmaganligini tekshirib ko‘ring. Buzilgan joyini tuzatishga
harakat qiling yoki elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘ying.
6. Suv tarmog‘ini tekshirib chiqing. Agar buzilgan bo‘lsa, tuzatishga harakat
qiling yoki tarmoqdan uzib qo‘ying.
7. Gaz tarmog‘ini jumragidan berkitib qo‘ying, agar gaz tarqalish xavfi mavjud
bo‘lsa, uni hididan aniqlang, gugurt yoki shamdan foydalanmang.
6
8. Kanalizatsiya quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini bino ichida,
yerto‘lada tekshirib ko‘ring.
9. Xavfli yengil alanga oluvchi suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin, kimyoviy
moddalar va boshqalar), tezda bartaraf qiling va bu haqda boshqalarga xabar bering.
10. Vayron bo‘lgan binolar yoniga bormang, ularning ichiga kirmang. Agar
sizning yordamingiz kerak bo‘lmasa, yer qimirlagan va vayron bo‘lgan joyga
kirmang.
11. Yerto‘la eshiklarini ochishda ehtiyot bo‘ling, chunki ustingizga suvoq
parchalari, ustunlar yoki og‘ir jismlar tushishi mumkin.
12. Telefonni keraksiz axborotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon
yordamga chaqirish, muhim hodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar haqida axborot
berish uchun kerak bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsin, telefon tarmog‘ining band bo‘lishi
qutqaruv xizmati ishlari samaradoligini kamaytirishi mumkin.
13. Zilzilaning takrorlanishi mumkinligi haqidagi o‘z fikringizni birovlarga
tarqatmang, yoki mish-mishlarga ishonib gap tarqatmang. Rasman e’lon qilingan
axborotlardan foydalaning.
14. Agar siz vayrona ostida qolgan bo‘lsangiz, iloji boricha xotirjamlik bilan
sharoitni to‘g‘ri baholang. O‘zingizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim
bo‘lsa qon oqishini to‘xtating va jarohatni bog‘lang.
15. Yoningizdagilarga yordam ko‘rsating, tinchlanishiga yordam bering.
Vayronalardan tashqaridagilar bilan tovush orqali yoki biror narsani taqqillatish bilan
aloqa o‘rnatishga harakat qiling. Kuchlaringizni tejang. Yodingizda bo‘lsin, yordam
albatta keladi.
16. Yodingizda bo‘lsin, yerning qayta silkinishi – aftershoklar xavfi saqlanib
qolishi mumkin. Aftershoklar, asosiy yer qimirlagandan so‘ng bir necha daqiqa, soat,
ba’zi vaqtlarda kunlardan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.
2. Ko‘chki vaqtida qanday harakat kilish kerak?
Ko‘chki - tog‘ va jar yonbag‘irlaridan, dengiz, ko‘l va daryolarning tik
qirg‘oqlaridan tuproq va tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’siri ostida pastga siljishi.
7
Ko‘chkining ko‘p uchraydigan sabablaridan biri yonbag‘irning yuvilishi,
yog‘ingarchilik ta’sirida namlanishi, zilzila yoki inson faoliyati (portlatish ishlari va
boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Ko‘chki hajmi o‘nlab va yuzlab ming kub metrga, ayrim hollarda undan ham
oshishi mumkin. Ko‘chki tezligi yiliga bir necha metrdan, soniyasiga bir necha metr
bo‘lishi mumkin. Ko‘chkining eng katta tezligi zilzila vaqtiga to‘g‘ri keladi. Tuproq
surilishi turar joy va ishlab chiqarish binolariga, muhandislik va yo‘l inshootlariga,
magistral quvurlari va elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi va vayron qilishi bilan
birga, odamlarga jarohat yetkazishi va qurbon bo‘lishlariga olib kelishi mumkin.
Ko‘chki vaqtida harakatlanish qoidalari:
Ko‘chki ehtimoli yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi signalni olgach, elektr
asboblari, gaz va suv tarmog‘ini o‘chiring, avvaldan ishlab chikilgan rejaga asosan
zudlik bilan o‘tkaziladigan evakuatsiyaga tayyorlaning. Ko‘chki joyi va tezligidan
kelib chiqib harakat qiling. Ko‘chki surilishi sekin harakatlanayotgan bo‘lsa,
imkoniyatdan kelib chiqib, xavfli hududda qolishi mumkin bo‘lgan binolarni tark
eting, mebel, buyumlarni olib keting va h.k.
