Zoologiya fanining obyektlari va predmeti. Fanning maqsad va
vazifalari. Zoologiya fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o’rni
R E J A
1. Zoologiyaning predmeti, vazifalari.
2. Zoologiya fanlar sistemasi ekanligi.
3. Asosiy sistematik kategoriyalar.
4. Zoologiyaning rivojlanish tarixi.
Zoologiya grekcha “Zoon”- hayvon, “Logos”- ta’limot, fan degan ma’noni
bildirib, uning predmeti, o’rganish obyekti hayvonot dunyosidir. Hozirgi paytda
planetamizda 1,5 million tur hayvonlar borligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ba’zi
mualliflarning hisobiga ko’ra, hayvon turlari 2-3 millionga borar ekan.
Hayvonlarning yerda tarqalish zichligi ham juda xilma-xil bo’lib, bir necha
kvadrat kilometr maydonga bitta fil to’g’ri kelsa, Gidrobia deb nomlangan
shilliqurtning 15000 tasi Azov dengizi ostidagi bir kvadrat metr maydonda
uchraydi. Sank-Peterburg shahri atrofidagi o’tloqlarda olib borilgan kuzatishlarda
400 santimetr kvadrat maydonda 3000 dona turli hayvonlar uchrashi aniqlangan.
Zoologiyaning asosiy vazifalari qatoriga hayvonlarning tuzilishi, xilma-
xilligi, ularnng orasidagi qon-qarindoshlik aloqalari, tarqalishi, hayoti, muhit
sharoitlari bilan bog’lanishlari shuningdek xususiy va tarixiy taraqqiyoti
qonuniyatlarini o’rganadi. Undan tashqari, bu fan, insonlar uchun foydali bo’lgan
hayvonlarni ko’paytirsh, zararli vakillarini esa sonini kamaytirish, muhofazaga
muxtoj bo’lgan turlarni aniqlash, ularni himoya qilish muammolarini o’rganish
kabi vazifalarni ham bajaradi.
Zoologiya o’z ichiga bir qancha fanlarni birlashtirgan holda rivojlanmoqda.
Zoologiyaning rivojlanishi hayvonot dunyosining yangi turlarini ko’plab aniqlash
yo’nalishida uzoq yillar davom etib, oqibatda zoologiyaning o’ziga xos
shaxobchasi - sistematika fani paydo bo’ldi. Sistematika hayvonlarni xilma-xilligi,
o’zaro o’xshashlik va farqlarni, sistematik guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni
o’rganadi. Sistematika hayvonot dunyosi vakillarining tabiiy rivojlanishini aks
ettiruvchi tabiiy sistema ishlab chiqish vazifasini bajaradi. Morfologiya
hayvonlarning tashqi, anatomiya ichki, fiziologiya hayotiy jarayonlarni, ekologiya
muhit bilan bog’lanishni, embriologiya-embrional rivojlanishni, zoogeografiya-
geografik tarqalishni, filogenetika esa hayvonlarni evolyutsion taraqqiyotini
o’rganuvchi zoologiya shaxobchalaridir.
Zoologiya tekshiradigan, o’rganadigan hayvonlar guruhiga binoan ham
protozoologiya-bir
hujayrali
hayvonlarni,
gelmintologiya-tekinxo’r
chuvalchanglarni, entomologiya-hasharotlarni, akaralogiya-kanalarni, ixtiologiya-
baliqlarni, ornitologiya-qushlarni, teriologiya-Sut emizuvchi-larni tadqiq etuvchi
bo’limlarga ajraladi. Shunday qilib zoologiya o’z tarkibida bir qancha shahobchalar
va mustaqil fanlarga ega bo’lgan fanlar sistemasidir.
Zoologiyaning qisqacha tarixi. Zoologiya - qadimgi fanlardan bo’lib, bu
fanga eramizdan ilgargi 384-322 -yillarda yashagan gretsiyalik olim va faylasuf
Arastu asos solgan. Arastu o’ziga ma’lum bo’lgan 454 tur hayvonlarning tuzilishi,
hayoti va tarqalishini birinchi bo’lib sistemaga solib, shu sistemaga asosan bayon
qilib bergan. Arastuning hayvonot dunyosi sistemasi ba’zi jihatlardan hozirgi
zamon sistemasiga yaqin bo’lgan. U barcha hayvonlarni ikki guruhga - qonlilar va
qonsizlar guruhlariga bo’lgan. Bu guruhlar yana o’z navbatida kichik guruhlarga
bo’lingan.
Arastu hayvonot dunyosining sistemasiga solishdan tashqari qator kuzatishlar
ham olib borgan olimdir. U baliqlar, qushlarning embrional taraqqiyoti,
hashoratlarning metamorfoz yo’l bilan o’zgarishi ustida kuzatishlar olib borgan.
Arastuning hayvonot dunyosi sistemasi 2000 yil mobaynida o’zgarmay qolib ketdi.
Uyg’onish davrlarigacha, jumladan o’rta asrlarda ham zoologiyaning rivojlanishida
siljish bo’lmadi. Faqat XII-XIV-asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli
to’plangan material va ma’lumotlar fanning taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatdi. Biroq
bu davrlar zoologiyadagi qilingan ishlar hayvonlarning tuzilishi, hayoti va