Ko‘chki tezligi bir kecha-kunduzda 0,5-1,0 m bo‘lsa, avvaldan ishlab chiqilgan
rejaga muvofiq evakuatsiya tadbirlarini amalga oshiring. Evakuatsiya vaqtida o‘zingiz
bilan hujjatlar, qimmatli buyumlar, sharoitdan kelib chiqib va ma’muriyat
ko‘rsatmasiga binoan issiq kiyimlar va oziq-ovqat mahsulotlari oling. Xavfsiz joyga
zudlik bilan ko‘chib o‘ting va zarurat bo‘lsa, qutqaruvchilarga ko‘maklashing.
Ko‘chki ro‘y berganidan so‘ng omon qolgan bino va inshootlar tekshirib
chiqiladi, elektr, gaz va suv tarmoqlaridagi shikastlar aniqlanadi. Jarohatlanmagan
bo‘lsangiz, qutqaruvchilar bilan birgalikda jabrlanganlarga ko‘maklashing va
imkoniyat doirasida birinchi yordamni ko‘rsating.
3. Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Suv toshqini - qor erishi, jala (kuchli yomg‘ir), suvning shamol yordamida
haydab kelinishi, muz bo‘laklarining tiqilishi va boshqa holatlarda daryo, ko‘l yoki
dengiz suvlari sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida quruqlikning anchagina qismini
suv ostida qolishi.
8
Suv toshqini ko‘prik, yo‘l, bino va inshootlarni vayron qilishi, katta moddiy
zarar keltirishi mumkin. Suv tezligi soniyasiga 4 metrdan ortgan va suv qatlamining
balandligi 2 metrdan oshgan hollarda odamlar hamda jonivorlar nobud bo‘lishi
mumkin. Vayronaliklarning asosiy qismini kelib chiqishi bino va inshootlarga suv
massasining gidravlik zarba berishi bilan katta tezlikda muz parchalari, suzuvchi
vositalarning turli bo‘laklari va boshqalar kirib kelishi sabab bo‘ladi. Suv toshqini
to‘satdan yuzaga kelib, bir necha soatdan 2-3 haftagacha davom etishi mumkin.
Suv toshqiniga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
Agar hududingiz suv toshqini xavfiga tez-tez uchrab tursa, u holda ehtimoliy suv
toshish chegarasini, shuningdek yashash joyingizga yaqin bo‘lgan tepaliklarni, ularga
boruvchi eng yaqin yo‘llarni o‘rganib chiqing va esda saqlab qoling. Oila
a’zolaringizni uyushgan va yakka evakuatsiya talablari bilan, to‘satdan keskin suv
hajmi oshib boradigan hollarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari bilan tanishtiring. Qayiq,
sol va ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan qurilish materiallarining turgan joyini
yodda tuting. Oldindan evakuatsiya vaqtida olib chiqib ketiladigan hujjatlar, mol-mulk
va dori-darmonlar ro‘yxatini tuzib qo‘ying. Maxsus jomadon yoki ryukzakka
qimmatbaho buyumlaringiz, zarur issiq kiyim, oziq-ovqat zaxirasi, suv va dori-
darmonlarni solib qo‘ying.
Suv toshqini vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Suv toshqini xavfi yuzaga kelganligi va evakuatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi
xabarni olgach, belgilangan tartibda xavfli hududdan xavfsiz hududga yoki tepaliklarga
chiqing. O‘zingiz bilan hujjatlar, qimmatbaho buyumlaringiz va uch kecha-kunduzga
yetadigan oziq-ovqat mahsulotlarini oling. Manzilga yetib kelgach ko‘chiriluvchilarni
qabul qilish punktida ro‘yxatdan o‘ting.
Uydan chiqishdan oldin elektr, gaz tarmog‘i va isitish pechlaridagi olovni
o‘chiring, binodan tashqaridagi suv olib ketishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlarni
mahkamlang yoki ularni yordamchi binolarga joylashtiring. Vaqtingiz yetarli bo‘lsa,
qimmatbaho uy jihozlarini yuqori qavatlarga yoki chordoqqa olib chiqing. Deraza va
eshiklarni yoping, zarurat bo‘lsa va vaqt imkon bersa, birinchi qavatdagi deraza va
eshiklarni tashqi tomondan taxtalar bilan qoqib qo‘ying.
9
Evakuatsiya uyushgan holda o‘tkazilmayotgan bo‘lsa, yordam yetib kelgunga va
suv sathi pasaygunga qadar yuqori qavatlar va binolar tomidan, daraxtlar va
tepaliklardan joy egallang. Shu bilan birga muntazam halokat signalini berib boring
(kunduz kuni uzoqdan yaxshi ko‘rinadigan ochiq rangli matoni osib qo‘yish yoki
silkitish bilan, tunda - yorug‘lik signali va ovoz bilan). Qutqaruvchilar yaqinlashganda,
suzuvchi vositaga o‘ting. Bunda qutqaruvchilarning ko‘rsatmalariga qat’iy amal qiling,
suzuvchi vosita ustidagi yukning ko‘payib ketmasligiga e’tibor bering. Harakat vaqtida
o‘rningizdan qimirlamang, qayiq chetiga o‘tirmang, ekipaj a’zolarining talablarini
bajaring.
Suv ostida qolgan zonadan mustaqil ravishda chiqishga, faqatgina jiddiy
sabablar (jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, suv sathining ko‘tarilib borishi,
yuqori qavatlar va chordoqlarni suv bosish xavfi) paydo bo‘lganda tavsiya etiladi.
Ammo ishonchli suzuvchi vosita bo‘lsa, harakat yo‘nalishini bilsangizgina shunday
yo‘l tutishingiz mumkin. Mustaqil harakat vaqtida halokat signalini berishni
to‘xtatmang.
Suvda qolganlar va cho‘kayotganlarga yordam bering. Odam cho‘kayotgan
bo‘lsa, unga suzuvchi vosita tashlang, harakatlarini qo‘llab-quvvatlab turing,
boshqalarni yordamga chaqiring. Jabrlanuvchiga yaqinlashar ekansiz, daryo oqimini
hisobga oling. Agar cho‘kayotgan odam o‘z harakatlarini nazorat qilolmayotgan
bo‘lsa, unga orqa tomondan suzib borib sochidan ushlang va qirg‘oqqa qarab suzing.
Suv toshqinidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?
Binoga kirishdan avval, uning holatini tekshirib ko‘ring. Xonalarni shamollating
(gaz
to‘planib
qolgan
bo‘lishi
mumkin).
Xonalarni
to‘la
shamollatib
bo‘lmaguningizcha va gaz ta’minoti tizimini tekshirib ko‘rmaguncha elektr
yoritgichlarni yoqmang, ochiq olovdan foydalanmang, gugurt ishlatmang. Elektr
simlari, gaz quvurlari, suv va maishiy chiqindi tarmog‘ining sozligini tekshiring.
Mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tizimlarning sozligiga ishonch hosil qilmasdan
ulardan foydalanmang. Xonalarni quritish uchun barcha eshik va derazalarni ochib
tashlang, pol va devorlarni chiqindilardan tozalang, yerto‘lalardagi suvni tortib
chikaring. Nam tekkan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang. Quduqlarni
tozalab, ulardagi suvni chiqarib tashlang.
10
4. Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Sel - tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi katta hajmdagi tog‘
jinslari bo‘laklari, xarsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
Sel oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarning jadal erishi,
zilzila va vulqon otilishlari keltirib chiqaradi. U to‘satdan yuzaga keladi, katta tezlik
(10 m/soniya va undan ortiq) bilan harakatlanadi, odatda o‘n daqiqadan bir necha
soatgacha bo‘lgan oraliq bilan bir necha to‘lqinlar shaklida o‘tadi. Sel to‘lqini oldingi
qismining balandligi 15 m va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Harakatlanayotgan sel
oqimining gulduragan ovozi uzoq masofadan eshitilib turadi. Odamlar (sayyohlar, tog‘
razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy aholi), turar joy binolari va yo‘l inshootlari
tabiiy ofatning qurboniga aylanishlari mumkin.
Selga qanday tayyorlanish kerak?
Odatda sel oqimlari kelishi mumkin bo‘lgan joylar ma’lum bo‘ladi. Toqqa
chiqishdan avval harakatingiz yo‘nalishida mavjud bo‘lgan shunday joylarni o‘rganib
chiqing, ularni, ayniqsa kuchli yog‘inlardan so‘ng chetlab o‘ting. Sel oqimiga to‘qnash
kelib qolinganda qutulib qolishning iloji juda kamligini doimo yodda tuting.
Evakuatsiya oldindan o‘tkaziladigan bo‘lsa, turar joyni tashlab chiqib ketishdan
avval elektr, gaz, suv manbalarini berkiting. Eshik, deraza va shamollatish tizimlarini
yaxshilab yoping.
Avvaldan o‘tkaziladigan selning oldini oluvchi chora-tadbirlar: seldan xavfli
hududlarda selga qarshi damba va to‘g‘onlar, suv yo‘lini o‘zgartirib yuboruvchi
kanallar quriladi, tog‘ ko‘llari sathi pasaytiriladi, yonbag‘irlardagi tuproq qatlami
daraxt o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlanadi, kuzatuv ishlari olib boriladi, xabar
berish tizimi yaratiladi va evakuatsiya rejalashtiriladi.
Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Kelayotgan sel oqimining shovqinini eshittach, zudlik bilan kamida 50-100 m
balandlikka chiqib olish kerak. Bunda shiddat bilan kelayotgan oqimdan katta
masofaga og‘ir, hayot uchun xavfli bo‘lgan toshlar otilib chiqishi mumkinligini yodda
tutish lozim.
Sel oqimi o‘tib ketgandan so‘ng jabrlanganlarga, sel oqimi o‘tgan joylardagi
vayrona uyumlari va loyqalarni tozalayotgan qutqaruvchilarga ko‘maklashing.
11
Shikastlangan bo‘lsangiz, o‘zingizga birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qiling.
Tanangizning shikast topgan joylarini, iloji boricha yuqoriroq ko‘targan holda tuting,
shikast joylariga muz (namlangan mato) qo‘ying, qattiq bog‘lang. Tibbiyot
xodimlariga murojaat qiling.
5. Qor ko‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak?
Qor ko‘chkisi - 20-30 m/soniya va undan ortiq tezlik bilan harakatlanayotgan
yoki pastga surilayotgan qor massasi.
Qor ko‘chkisiga uzoq muddat qor yog‘ishi, qorning shiddatli erishi, zilzila,
portlash va tog‘ yonbag‘irlarining tebranishini keltirib chiqaruvchi inson faoliyatining
boshqa turlari, havo muhitining tebranishi sabab bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chkisi
binolar, muhandislik inshootlarini vayron qilishi, zichlangan qor bilan yo‘l va tog‘
so‘qmoqlarini yopib qo‘yishi mumkin. Ko‘chkiga to‘qnash kelgan tog‘ qishloqlari
aholisi, sayyohlar, alpinistlar, geologlar, chegarachilar va aholining boshqa toifasi
jarohat olishi yoki qalin qor qatlami ostida qolishi mumkin.
Qor ko‘chkisi tushishi mumkin bo‘lgan hududda harakat qilishning asosiy
qoidalariga rioya qilinishi lozim:
- qor yog‘ayotgan va ob-havo buzilgan vaqtda toqqa chiqmang;
- tog‘da bo‘lgan vaqtingizda ob-havo o‘zgarishlarini kuzatib boring;
- toqqa chiqa turib, qor ko‘chkisi ehtimoli bo‘lgan joylarni bilib oling;
- qor ko‘chkisi tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘ting.
Qor ko‘chkisi, odatda, yonbag‘irlar nishabligi 300 dan oshgan, agar yonbag‘ir
yaydoq bo‘lsa, nishablik 200 dan oshgan joylarda tushadi. Nishablik 450 dan oshgan
joylarda qor ko‘chkisi har qor yoqqan vaqtda yuzaga kelishi mumkin.
Oldini olish tadbirlari.
Qor ko‘chkisi tahdidi yuzaga kelgan sharoitda qor to‘planishi ustidan nazorat
o‘rnatiladi, muhofaza inshootlari quriladi, sun’iy ravishda qor ko‘chkisi yuzaga
keltiriladi, qutqaruv vositalari tayyorlanadi va qutqaruv ishlari rejalashtiriladi.
Ob-havo qanday bo‘lmasin, nishabligi 300 dan ortiq tog‘ yonbag‘irlarini kesib
o‘tish kerak emas, qor yoqqanidan so‘ng esa nishabligi 200 dan ortiq yonbag‘irlardan
2-3 kundan keyingina o‘tish mumkin.